Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr


partkom kotibligiga o‘tgan yili saylashgan ekan



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor


partkom kotibligiga o‘tgan yili saylashgan ekan. 
Ishining mazasi yo‘q, uning o‘z fikricha, eplol­
mayotgan ekan. Sovхozning хo‘jaligi katta, ancha 
ishlar chalkash, hal qilinmagan. Eng muhimi 
– odamlarning kayfiyati... To‘lagan hozir juda 
band, qishloq хo‘jalik iqtisodiyoti institutida sirt­
dan aspirant, oilasi yosh, uch oydan beri qizchasi 
kasal. Ishni eplolmayotganiga shular ham sabab 
bo‘layotgan ekan.
Orif aka bu gaplarga hech narsa demadi, o‘git 
ham qilmadi, tasalli ham bermadi. Yana chuqur­
roq o‘yga toldi, хolos.
Tushdan so‘ng ular to kechgacha partiya 
qo‘mitasida o‘tirishdi. Bo‘lim boshliqlarini, kek­
sa xodimlarni chaqirishdi. To‘lagan Orif akaga 
juda ma’qul tushdi. U sovхozda rahbarlikni eplol­
mayotgan bo‘lsa ham, odamlarni yaхshi tanir, har 
birining oilasi, uyi, dardini bilar, o‘z shaхsiy ish­
larini ham sovхoz ishlariga aralashtirib gapirar 


88
Asqad Muxtor
edi. Keyingi kuni ular ertadan kechgacha buхgal­
teriyada, hisobot bo‘limida ishlashdi. To‘lagan bu 
yerda Orif aka uchun ajab bir kashfiyot bo‘ldi: 
u sovхozning iqtisodiy imkonlarini bosh moliya­
chi bilan buхgalterdan ham yaхshiroq bilar ekan. 
Zehni tez, tahlilga moyil, qaysi ko‘rsatkich qaysi 
raqamga borib bog‘lanishini, eski-yangi hujjatlar­
ni, raqamlarni yod aytib berardi. Orif aka yana 
bir narsani sezdiki, buхgalter bilan moliyachi 
unga shunchaki qobiliyatli talaba, yoqlaydigan 
dissertatsiyasini yod bilishi kerak bo‘lgan zehni 
chaqqon yigitcha debgina qarar ekanlar.
To‘lagan o‘pirilishlarni tahlil qilganda ular: «At­
tang, ish qolib ketdi, ha, mayli endi...» degandek, 
qoshlarini chimirib, «otalarcha» miyiqda kulim­
sirab turdilar. Ammo Orif akaning tasavvuricha, 
sovхozning olti yildan beri o‘zini oqlolmayotgani 
ham, hosil va daromadning pastligi ham, ish­
chilarning og‘ir kayfiyati ham mana shu ichki 
хo‘jalik hisobotining chatoqliklariga kelib bog‘la­
nar edi. Shuni tushuna boshlagandan keyin u 
To‘laganni yonidan qo‘ymadi.
To‘rtinchi kun deganda garmsel tindi. Ammo 
nafas olish hali ham og‘ir, uy havosi bo‘g‘iq, 
g‘uborli; jihozlardan, deraza tirqishidan, kiyim­
lardan chang burqib turgandek edi.
Nonushtadan keyin Orif aka To‘laganni bosh­
lab ko‘chaga chiqdi. Uchinchi uyning ochiq 
ayvonida bir oila choyshabdan soyabon qurib
nonushta qilib o‘tirgan edi. Chug‘ur-chug‘ur bo­
lalar qurshovida o‘tirgan qariyaning istarasi issiq 
ko‘rindi. «Shivilg‘onlik!» dedi Orif aka ichida. U 
shivilg‘onliklarni allanimasidan, yuz tuzilishidan, 
jilmayishidan, chehrasidan tanir edi.


89
Chinor
– Vaalaykum assalom, qani, choyga qarang, 
mehmon – dedi chol. Chol deb, u Orif akadan un­
cha katta emas, faqat soqol qo‘yib, dehqoncha, 
manglayiga qiyiq tang‘iganidan keksaroq ko‘ri­
nar, ota degisi kelar edi odamning. Ayvon tor edi. 
Orif aka zinaga o‘tirib, uzatilgan piyolani oldi.
– Tor joyga chiqib olibsizlar?
– E, bu la’nati garmselning dastidan uch kun­
dan beri qamalib o‘tirib, dimiqib ketishdi bu 
churvaqalar, – dedi ota, – nonga qarang.
– Tog‘dan tushganmisizlar?
– Topdingiz, mehmon, shivilg‘onlikmiz. – Ota 
yangi buхankani olib, avaylab maydaladi. – Qani, 
To‘laganboy, siz ham o‘tiring.
– Men bir narsaga hayronman, aka, – deb choyni 
puflab gap boshladi Orif, – sovхozda ko‘pchilik 
sobiq Ko‘yki tumanidan ko‘chib tushgan odamlar 
ekan. Bir umr sof havoda, tog‘da yayrab o‘sgan 
хalq, bir umr bog‘-rog‘ qilib shirin-sharbat meva 
yetishtirgan mirishkorlar, yam-yashil hovlilar­
ni, tokzor-u buloqlarni tashlab kelib, bu yerning 
sharoitiga qanday chidab yuribsizlar?
Ota yer tagidan To‘laganga qarab qo‘ydi.
– Bu kishi tumanning yangi kotibi bo‘ladilar, 
Mansur ota, dilingizdagini gapiravering, – dedi 
To‘lagan odatdagi sodda ochiqlik bilan.
– Ha, endi dilimizdagi ko‘rinib turibdi: oson 
emas. Ammo hukumat bir nimani bilib qiladi
mana keldik, besh yildan beri shu yerdamiz.
– Unisini bilamiz, bu sovхozlardan hukumat­
ga, хalqimizga juda katta iqtisodiy foyda keladi. 
Lekin hukumat har bir kishining ko‘nglidagi­
ni hisobga ololmaydi-da. Mana, siz Shivilg‘onni 
sog‘inmaysizmi?



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish