Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
48
Negaligini bilmayman-u, lekin tunlari kishi hammadan uzr so‘ragisi kelaveradi. Men ham 
shunday. Muzokarachi ketgach, uzoq vaqt uxlay olmadim. Garchi u ketib, biz yana 
qolganimiz og‘riqli his uyg‘otsa ham, bizni tashlab ketganidan afsuslanmayman. 
Kutilmaganda teleguruhimga achinib ketdim, chunki o‘sha tun Farrah va uning jamoasi 
mamlakatni tark etish oldidan xayrlashuv kechasi o‘tkazgandi. Ular chindan ham 
doimgiday soxta kishilarga o‘xshamas, Farrahning ko‘zlari boshqacha porlardi. 
Jurnalistlardan biri menga bir hikoya aytib bergandiki, uning haqiqiy ma'nosini shu 
asirlikdagi tunda anglab yetdim. U yaqindagina oilasi bilan ajrashgan va uch qizi ham 
onasi bilan ketganini aytgandi. Men na Eynshteyn va na Eysenshteynman, balki oddiy bir 
jurnalistman va bir kun umrim tugasa, hech kim meni esiga ham olmaydi, - degandi u.
«Lekin bir qobiliyatim bo‘lardi: qizlarim bilan o‘tirganimizda, shishadagi suvni 
stakanlarga quyishni odat qilgandim va avtomatik ravishda to‘rtta stakanni ham bir xil 
miqdordagi suv bilan to‘ldirishning uddasidan chiqardim. Qizlarim bundan katta zavq 
olib, qiyqirib yuborishardi va men yana o‘sha ishni takrorlardim. Endi bo‘lsa ular onalari 
bilan meni tashlab ketishdi, bu qobiliyatimning nechog‘li ahamiyati qoldi endi?» Shunday 
deya u chindan ham bir xil miqdordagi aroqni to‘rtta stakanimizga quygandi. 
Uni nima deb yupatganimiz esimda yo‘q, lekin ayni paytda shuni tushunib yetdimki, uni 
yupatishning hech bir yo‘li yo‘q ekan, og‘riqlarini ketkazish va yolg‘izligini to‘ldirishning 
imkoni qiyin ekan... Har tomondan bizni o‘rab olgan bo‘m-bo‘sh va cheksiz tun qo‘ynida 
unga juda achinib ketdim. Yolg‘izlikdagi soqov sadolarimiz xuddi cheksiz koinot 
bag‘ridagi mitti yulduzlarga o‘xshab ketardi... 
 
49
Avval aytganimday, ba'zan hayotdagi barcha voqealar bir yo ikki kungagina jamlanadi. 
Bu borada turklar shunday deyishadi: «Yilning yetti jumasi bir keldi». Ruslar: «Bu yer 
bo‘sh, lekin bu yer zich». Eroniylar va yahudiylar bu haqda nima deyishganidan xabarim 
yo‘q, lekin «Interkontinental» mehmonxonasida men yuqoridagi ikki mamlakatdan ikkita 
faks oldim. Biri Noamdan bo‘lib, u nafaqat meni e'tiqodlararo anjumanga taklif qilgan, 
balki u yerda sinxron tarjima qilib mo‘maygina pul ishlab olishim mumkinligini ham 
aytgandi. Ikkinchi faks Olmoniyadan jo‘natilgandi, unda bir futbol jamoasinining boshlig‘i 
Eronga norasmiy safar qilmoqchi ekani-yu, men tarjimon va yo‘lboshlovchi sifatida juda 
kerak bo‘lib qolganimni yozibdi. Garchi to‘sqinlik bo‘lmasa-da, bu ikki mamlakatga 
borishga ham urinish ayyorlik bo‘lur edi. Qolaversa, shuni yaxshi bilardimki, agar 
pasportingizga Isroil vizasini olsangiz, Eronga borish uchun hech qachon ruxsat 
ololmaysiz va aksincha. Lekin yahudiylar ancha moslashuvchan bo‘lishadi, shunday 
emasmi? Isroil konsulligida sharoitimni tushuntirganimda, konsulning o‘zi shunday dedi: 
«Qonunlar ularga amal qilish uchun emas, balki chetlab o‘tish uchun ishlab chiqiladi». Bu 
mingyillik falsafiy gapdan keyin u menga pasportimga yopishtirishimning hojati 
bo‘lmagan alohida viza qilib berdi. Eron vizasini olish xamirdan qil sug‘urganday oson 
bo‘ldi. Biroq, shundan so‘ng men yana uchinchi bir faks ham oldim. Unda quyidagi 
yozuvlar bor edi: «Sening qaerga jo‘namoqchi bo‘lganingni bilamiz, lekin qaerda 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish