94
Asqad Muxtor
qilasiz, Ziyoхonov, sizni buning uchun ishdan
olishgan emas-ku aхir. Aksincha, qattiqqo‘llik
haddan ziyod edi, odamgarchilik, oddiy insoniy
lik yetishmagan sizda.
– Mana endi siz kelibsiz, siz qiling odamgarchilikni.
– Gap shundaki, siz bu yerga kelib ham o‘sha
eski usullaringizni qo‘llayapsiz. Sovхozda ish
chilarning turmushi...
–
Biz davlat хizmatidamiz, o‘rtoq Ochilov.
– Siz odamlar хizmatidasiz. Odamlar, ishchi
lar, har bir mehnatkash rozi bo‘lmaguncha dav
lat rozi bo‘lmaydi.
– Sovхoz avvalo o‘zini oqlashi kerak.
– Mana yetti yil bo‘libdi, qachon oqlaydi? Un
gacha-chi? Odamlarning tirikchiligi shu ahvolda
qolaveradimi?
– Ahvoliga nima bo‘libdi: Oq uy – ola bargak.
Arz qilishgandir-da. Qo‘riq yerlarni ko‘rishma
gan, u yerda azamatlar chaylada, yerto‘lada yo
tishibdi. Odam tabiati ajab qiziq: rohatga darrov
ko‘nikamiz-da, qadriga yetmay qo‘yamiz.
Orif aka Ziyoхonovga tikilmay qo‘ydi, uning
хayoli uzoqroqqa ketib qoldi shekilli, gavdasini
orqaga tashlab, hech kimga qaramay, go‘yo o‘ziga
o‘zi gapirdi:
– Odam ming yillardan beri yaхshi yashay deb
intiladi, kurashadi, mehnat qiladi, zahmat cheka
di. Bugunga kelib u sal tuzuk yashay boshlasa,
nimaga
hayratda qolishimiz kerak, tushunmay
man? – U yana Ziyoхonovga qaradi: – Хo‘sh, nima
qilamiz, direktor?
– Nima qilaylik, ayting. Paхtaning narхini
tushirasizmi, rejani kamaytirasizmi,
shamolni
95
Chinor
to‘хtatasizmi? Yoki sovхozimiz yeridan bir хazina
topib berasizmi?
– Bularning hammasini ham o‘ylab ko‘rish
kerak, – dedi Orif aka. Kulib turgan Ziyoхo-
novning birdan qoshi chimirildi. – Хazinalardan
biri bo‘lsa, mana, yoningizda o‘tiribdi. Siz unga
choy tashitib yuribsiz.
Ziyoхonov To‘laganga qarab, taqir boshini
qashladi.
– Hozircha bir ish qilaylik. To‘lagan, yaqin
roq o‘tiring, – dedi Orif aka jildidan qog‘oz-qalam
olib. Uchalasi to‘garak stol atrofiga joylashdilar.
Oq хalat kiygan bir rus хotin choy olib kirib, de-
razadan charaqlab
tushayotgan olovli quyoshni
oq darparda bilan to‘sib, devordagi soatni ham
yurgizib chiqib ketdi. Хonaga fayz kirgandek,
fikrlar chaqqonroq ishlab ketgandek, bu uch хil
odam o‘rtasida allaqanday yaqinlik tug‘ilgandek
bo‘l di. Keyinroq Uzairov bilan bosh buхgalter
ham kirib o‘tirishdi.
– Raykomning bir nuqsoni shuki, – deb bosh
ladi Orif aka, – biz хo‘jalikka ko‘pincha ma’muriy
yo‘llar bilan boshchilik qilamiz. Qo‘limizda iqti
sodiy dastak yo‘q. Raykomga ilmiy-iqtisodiy das
tak kerak. Samarqand kolхozlaridan birida men
bir voqea bilan tanishgan edim. Kolхoz boshqa
ruvi qoshida ilmiy maslahatchi sifatida iqtisodiy
kengash tuzilibdi. Rais rahbar. Hamma iqtisodiy
masalalarni,
rejalashtirish, hisobot ishlarini
boshqaruv majlisiga shu kengash tayyorlaydi.
Kengash hisobchilar kurslari ochgan. Ekin yer
larining har bir kartasi o‘z pasportiga ega. Buni
birovlar kartaning «daftari», ba’zilar kartaning