www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
bo‘lishi mumkin edi... Aslida Li oxirgi gapni baland ovozda aytgani yo‘q, men buni
sezdim va bu gap aytilmagan, deb hisobladim.
62
Bir hafta ichida hayotimizda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jangarilar tog‘ni kesib o‘tib,
Afg‘onistonning Badaxshon viloyatiga o‘tishga qaror qilishdi. Nazarimda, bu uzoq yo‘l
edi. Li ularning yapon asirlari uchun katta o‘lpon olganliklarini aytdi, biroq biz bilan hech
kimning qiziqmayotganini ko‘rgan qo‘mondon, vodiyga borib mahalliy hukumatga
sotilamizmi yo shu boshpanamizda qolib, qishni o‘tkazamizmi va yoinki Badaxshonga
boramizmi, shu haqda bizdan so‘radi. Bu menga ertakdagi uch yo‘lni, ya'ni borsa kelar,
borsa yo kelar, yo kelmas va borsa kelmasni eslatdi. Afsuski, ayni holatimizda qaysi yo‘l
qanaqa ekanini bilolmasdim. Li bo‘lsa aqalli o‘z Vataniga yaqinroq bo‘lishni o‘ylab, ular
bilan birga borishga qaror qildi va shu bilan tanlash imkoniyatini ham yo‘qqa chiqardi.
Agar vodiyga borsam, yoki shu yerning o‘zida qolsam, ular meni keraksiz guvoh deya
o‘ldirib yubormasliklariga kim kafolat beradi? Shuning uchun ham ularga qo‘shilishga
mahkum edim...
63
Tog‘li Badaxshonga ketishimizdan avval qo‘mondon qaerdadir oxirgi marta eski elchi
bilan uchrashdi va biz bilan birga qoldirilgan yigitga xat olib keldi. Qo‘mondonga sodiq
qolish uchun u maktubni o‘zi ochmadi, shunga qaramay, men uning xat mazmunidan
shubhalanayotganini sezdim. Balki u mana bunday o‘ylayotgandi: «Sening vazifang
tugadi, bazaga qayt». Sabrimiz chidamasdi, lekin maktub mazmunini bilgach... Yigit
xatni o‘qir ekan, ko‘karib ketdi va kutilmaganda, telbalarcha kula boshladi yoki xiqillab
qoldi...
Maktubni uning xolasi yozgan bo‘lib, unda yigitning ota-onasi u ketgandan bir hafta o‘tib
o‘zlarini osib qo‘yishgani yozilgandi. Yigit aqldan ozib qoldi, lekin harbiy qism uni o‘zi
bilan olib ketdi va shundan beri u biz bilan birga turadigan bo‘ldi.
64
Oqil va keksa Tongyuquq «Bilga ularning bari bizning dushmanimiz bo‘lgani, hozirda
shunday ekani va kelgusida ham dushman bo‘lishini yodda tutarmikin?» deya o‘ylardi.
Bilga Xitoy Imperatori, O'n-o‘q qabilasi va Qirg‘iz xonning yog‘iyimizligini unutgani
yo‘qmi? Ular birlashib bizga qarshi urush ochishgan edi-ku. Ular shunday deyishgan:
«Agar biz ularga qarshi jang qilmasak, ularning jasur xoqonlari va dono vazirlari bor
ekan, bizga hech omonlik yo‘q va bir kunmas bir kun albatta barchamizni qirib
tashlaydilar». Shu gaplarni bilganimdan so‘ng, tunlari na ko‘zimga uyqu keldi, kunlari na
bir zavq olishni istadim. Axiri qaror qildimki: «Agar biz birinchi bo‘lib qirg‘izlarga qarshi
yurish boshlasak, to‘satdan ularni esankiratib qo‘yishimiz va qo‘lga olishimiz mumkin».
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |