www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
kutib olgay. Qochib qutulishning hech imkoni yo‘q.» Ular meni urib-niqtab ta'qib qilishga
tushdilar. Qo‘rquvdan yalinib yolvora boshladim: «Ey, mehribonlar, modomiki,
qutulishning iloji yo‘q ekan, boyagi aytganingiz yaralmishlarsiz shohning o‘zini qanday
ko‘rsam bo‘ladi?» Ular deyishdi: «Ey inson farzandi, agar sen ularning qotili sifatida
afsus cheksang va shu nadomat va pokiza qalbing bilan Buddamizning koinot ro‘parasida
turgan yaltiroq, dunyolarga nur taratib turgan shohona kitobini to‘laligicha qayta yozib
chiqishga va'da bersang, bu azob-uqubatlardan qutulishing mumkin.»
Bu so‘zlarni eshitgan zahoti qilgan xatolarimga afsus-nadomat chekdim va darhol
hamma narsaning oldida turgan nurli kitobga amal qilishga va'da berdim. Men bu ishim
bilan o‘ldirgan hayvonlarimning keyingi hayotlarini saqlab qolishimga qattiq ishondim.
Men baland ovozda xizmatimni o‘tashga tayyorligimni bildirdim va shundan so‘ng biz
shaharga kirdik. U yerda hamma narsadan yuqorida Ozodlik Qiroliga ko‘zim tushdi.
Uning qarshisidagi yalanglikda behisob tutqunlar xuddi men kabi qilgan gunohlari uchun
baqirib-chaqirib turishar, vodiyni bezovtalik va urush-janjal tutib ketgandi.
Shaytonlar meni keltirishganini Shohga bildirishdi. Ozodlik Qiroli shunday dedi: «Uning
aybi g‘oyat katta, u nihoyatda gunohkordir. Nega uni buncha kech olib keldingiz?
Hoziroq borib uning o‘rtachisini keltiring!» Shaytonlarim tashqariga chiqib mening
himoyachilarimni axtarib baqira boshlashdi. Hech kimdan sado bo‘lmadi. Ular Shohning
oldiga qaytib kelib, meni himoya qila oladigan hech kim yo‘qligini aytishdi. Ozodlik Qiroli
ularni ikkinchi va uchinchi bor ortlariga jo‘natdi. Lekin ular bir kishini ham topisholmadi.
Men eng yomon narsaga ham tayyor turganimda, Besh Yo‘lning Egasi Shohga noma
yo‘lladi. Unda mening aybimga iqror bo‘lib, tavba-tazarru qilganim, so‘yilgan va
azoblangan hayvonlarni asrab qolish va hayotga qaytarish maqsadida nurli kitobga amal
qilishga va'da berganim bayon etilgandi.
Ozodlik Qiroli uni o‘qib chiqqach, baland ovoz bilan dedi: «Garchi shu qadar ko‘p
hayotga zomin bo‘lgan esang-da, ularni asrab qolish va ozod etish vositasini uddalay
olding. Mayli, seni qo‘yib yuboraman, lekin bundan buyon yer yuzida o‘ldirish, zulm
qilish, buzg‘unchiliklar qilish senga yot bo‘lsin va faqat savobli ishlar bilan shug‘ullan!»
Shu tariqa yangi hayot qurish uchun uyg‘onib, o‘rnimdan turib ketdim, - dedi hukmdor».
Bu g‘aroyib hikoyani eshitgach, janozada hozir bo‘lganlarning barchasi Nurli Shohona
Kitobning qo‘lyozmasini izlashga tushishdi va u eski bir ibodatxonadan topildi. Shundan
so‘ng bu kitobdan nusxalar ko‘chirib, ko‘ngillarini tozartirishga va ruhlarini asrashga
kirishdilar.
56
Mutlaqo kutilmaganda, og‘aynilarimdan biri - Li bilanmi, Luk yo Zev bilanmi yoxud
boshqa birov bilanmi yurganim tushimga kiribdi. Bir to‘da shaytonlar oldimizga
kelganda, har kungi ishimizni qilayotgan ekanmiz. Tushimning birinchi qismini
eslolmasam-da, ikkinchisini aniq-tiniq eslayman. Men chigitning farqiga bora olaman.
Og‘aynim mendan shuni so‘raganida, uni odamlar urug‘larni vagonlarga ortayotgan
ombor tomonga temir yo‘l yoqalab boshlab bordim. U yerga kelganimizda mashina
qo‘zg‘alishga tayyor turgan edi, haydovchi esa savolimizga javob ham bermay o‘zi bilan
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |