Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
faqat kimning qaysi tomondaligini hech kim bilmasdi. Rais janoblari maxsus trans-
e'tiqodiy komissiya tuzdi va men tilmochlik qilib ancha pul ishlab oldim. Ushbu komissiya 
barcha ishtirokchilar va qiziquvchilarning dalillariga quloq tutib, ularni tahlil qilish bilan 
shug‘ullandi. Garchi pravoslav bo‘lmagan mustaqil ruhoniy haligi kitobi va haqoratlangan 
sektaning katta-kichik rohiblari bilan ko‘rinmay qolgan bo‘lsa ham, qolganlar ulardan 
juda xafa bo‘lishdi. Anjumanda Salmon Rushdiy va Usoma bin Laden haqida ham 
gapirildi. Rais janoblari fatvo Payg‘ambar (s.a.v.)ni deb bo‘lmaganligini, balki chet elda 
yashayotgan Imomning o‘z tasviri tufayli bo‘lganini zimmasiga oldi. Deobandilar 
komissiyani ham, anjumanni ham tark etishdi. Rais janoblari darhol o‘z raislik 
lavozimidan bo‘shashini e'lon qildi. Tarafdorlari unga va uning bo‘shangligiga qarshi 
chiqishdi. Pravoslavlar ularni anjumanga qarshi chiqishda aybladi va hokazo va hokazo. 
Hech kim, hatto g‘oyib bo‘lgan Noam ham bu to‘qnashuv va janjalni, global e'tiqodlararo 
munosabatning sinishini bostira olmadi, alal-oqibat, qolgan-qutgan mablag‘, oliyjanoblik 
bilan, haliyam shu yerda qolgan tashkilotchilar bilan mening o‘rtamda taqsimlandi. 
60 
Ha, aytgancha, bir gal men oddiy Lamani (Mongoliya va Tibetdagi buddist rohiblar) 
emas, balki buyuk Dalay-Lamani uchratganman. Bu Moskvada ro‘y bergan bo‘lib, 
tarjimon va boshlovchi sifatida Boltiqbo‘yi yozuvchilari delegatsiyasini bu yerga olib 
kelgandim. O'shanda qayta qurish davri edi. Garchi Dalay-Lama tibet tilida gapirayotgan 
bo‘lsa ham, men uning gaplarini tushunib turardim: «qurolsizlanish», «zulm qilmaslik», 
«yangi era» va «yangi global tartib» kabilar. Kulgili odam. Men uni gipnoz qilishga 
uringandim, aqalli sirli aloqa o‘rnatishga intildim, yo‘q, bari befoyda bo‘ldi, u haddan 
ortiq siyosiy tus bergandi o‘ziga. Hafsalam pir bo‘lgandi o‘shanda. Ma'ruzadan so‘ng, 
mezbonlar o‘zlarini aqlliroq ko‘rsatishga urinishganda, Dalay-Lama buning aksini qilgan 
va yozuvchilar uni tavof qilishga tushishgandi. Hanuz esimda, dinni yangi qabul qilgan 
Boltiqbo‘yi delegatsiyamizdagi xonimlardan biri Hazratning oldiga yaqinlashgan, bir 
qadam - jilmayish, yana bir qadam - yana jilmayish, uchinchi qadam - jilmayish va 
egilish, shu tariqa Dalay-Lamaning muqaddas qo‘liga yetguncha, ayolning ichidan suv 
kelib, bo‘lari bo‘lib bo‘lgandi... O'sha uchrashuvdan qolgan xotira mana shundan iborat. 
61
Men Lining aslida juda ko‘p narsadan xabardorligiga shubha qilardim. Misol uchun, 
ushbu bobga kelganimda, u qalin daftarimga ishora qilib «Mana endi bu mustahkamroq 
bo‘la boshladi» dedi. Bu bilan nimani nazarda tutgan? Oltmish birinchi bo‘lakda 
jangarilarimiz harakatining tayyor bayonidan qochgan bo‘larmidik? Ha, chindan ham 
«tarjima» deb ataluvchi ikki-uch turdagi oltmish bayonotdan so‘ng, endi yangi bayonotni 
tarjima qilyapman, deya olmayman, chunki boshqa yangisininig o‘zi yo‘q. Xo‘sh, nima 
qilmoqchiman? Avvalgi bobga sayqal beryapman deb o‘tirishim kerakmi? Yo shaxsiy 
masalalarni yozyapman, deyinmi? Ular meni o‘ldirishgan bo‘lardi. Lekin agar yozishni 
tugatsam, shu meni o‘ldiradi. Shu o‘ylar bilan chalg‘ib o‘tirganimda, Li taklif kiritib qoldi: 
«Menga inglizcha o‘rgatsang bo‘lmaydimi, men esa senga xitoychani...» Bu bir bahona 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish