Chol: Kuz fasli ham tugab qoldi. Odamlar hamma xosilini yig’ib oldi. Mana bu daraxtimga olma ekkan edim, bunga mevalar ham, sabzavodlar, poliz ekinlari o’sib chiqibdi. Yaqin atrofda bog’cha bor edi. Shu bolalar mehnti, ta’lim –tarbiyasi bilan tanishib ko’rayin. Ularni yordamga chaqiray.
( chol musiqa sadosi ostida yurib bolalar yoniga keladi)
Chol: Salom aziz bolajonlar. E-e-e bu yerda bayram bo’lib yotibdi- ku. Bolajonlar qanday bayramni nishonlayotibsizlar.
Bolalar: Assalomu alaykum. “Mehrjon bayramini”
Chol: Bolalar mening charchog’imni chiqarishga, nima qilasizlar
Bosh: Aziz otaxon siz bu yerga o’tirib turingiz. Bolajonlar hunarini tomosha qilasiz.
( musiqa yangraydi, bolalar 2 qator bo’lib turadi va meva sabzavotlar to’g’risida she’rlar aytadi)
Qoshiq: “Mehrjonim bayrami”
Ikromova she’ri va musiqasi
(bolalar joyiga o’tiradilar)
Kuz: Otaxon, bu bog’ sizga tegishlimi, sehrli daraxtga o’xshab turibdi.
Chol: Qizim bu meva sabzavotlarni terib olishga yordam ber.
Kuz: Xozir otaxon bolalarni taklif etamiz.
O’yin: “Kim ko’proq teradi”
Chol: ( xursand) Rahmat sizlarga, bolajonlar sizlar chaqqon, mehnatkash ekanliklaringni ko’rdim. Men sizlarga topishmoq yashirsam javobini aytasizlarmi?
Bolalar: Albatta
Chol: Topishmoq aytadi.
Bosh: Aziz otaxon bizning bayramimizga quvonch bag’ishladingiz. Sizning qilgan mehnatingiz uchun rahmat. Xozir tarbiyachi opalarimiz sizga chiroyli shirin salat tayyorlab beradi.
O’yin: “Mazali salat”
Chol: (salatni eb ko’rib) Ox-ox mazasini aytmaysizmi. Rahmat sizlarga, shunday vitaminli salatlarni eb turingiz.
Qizim men uyimga ketishim kerak, ishim tugadi. Rahmat sizlarga bolajonlar.
Kuz: Aziz bolajonlar, bayramlaringizni ko’rib, juda hursand bo’ldim. Mana sizlarga mevalar keltirdim (shu payt qizchaning ovozi chiqadi)
Shirintoy:
Men shirintiy,shirintoy
Shirin qizchaman
Shirinlik yaxshi ko’raman
Sabzavotlaru mevani
Og’zimga sira olmayman
Bosh: Voy, voy bu qizning go’zalligini , kuylagini aytmaysanmi. Qizim sen bolalarning so’zini yaxshilab tinglab ol. Ular foydali maslahatlar aytadi:
Bolalar: Foydali maslahatlar ( meva va sabzavotlar to’g’risida)
Kuz: Shirintoy qizim bolalarning maslahatiga amal qilasanmi? Chiroyli bo’lib olgansan shirinlikdan boshqa yana nimani yaxshi ko’rasan
Shirintoy: Raqsga tushishni
Raqs :Turkcha
Bosh: Mehrjon bayramiga teng aziz bo’lgan bug’doy xirmonlari bilan yanada ulug’vordir. Su aziz nonimiz to’g’risida qo’shiq she’rlarga boymiz. Xozir jajji qizimiz qizimiz ijrosida raqs tomosha qilasiz.
Raqs:Non yopaman o’xshatib”
Qo’shiq: “Non yopganda”
Kuz: Aziz bolajonlar sizlar bilan xayrlashuv vaqti keldi. Xayr va aziz mehmonlar. ( kuz chiqib ketadilar)
Bosh: Aziz bolajonlar sizlarni yana bir bor “Mehrjon” bayrami bilan
Hamma: Tabriklaymiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |