www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
Lekin «Quyon!» deya qichqirib, lochin osmondan o‘qday uchib tushdi va quyonni tutib
oldi. U o‘tkir tirnoqlarini ko‘rsatdi va yana yashirib oldi. Lochin quyonni changallab
yuqoriga ko‘tarildi. Quyonning terisi tushib qoldi. Bilingki, bu yomonlik alomatidir!»
«O'zimizning Bashorat Kitobida ana shunday deyiladi, - deya o‘yladi dono Tongyuquq, -
agar o‘zingni quyonga o‘xshab tutsang, istagan qushga o‘lja bo‘lishga mahkumsan va
ayniqsa, agar bu qushlar bizning temir tumshuqli qushlarday bo‘lsa!»
Lekin u buni eshittirib aytgani yo‘q, birinchidan, undan hech kim so‘ramadi, ikkinchidan,
Bilga-Hoqonning elchilar bilan uchrashuvini yana boshqa bir narsa buzib yubordi.
67
Isroilni tark etish Eronga kirishday gap bo‘ldi. Har ikki sharoitda ham mana bunday
savollarga duch keldim: kim edim, qaerlikman, nima qildim, qanday ish qilyapman, bu
yerda nima qilishni niyat qilgandim, nimadan xabarim bor, kim bilan uchrashdimu, kim
bilan uchrashmoqchiman, kelgusi rejalarim qanaqa va hokazo. Hozir bu savollarga
yuzaki va o‘ylamasdan javob berganligimni o‘ylayapman, yo‘qsa, metafizikaga berilib
ketib, kim bilsin, balki hozirda yo‘liqqanim ba'zi javobsiz savollarni yechish
imkoniyatidan foydalangan bo‘larmidim? Anglaganim shu bo‘ldiki, biz kutilmagan
voqealarni achchiq xotiralar tufayli qo‘ldan boy berar ekanmiz. Men faqat ikkita misol
aytaman. Yoshligimda butunlay turlicha bo‘lgan ikki qiz bola do‘stim bo‘lardi. Yaqinda
ularning familiyalari turli tilda bir xil ma'noni anglatishini aniqladim. Bu shunchaki
uyg‘unlik va tushuntirib bo‘lmaydigan hodisami edi? Dorilfunundagi o‘rtoqlarimdan biri
o‘sha qizlardan biriga oshiqu beqaror bo‘lib qolgandi, shunga qaramay, natijada hech
narsa sodir bo‘lgani yo‘q. U boshqa kishiga turmushga chiqdi. O'shandan beri uning
qorasini ko‘rmadim. Lekin ikki yil avval bu ayol o‘zi sevishib yurgan kishining ismi bilan
bir xil bo‘lgan hamkasbim orqali men bilan topishdi. Yo bu ham tasodifmi?
Balki siz endi nima uchun Isroil va Eronni birgalikda esga olganimni tushungandirsiz?
68
Biz amerikalik ikkinchi liga klubininig komandasi bilan Tehron stadionida o‘yin boshladik.
Bizga qarshi kim o‘ynayotganini bilmasdim, ularning tayyorgarligi juda sirli kechdi, lekin
bu kabi futbolni umrimda ko‘rmaganman: u mahoratga qarshi mahorat emas, aksincha,
qo‘pollikka qarshi qo‘pollik o‘yini bo‘ldi. Bu kimning mahoratsizligi yaxshiroq yo
yomonroq, kim o‘zining qobiliyatsizligi ustidan g‘alaba qiladi, degan so‘roq gap bo‘ldi.
Tasavvur qiling, o‘z oyog‘iga qoqilib yurgan o‘yinchilar, yetim to‘pning ulardan biri yetib
kelguncha kutib turgani va shu bechora to‘pni yog‘och oyoq bilan tepilganiyu boshga
oshirilgani va hokazo. Bu shamollatilgan bo‘m-bo‘sh xonadagi shishirilgan sharga
o‘xshar va darvozabonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni befoyda kutishdan
charchab ketishgandi. Yodimga saksonchi yillarda sho‘ro komandasini Jahon
Chempionatida kuzatganim va ukrainalik futbolchining barcha erkin zarbalarni tepgani
yodimga tushdi. Odatda, u to‘pni gruzin o‘yindoshininig kallasiga mo‘ljallab oshirardi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |