www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
yerlarga o‘rganib qolganimga qaramay, tunlari sovuq shunday zabtiga olardiki, garchi
Lining sersuyak tanasiga qapishib olsam-da, bizning ehtiyotkorona yaqinligimizdan
sovuq ustun kelaverardi. Shuning uchun Liga quloq solarkanman, buning qandaydir
oldini oladigan yengillikni his qildim. Kun bo‘yi mavzuga juda erk bermaganim holda Luk
haqida suhbatlashishga harakat qildim. Lining aytishicha, u Lukni uchratgan joy
qamoqxona emas, balki qandaydir bir harbiy boshpana bo‘lib, u yerda Lukni kechayu
kunduz so‘roq qilishardi. Sayr paytida ular bir-biri bilan uch-to‘rt marta ko‘rishishgan va
Luk o‘sha qonli qo‘lyozma to‘g‘risida gapirib bergan. Lining boshqa hech narsa aytib bera
olmasligini sezgach, ehtiyotkorlik bilan undan Zev haqida so‘radim. «Bu aqldan ozgan bir
besoqolboz o‘n yil avval o‘ldirgan o‘sha yahudiy yigitmi?» - ovozini ko‘tardi u. Garchi
voqeaning ikkinchi qismidan g‘oyat taajjubga tushgan bo‘lsam ham, boshimni qimirlatib
ma'qulladim. «Ha, bir fohisha uni o‘z akasi uchun uyiga taklif qilganda, o‘sha telba uni
rashkdan o‘ldirib qo‘ygan. Qolaversa, sening Luking unga eslatganki...» «Nima degan
u?» «U yigit - oti nimaydi - Zivmi, Zevmidi, Lukning bu yerga kelishiga sababchi bo‘lgan
va qo‘lga tushgan».
54
Bu Bilga-Xoqonnning Kul-Tegin vafotidan so‘ng ikkinchi bor barcha mehmonlarni o‘zining
shohona chodirida yig‘ishi edi. O'tgan tun u g‘alati bir tush ko‘rgandi. Oq samoviy
qushlar uning ustida charx urar va asta-sekin pastlar ekan, temir tumshuqli qushlarga
aylanib, yon atrofdagi hamma narsani cho‘qiy va birdan Bilga-xoqonnnig o‘tovini mayda-
mayda bo‘laklarga ajrata boshladi. Qushlarning biri uning o‘g‘li Yo‘llik-Teginga chang
soldi, Bilga esa unga tomon otilgan edi, shu paytning o‘zida boshqa bir qush uning xotini
Pobekaga tashlandi, Bilga o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, lekin ustiga bostirib kelayotgan temir
panjali qushga ko‘zi tushar ekan, uning changaliga tushmasdan avval dahshatdan
uyg‘onib ketadi...
U ana shu qo‘rqinchli tushning ta'birini bilishni istardi. Mehmonlar bir-biri bilan
pichirlashib turishardi. Bilga ularning har birini alohida-alohida so‘roqqa tuta boshladi.
Nestorialik general Udar-sengun haliyam armani rohibni kutar (Kul-Teginnnig xotini
Ko‘rk-xotin va'da qilgan), o‘zi tush ta'birini aytishda no‘noqroq edi, biroq harbiy bo‘lgani
uchun birinchi hamlaning ma'nosini anglaganday shunday dedi: «Mening nazarimda,
harbiy qo‘shin sizning ustingizga bostirib kelayapti va siz uch jabhadan turib jangga
kirishasiz...» O'n-o‘q qabilasidan bo‘lgan Makrach Udar-sengunning fikriga qo‘shilmadi
va bunga nasroniylarning uchlik bilan bog‘lanib qolganlarini sabab qilib ko‘rsatdi. U
Bilga-Xoqon ustida necha qush uchib yurganini so‘ragan edi, Xo‘jayin «to‘qqiz-o‘nta»
deb javob berdi va Makrach hayajonini yashira olmadi. U: «O'nta qush Tangrining o‘n
buyrug‘i va ularning ba'zisini Bilganing xotini, o‘g‘li va o‘zi amalga oshirishi kerak» dedi.
Lekin uning so‘zini Qirg‘iz Xonining elchisi Tardush Inonchi chor bo‘lib qo‘ydi. U
do‘mbirasini olib kuylay boshladi:
Biri ikkinchisin qo‘shiqlariga
Quloq tutgan qushday tinglayman seni
O'zgalar ustiga tashlangan qushday
Haqiqatdan hamla bor menda.
Chang solingan qahramon va ahlining boshi
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |