Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
39
bo‘lsang ham topib olamiz». Negaligini bilmayman-u, lekin bu xatarni shahardagi 
portlashlar bilan bog‘laganim rost. 
50
Garchand qaerdan boshlagan bo‘lsam, xuddi o‘sha joyning o‘ziga qaytib kelgan bo‘lsam 
ham, vaziyat u qadar aniq emasdi. Menga xavf solayotgan kim edi va nega? Isroilliklar 
Eronga borishim ehtimolini deb va yoki aksincha hol uchun meni xavotirga qo‘yishlari 
mumkinmi? Yana nima bo‘lishi mumkin? Yo bo‘lmasa bir necha kishilar, jumladan, Luk 
va Zevning hayotini o‘rganganim uchunmi? Valaamov, At-Tohariy yoxud boshqalarning 
yuz yillar avval o‘lib ketgani endi menga ta'sir qilishi mumkinmi? O'zimni jinoyat sodir 
qilgan joyiga qaytib kelishni ko‘zlagan jinoyatchi sifatida his qilarkanman, shuni tushunib 
yetdimki, garchi Isroilga ham, Eronga ham ketayotgan bo‘lsam-da, undan keyin 
Shinjon-Uyg‘uristonga qaytaman. Xavotirning sababini aniqlay olamanmi-yo‘qmi, lekin 
allaqachon qat'iy qaror qabul qilib qo‘ygandim.
51
Quddusdagi tayyoragohda meni terroristlarni tekshirganday ko‘zdan kechirishdi. Qaysidir 
ma'noda bu mening ishonchimga ishonch qo‘shdi. Ular barcha borar manzilimni obdon 
surishtirishdi va men agar shubhali inson sifatida meni nazoratga olishsa, aqalli 
shularning himoyasida bo‘laman-ku, deb o‘yladim va anjuman o‘tadigan joylarni ham, 
Noamning uy manzilini ham qo‘shib berdim. Xavfsizlikka javobgar quvgina xonim 
Isroilga kirishimga ruxsat berishi hamono Noam meni quchoq otib kutib oldi. Birinchi 
savoli nima bo‘lganini toping-chi? «Fiona qani?» O'zimning xavotir ostida ekanim 
yetmaganiday, u o‘tmishdagi og‘riqlarni ham kavlashtira boshladi. Shaxsiy himoyamni 
o‘ylab ehtiyotlik bilan qurganim keyingi ikki oydagi voqealarning barcha qatlami bir 
urinishda sidirib tashlandi. Yana qayta kuchli shamol supurib tashlashga urinayotgan 
yalang‘och va himoyasiz o‘simlikday his qildim... 
Anjumanda Fiona ko‘rinmadi. Lekin anjuman boshqa xalqaro uchrashuvlar kabi 
«komediya» bo‘ldi. Insoniy behudalik yarmarkasi. Tarjimon sifatida men keraksiz sharaf 
bilan shuhratni tortadigan tarozi pallasiday edim. Ibrohim dinlarining vakillari 
uchrashishdi. Pravoslav poplar qora va binafsharangli kiyimda, Ahmadiya mullalari 
sallalarda, yahudiy olim va ravvinlar qora tsilindrlarda, kamtar katolik va o‘ziga bino 
qo‘ygan missionerlar bir hafta davomida Muqaddas Shaharning turli burchaklarida 
uchrashuv o‘tkazishdi. Anjuman barcha dinlar uchun muhim bo‘lgan asosiy masalalar, 
xususan, zamonaviy dunyodagi SPIDga, ma'naviy inqirozga qarshi kurash, globallashuv 
jarayonidagi masalalar ustida ish olib bordi. Anjuman dasturi shularni o‘z ichiga olardi. 
Lekin aslida ularning yaxshilari yagona Ollohga shu kunlarga, muqaddas joylarga ziyorat 
uchun yetkizgani uchun shukrona aytishsa, yomonlari mehmonxonalarning bar va 
restoranlarida bo‘lajak e'tiqodlararo va xalqaro aloqalar uchun o‘tirishdi. Hatto bir gal 
o‘zim tarjima qilganim fohishabozlik haqida ma'ruza o‘qigan ruhoniy meni o‘z xonasiga 
yosh va kelishgan ofitsiant bilan beodob suhbatlarini tarjima qilishga chaqirganida 
hayron qoldim, tez orada bu suhbat bema'ni va arzimas gaplarga aylanib ketdiki, men 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40
ular orasida to‘g‘anoq bo‘lishni istamay, yolg‘iz qoldirib chiqib ketdim. Qolaversa, men 
kim bo‘pman ularga hukm o‘qiydigan? 

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish