www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
Samo uchun juda katta o‘lja bo‘lgusi...
So‘g‘d Shahzodasi shohona qadr-qimmatsiz o‘z Manixean ko‘rinishini ochmoqchi
bo‘lganida, u hali qo‘shig‘ini tugatmagan edi. U ovozini chiqarib o‘qidi: «Yaralmishning
besh turiga taalluqli - birinchidan, ikki oyoqli odamlar, ikkinchidan to‘rt oyoqli hayvonlar,
uchinchidan, uchib yuruvchi jonivorlar, to‘rtinchidan, suv ostidagi barcha narsalar,
beshinchidan, sudralib yuruvchilar; biz, yer yuzida gunohlarimizga o‘ralashib yurganlar,
ey Xudoyim, biz ularni qo‘rqitib yurdik, biz ularni sarosimaga soldik, to‘ntarib tashladik,
do‘pposlab o‘ldirdik; biz shu qadar gunohkor va ayblimizki, hozir bir urinishda o‘zimizni
gunohning changalidan qutqazish uchun sendan o‘tinib so‘raymiz: gunohlarimizni
mag‘firat qil, Ollohim...
Uning oraga kirishi avvalgi Tardush Inonchi Cho‘r kabi shu qadar kuchli bo‘ldiki, hamma
jim qoldi: ba'zilar ilhombaxsh g‘oyadan, ba'zilar kuchli ta'sirdan, boshqalar nafasi ichiga
tushib ketganidan. Bir lahza o‘tib, Bilga Xoqon bu tinchlikni buzib, tibetlik Bulenga
murojaat qildi...
55
«Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shahar va uning sobiq qotil hukmdori bo‘lgan ekan, -
dedi Bulen xalq uslubida. Lekin u o‘zini o‘zgartirgan bo‘lib, kunlarning birida qizining
balog‘atga yetganligi munosabati bilan ziyofat beradi. Buning uchun ko‘plab mol, qo‘y,
cho‘chqa, tovuq va o‘rdak so‘ydiradi. Ziyofatdan o‘n kun o‘tgach, hukmdor birdan
holsizlanib, asta-sekin so‘la boshladi. Alal-oqibat uning umri o‘z nihoyasiga yetadi.
Eshitgan kishi borki, ko‘z yosh qilib, qattiq iztirobga tushadi. Biroq ko‘mish marosimida
hukmdor birdan tobutdan qo‘zg‘alib, o‘rnidan turadi va yeyish uchun ovqat so‘raydi.
Yig‘ilganlar dahshat ichra qolishadi va qochishga tushadilar, lekin hukmdor ularni
qo‘rqmaslikka va unga quloq solishga chaqirib, shunday deydi: «Mendan qo‘rqmangiz,
men narigi dunyoga borib qaytib keldim, xolos, va endi sizga o‘sha yoqdagi
sarguzashtlarimni aytib beraman». Shundan so‘ng odamlar ortga qaytishadi. U gap
boshlaydi: Qachonki umrim tugab o‘la boshlaganimda, to‘rt shayton oldimga keldi.
Birining qo‘lida qamchi, ikkinchisida arqon, uchinchisida qisqich bo‘lib, to‘rtinchisi otda
o‘tirgan qo‘mondon edi. Shaytonlar meni qo‘mondon aytgan joyga keltirishdi. Unga
yaqinlashganimda bir hujjatni o‘qib eshittirdi. Bu ziyofat kuni so‘ydirganim
hayvonlarning shikoyati edi. Ularning aytishicha, avvalgi hayotlarida inson bo‘lib
tug‘ilishgan, lekin gunohlari sababli hayvon kabi qayta dunyoga kelishgan. Ular hayvon
bo‘lib o‘z gunohlarini yuvayotgan paytlarida men ularni so‘yishga buyurib, inson kabi
yana qayta tug‘ilishlariga emas, balki o‘limga mahkum etganman.
«Shularning shikoyati sababli biz seni oldik», - dedi qo‘mondon va qolgan uch shaytonni
ham huzuriga chaqirdi. Biri bo‘ynimga arqon soldi, ikkinchisi bo‘g‘ib, nafasimni qisdi,
uchinchisi bo‘lsa qo‘liga qamchi ushlab, ta'qib qilaverdi. Ular: «Kun, oy va yillarning hali
tugamay turib, nima uchun seni olganimizni bilasanmi?» deb so‘rashdi. Men dedim: «Ey
hurmatli janoblar, nechun endi kelib-kelib meni, axir atrofimda qanchadan-qancha kishi
hayvonlarni so‘yib, qurbonlik qilayotganligi uchun hech bir jazo olmayapti-ku?
Soddaligimni kechirgaysiz!» Shularni eshitarkan, shaytonlar deyishdi: «Shohimizning
saroyida seni o‘ttiz turli yaralmish kutmoqda. Ular seni temir ko‘z va temir yuz bilan
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |