Aniq aytolmayman, lekin tug‘ilganimga o‘n yilcha bo‘ldi. Taxminan, yetmish besh yoshlarda bo‘lsam kerak



Download 17,73 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi17,73 Kb.
#414056
Bog'liq
Mening hikoyalarim


O‘tirmas Sheroz
Chiqindi qo‘gozlar yig‘ib yuradigan bu keksa, kishidan yoshini so‘rasangiz: “Aniq aytolmayman, lekin tug‘ilganimga o‘n yilcha bo‘ldi. Taxminan, yetmish besh yoshlarda bo‘lsam kerak”, derdi. Akromning bobosi uni o‘tirmas Sheroz deb chaqirar edi. Nega uni bunday atashlariga qiziqib qolgan Akrom bir kuni bobosidan so‘radi. Bobosi bu g‘aroyib qariyaning uyiga borganida xonada stul va divanlar ko‘rinmaganini aytib, hikoyasini boshladi: - Mening stulim yo‘q, - deb afsuslanibdi qariya. - Hechqisi yo‘q, men yerda ham o‘tiraveraman – debdi Akromning bobosi yerga joylashib olib, - hamma vaqt tippa-tik yurasizmi? - Ha, shunga majburman, - rosa qiziqyapsiz-a, xohlasangiz hammasini bir boshdan aytib beraman. - Men shuni kutib turgandim, - deb hikoyasini davom ettirdi Akromning bobosi: Shunday qilib, Sheroz hamma qatori kun kechiradigan oilada tug‘ilibdi. Unga nima deb ism qo‘yishni bilmay turganlarida, u yo‘rgakdan sakrab turib, xonada yugura boshlabdi. Ota-onasi yoqasini ushlab, qichqirib yuborishibdi. Kechqurun uxlatishsa, ertalabgacha o‘sib, oyog‘i krovatdan chiqib turganmish. Ota xavotirlanib o‘g‘lini shifokorga olib bordi. Keksa shifokor uni qayta-qayta o‘tirg‘izib-turg‘izdi. Oxirgi o‘tirganida Sherozning yuzida mayin tuklar ko‘rina boshladi. - Qiziq, bu bola antiqa kasalga yo‘liqibdi. U o‘tirsa bo‘ldi, qarishni boshlaydi. Shuning uchun faqat yurishi kerak, bo‘lmasa, bir haftada oppoq soqolli chol bo‘lib qoladi, - dedi shifokor. Bechora Sheroz otga o‘xshab tik turib uxlashni o‘rganibdi. Ko‘p o‘tmay u ota-onasidan ayrilib, qayg‘uga botdi. Yolg‘iz qolgach, odamlarga nafi tegishi uchun sayohatga chiqdi. U bir yo‘la qog‘oz, eski kitoblarni yig‘ardi. Chunki ularni qayta ishlash uchun topshirsa, qancha daraxtni kesilishdan asrab qolishini bilardi-da. Bir kuni Sheroz daraxtzordan o‘tayotganda yoshgina qarag‘ayning voy-voylayotganini eshitib qoldi. - Senga nima bo‘ldi, go‘zallar go‘zali? - Ildizimni qurt yeb, rosa jonimga ozor beryapti. Sheroz yordamga shoshildi. Daraxt tagini kovlab, ildizidagi qurtni izlay boshladi. Uni topguncha ancha ter to‘kdi. Qurtni topib, unga boshqa uya kovlab berdi. - Voy-bo‘o‘, - dedi Sherozning boshini minnatdorlik bilan silab qarag‘ay - sochlar ham shunday tez oqarishi mumkinmi?! Axir u qarag‘ayni qutqarish va qurtga boshqa uya kovlab berish uchun ancha vaqt o‘tirib ishlashga majbur bo‘lgandi-da. U o'zini sochini oqarganiga ham, tezda qarib qolganiga ham achinmabdi. U qarag'ayga yordam berganidan xursand bo'libdi. Qarag'ay esa unga minnatdorchilik bildiribdi. Chol shu yerda qolib, gapira oladigan qarag'ayning yonida yashashni xohlabdi. Ular ikkalasi juda yaqin do'st bo'lishibdi.U Akrom yashaydigan qishloqqa kelibdi. Chunki Akromning qishlog'i qarag'ay o'sgan o'rmonga yaqin ekan.U qarib qolgani uchun ortiq sayohat qilmay, shu yerda qolishni afzal bilibdi. Keyin u shu yerda yashay boshlabdi. Bu yerdagi odamlar unga qishloqdagi eski uyni ta'mirlab berishibdi. Cholga uy uchun kerakli jihozlar olib kelishibdi, lekin chol olmabdi. Odamlar hayron bo'lib, jihozlarni olib ketishibdi. Chol har kuni qarag'ayning yoniga borib, u bilan suhbat qurarkan. Lekin bir kuni chol o'rmonga borsa, qarag'ayni va qolgan ko'pgina daraaxtlarni kesib ketishgan ekan. Cholning jahli chiqib, o'rmonchining yoniga boribdi va undan nega daraxtlarni kesganini aytishni so'rabdi. O'rmonchi unga daraxtlar qog'oz ishlab chiqarish uchun kerakligini aytibdi. Chol darhol zavodga boribdi. Lekin allaqachon qarag'aydan qog'oz olib bo'lishgandi. U juda xafa bo'lib uyga qaytibdi va shu kundan boshlab eski kitob va qog'ozlarni yig'ib, qayta ishlashga topshirishni boshlabdi. Bu gaplarni eshitgan Akromning bobosi qariyaning uyiga kelibdi.Qariya esa unga o'z hikoyasini aytib beribdi. Akromjon bu hikoyani eshtib hayron qolibdi. Ertasi kuni u qariyaning uyiga yo'l olibdi. - Assalomu alaykum -Valaykum assalom. Kel o'g'lim. Tinchlikmi? - Ha tinchlik. Shunchaki sizga yordam berishga keldim. Akrom qariyani aldaganidan uyalib ketdi. To'g'rida, chunki u qariyaga yordam berish uchun emas uni boshidan o'tganlarini so'rash uchun kelgandi. Qariya: - Yaxshi. O'zi menga bitta yordamchi kerak edi. Lekin sen nega menga yordam bermoqchisan? - Men tabiatni yaxshi ko'raman. Shuning uchun yordam bermoqchiman sizga. -Yaxshi . Shu kundan boshlab Akrom qariyaga yordam bera boshlabdi. Oradan oylar o'tib ular xuddi do'stlardek yaqin bo'lib ketishibdi. Bir kuni Akromjon qariyadan so'rabdi: - Bobojon sizga savol bersam maylimi? - Mayli beraqol. - Siz qarag'ayga yordam berganingiz uchun u sizga minnatdorchilik sifatida hech nima bermadimi? - U menga hayot daraxtiga olib boradigan yo'lning xaritasini berdi. - Qoyil! Uni qidirib ko'rdingizmi? - Yo'q. Qariyaning bu javobi Akromni hayron qoldirdi. - Nega? Axir hayot daraxti odamlarning ushalmas orzusi-ku. Hamma uni topishni xohlaydi. Sizda esa xarita bo'laturib, uni qidirishga urinmadingiz. -Men ham uni topishni xohlayman. Lekin xaritaga qara. Akromjon qariyaning qo'lidagi qog'ozga endi e'tibor berdi.Xaritaga qaradi-yu, uni tog' ortidagi g'orda ekanligini ko'rib, hammasini tushindi. -Men u yerga borguncha, bu olamni tark etadigan vaqtim bo'ladi. - Xohlaysizmi, men uni siz uchun topib kelaman. - Yo'q. Bu xavfli. Endi esa uyingga bor. Hademay qorong'u tushadi. Akromjon istamay uyiga ketdi. Ertasi kuni qishloqda to'y bo'ldi. Hamma shu yerga ketganidan foydalangan Akromjon qog'oz va qalam oldida, Sheroz boboning uyiga yo'l oldi. U hamma joyni qidirdi lekin topolmadi. Keyin devordagi suratga ko'zi tushdi. U yerda ikki kishining rasmi bor edi. U rasmni qo'liga olganda, rasmning orqasida kichkina tuynuk borligini ko'rdi va uning ichiga qo'lini kirgazib, xaritani oldi. Keyin tezda undan nusxa ko'chirdi va hamma narsani tartibga keltirib uyiga yo'l oldi.U uyiga kelganda, bobosi uni urishdi. Akbarjon hayron qoldi. Keyin bobosini yuziga qaradi-yu, qo'rqib ketdi. U bobosini bu ahvolda hech qachon ko'rmagandi. - Nima bo'ldi, bobojon? - Sheroz bobongdan ayrilib qoldik- dedi-yu yig'lab yubordi.
Download 17,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish