Òqish. 2- “B” sinf. Mavzu: Navròz bahor bayrami



Download 326,23 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2022
Hajmi326,23 Kb.
#506458
  1   2   3
Bog'liq
NAVRO\'Z BAYRAMI MALOHAT CHIRCHIQ


Òqish.
2- “B” sinf.
Mavzu: Navròz bahor bayrami.
Òqituvchi: Shermetova Malohat Botirovna.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarga Navro`z bayrami haqida ma`lumot berish, “Navro`z bayrami” matni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarga milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini singdirish, ularda insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, rivoyatlar orqali haqiqatga yondasha bilishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni mustaqil va mantiqiy fikrlay olishga o`rgatish, BKMlarini rivojlantirish.
Korreksion maqsad: ravon, ongli, ifodali o`qishni rivojlantirish
Dars turi: Yangi bilim, tushunchalarini shakllantiruvchi.
Dars metodlari: Savol-javob, suhbat, “Klaster” va “Trinajyor” usullari, “Nomini top” va “Gulzorda” o`yinlari
Dars jihozi: Darslik, rangli rasmlar, maqol, topishmoqlar, “Gulzorda” ko`rinishli ko`rgazmalar, videolavha, musiqa
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Kun yangiliklari
O`quvchilarni darsga hozirlash. O‘rgan – o‘rgat shiori,
Boshlang‘ichdir poydevori.
Sog‘ tanda – sog‘lom aql,
Biz bunga doim kafil!

  1. Uy vazifasini so`rash.

“Yomg’ir” matnini o’qib berishadi. Savol-javob o’tkazaman.
She'r nima haqida ekan?
• Yomg'ir qaysi faslda ko'proq yog'adi?
• Yomg'ir yog'ib o'tgach, tabiatda yana qanday o'zgarishlar bo'ladi?

  1. Yangi mavzuni

Bahor” faslining tug`ilishi haqidagi rivoyat aytiladi.
O`tgan juda olis zamonda tabiat o`zgarishlari bo`lib turar ekan-u, lekin odamlar bu qanday mo`jiza, qanday sinoat ekan deb hayronu lol bo`lar ekan. Shunday kunlar yillar davomida o`taveribdi. O`sha zamonda yashagan bir suluv kelinchak umid bilan farzand kuta boshlabdi. Uning yaqinlari ham unga qo`shilib bir qancha orzu umidlar bilan yashay boshlabdi. Oylar bir-birini quvib yetib, oy kuni yetgan farzand dunyoga kelibdi, lekin ne ko`z bilan ko`ring –ki, bola o`lik tug`ilibdi. Ota- ona va yaqinlari ham
bu ko`rgilikdan iztirob chekib, alamda qolaveribdi. Kunlar esa bir-birini quvib o`taveribdi. Sovuq bo`ronli kunlar,izg`irin shamolli tunlar, iliq va issiq bo`lib otayotgan tonglar esa kun sanashdan charchamabdi. Yana shunday kunlarning birida ona ikkinshi farzandini ham dunyoga keltiribdi, ommo mehribon onaning quvonchi hech ham uzoqqa cho`zilmabdi. Yana nobud bo`lgan bola onaga alam va iztirobdan boshqa hech narsa berolmabdi. Yillar o`tib ona kun-u tunlarini bir-biriga ulab , xudoga yolvorib yana bir olam umidlar bilan uchinchi farzandini kuta boshlabdi.
Oy kuni yetgach bola dunyo yuzini ko`ribdi,lekin ona ne ko`z bilan boqsin-ki boladan biror sas chiqmas emish. Shunda ona bechora butun ichiga yig`ilgan dardu –alamlarini, g`am-u tashvishlarini, hayotining har bir lahzasini kuyga solib, dardli ohangda, dunyoni larzaga solib, jim yotgan bolani bag`riga mahkam bosib, dod faryod bilan qo`shiq kuylay boshlabdi . Shu kunlarda esa o`sha yurtning aholisi qor bo`ronli kunlardan bezib, issiq kunlarni kutib yashayotgan edi. Ular ham mehr ila achinish bilan onaning ahvolini kuzatar edi. Shunda onaning mungli allasi butun olamni tutdi. (Shu joyida alla qo`shig`i qo`yiladi)
Buni eshitib turgan butun borliq onaning mayin ohangiga jo`r bola boshladi. Tog`larda qorlar eriy boshladi, samodagi bulutlar ona bilan birga ko`z yoshini to`ka boshladi, yerdagi qurt-qumursqalar ham,o`t-o`lanlar ham onaning dardiga sherik bo`lib yerda g`imirlay boshladi. Buni ko`rgan ollohimning ham onaning sabr-u toqatiga tahsinlar aytib, bolaga jon ato etdi. Kutilmaganda bola dunyoni boshiga ko`tarib, onaga baxt ulashib bag`illab yig`lay boshladi. Bu yerga yig`ilgan barcha yaxshi insonlar ona bilan birga xursand bo`lib, xursandchilik yoshlari bilan “Jajji mehmon” ni kutib oladilar. Shunda shu yerning donishmand bobolaridan biri: — To`xtang, bizning bu kuzatib turgan kunlarimizga ham biror nom qo`yaylik deb barchaga maslahat qilibdi. Shunda bobo bolaning bag`illab yig`lashidan “ba” ni olib, onaning xorlanib-zorlanib o`tgan kunlaridan “hor” olib, “BAHOR” so`zini hosil qildi. Shu so`zni eshitganda har doim mehribon onalarimizning bedor kunlari-yu, shirindan –shakar bolajonlarimizning xushchaqchaq kulgusi ko`z oldimizda gavdalanib turadi. Shunday qilib, bu rivoyatda eshitganimizdek “Bahor” va “Alla” qo`shig`ining dunyoga kelishini bilib oldik.
Bahor faslining go`zal gulzorlaridan gullar terib, yangi mavzuning nomini topamiz.
“Gulzorda” o`yini orqali yangi mavzu nomi kelib chiqadi, bunda fanlar bilan bog`lanish hosil bo`ladi.
Gullardagi raqamlarni o`sib borish tartibida joylashtirsangiz, gullar ortiga yashiringan bo`g`inlardan ketma-ketlikda daftarimizga yozib borish natijasida yangi so`z hosil bo`ladi, siz topishga harakat qiling.
1-Nav,3- ro`z,5- bay,7-ra,9-mi— Navro`z bayrami

Download 326,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish