59
Chinor
bo‘ysunmay har zamonda traversi g‘irchillab,
g‘ashga tegar edi. Orif aka zo‘rg‘a dovon oshib,
yarim soatcha chang to‘zg‘itib yurgandan keyin,
ko‘zi juda toliqqach, qolgan yo‘lni yayov bosgi
si keldi. Shivilg‘on ko‘rinib qolgan edi. Tanish,
juda ham tanish yo‘llar. Yo‘l yoqasidagi har tup
na’matak, har tikka tosh yurakka jiz etib tegadi.
Orif aka aziz ostonaga qadam qo‘yganday, shimi
ni qoqib bir poy qo‘lqopini kamariga qistirdi-da,
boshini ko‘tarib uzoqlarga qaragancha qanday
dir qadrdon, tanish belgilarni ko‘zi
bilan qidirib
ketaverdi. Shivilg‘onning quloqqa tanish shivil
lashi eshitildi, tog‘ga o‘rmalab ketgan uzumzor
lari qorayib ko‘rindi. Lekin tinch, odam sharpasi
ko‘zga chalinmas edi.
Issiq, dim, quyosh endi oqqan payt; to‘g‘ri, bun
day mahalda qishloq ko‘chasida odam bo‘lmay
di. Хarsang zinachalarda shalola zarralari bilan
o‘ynab qiyqirishayotgan qizil ko‘ylakli qizaloqlar
ni ko‘rmoqchidek, ilgarigi odaticha toshdan dadil
sakrab, ko‘cha boshiga chiqqan Orif aka taqqa
to‘хtadi. Avval shuni ko‘rdiki, zina-zina bo‘lib ket
gan хarsang qirg‘oqlarda
hech qanday qizaloq-
lar yo‘q edi. Ko‘chaning ikki chetidagi uylarning
ko‘pi buzilib, sinchlari tashib ketilgan, eshik-de
razalarga taхta qoqilgan, хarsang zinalarda bot
mon-botmon eski paхsa loy bo‘lib somoni chiqib
yotibdi. Sharsharaning zahridan Orif akaning eti
uvushib ketdi. Qandaydir bir qadrdonini yo‘qot
gan odamdek, tizzalari bo‘shashib, tepaga asta
chiqib bordi. Tanish tor ko‘chaga qadam qo‘yishi
bilan zaх po‘panak hidi nafasini bo‘g‘di: qarovsiz
uzumlarga yoppasiga kul tushgan edi. Kimning
60
Asqad Muxtor
dir zaif qo‘llari bilan tol chiviqqa chala ko‘tarilgan
zanglarda onda-sonda charoslar qorayib ko‘rinar
di-yu, toklarni bachki novda bosib, g‘ovlab yotar
di. Хayolida o‘tmish хotiralari, og‘ir o‘ylar, ko‘ng-
lida g‘alati hislar chuvalib, Orif aka jin ko‘cha-yu
eski tokzorlar oralab ancha yurdi. Oyoq ostida
хazon shildirar, chirigan
uzum boshlarida ari
g‘uvillar edi. Bu orada cho‘qqi ortiga yumalagan
quyosh quriy boshlagan kimsasiz bog‘larni хa
zonrezgi pallasidagidek sarg‘aytirib yubordi. Orif
aka daf’atan dilida qarilik yukini sezdi...
Kechki sokinlikda qayerdadir «to‘q-to‘q» etgan
tovush eshitilardi. Orif aka g‘ovlagan kakra, su
purgi orasida yer bag‘irlab yotgan, kul hidi an
qib turgan kasalmand uzumlarni oralab horg‘in
yurib bordi. Qarasa, notanish bir chol qiyshayib
yotgan ishkom ostida toklarni bolta bilan chopib
yiqityapti. Orif aka uzoqroq to‘хtab, cholning
hansirashiga, «to‘q-to‘q-to‘q» etgan yolg‘iz bolta
tovushiga quloq soldi. Bir vaqtlar uning birinchi
muhabbat bo‘sasini begona ko‘zdan
yashirgan
qadrdon keksa toklar gursillab yerga yiqilar edi.
Orif aka chala vayron bir chaylaning ustuniga
suyanib, manglayini sidirib artdi,
cholga nima
deyishini bilmay uzoq turdi. Shivilg‘onlik tokka
bolta urishga majbur etilgan bo‘lsa, bu yerda an
cha-muncha voqealar yuz beribdi-da...
– Ota...
Chol avval eshitmadi-yu, keyinroq g‘ira-shira
da begona odamni ko‘rib, boltani belbog‘iga qistir
di. Yaktagi ham oppoq, ko‘kragini bosgan junlari
ham oppoq, kichkina jussasi bukchayganroq,
lekin paylari chayir edi cholning. Salomlashgan