www.ziyouz.com
kutubxonasi
58
bermayapti, bermaydi ham. Mana shu mening hayotim. Hech kim menga o‘zimchalik
yaqin emas. O'zimga bek, o‘zimga xonman. Kuchli, davomiy, mangu, har narsa bo‘lib
borayotirman.
81
Kundalik turmushda inson nimanidir o‘zgartirishga intiladi: kichik hayot kichik
o‘zgarishlarni talab etadi, magar qarama-qarshi narsa rostga aylansa, bugun qotil yo
o‘lik bo‘lsangiz, hayotingizning qanday kechishi butunlay oldindan aytib bo‘lmaganda,
Xudodan o‘zingizni olisda qolgan zerikarli kunlarga qaytarishini o‘tinib so‘ray boshlaysiz.
Sizga kulfat emas, tinchlik kerak. O'tgan kunlaringizni sog‘inib-sog‘inib ketasiz. Hozir
men hattoki Fontenbloda yashaganimda qatnashishga ko‘nikkanim davralarni naqadar
aziz bo‘lganini his qilmoqdaman. Uch katolik, bir juft musulmon, bir yahudiy xonim,
ateist negr qiz, buddist rohib, menga o‘xshagan bir necha notanish kishilar - barchamiz
yahudiy qizning hind yigitiga muhabbati kabi dinlararo masalalarni muhokama qilishga
odatlangandik. Romeo va Julettadan aslo kam bo‘lmagan. Ota-onalar o‘z bolalariga
qarshi, oshiqlar esa o‘z ota-onalariga, biz bo‘lsak - o‘rtada choy bilan biskvit yeb, o‘z
fikrini bildiruvchi qozi.
Men uzr so‘raganim holda uzumni turli millat vakillari: arab, turk, grek va forslarning
turlicha nomlagani xususidagi Rumiy hikoyatini aytib beraman. Ular hikoyatning mag‘zini
chaqqunlaricha, aytamanki, har bir bog‘ turfa gullarga ega bo‘lsagina chiroylidir va
undagi har kim o‘zini turfa gullarning biri deb o‘ylagani holda baxtiyorlik tuyadi.
Hozir men bor haqiqatni ochyapman.
Bir kun Rossiya Prezidentligiga saylovdan qaytdim. U yerda o‘zim kabi G'arbiy
turmushdan zerikkan xalqaro kuzatuvchilarga tilmochlik qilgandim. G'alati alomat.
O'zingizni Rossiyadagi milliarder yoki ko‘chadagi gado sifatida tasavvur qilib ko‘ring.
Xonananing bir burchida «alkogolik»ka o‘xshab yotgan Prezidentlar, payg‘ambarlikka
da'vogar yozuvchilar, masxarabozlik ko‘rsatayotgan payg‘ambarlar, Oblonskiy uyining
aralash-quralashlari, aroq, ikra... Va birdan o‘lchab qo‘yilgan G'arb hayotining tomchisi.
Esimda, ruscha turmush chizig‘ida bo‘lganlar, avvalo, g‘arbliklar edi. Mehmonxonadagi
istalgan fohisha ularni yovvoyiga aylantira olardi. Ular taksilarga o‘tirib, Moskva
tashqarisidagi dala hovlilarga yo‘l olishganda, turmushning yangi bir mazasini tuyishdi.
Men ularning kutilmagan uchrashuvlarida tarjimonlik qilish uchun bordim. Bir rus
tarjimoni menga yordam berdi, u yarim tatar bo‘lib, kuzatuvchilar xonimlari bilan
saunaga kirib ketishganda, u bilan dala hovlining ayvonida juda mazza qildik. Irma ismli
bu hamkasb qiz ishqiy sarguzashtlarda ustasi farang bo‘lib, har bir qovushishdan keyin
yuvinish xonasiga borar, unda qo‘shiq kuylar va suv sachratib yana bir bor huzuringizga
kelardi. Birinchi bor cho‘milish xonasida unga yaqinlashganimda, «Suyaklarim ostigacha
yayrab ketdi» - dedi u. Suv menga musobaqadosh bo‘ldi.
Moskvadan qaytar ekanman, o‘sha g‘arbliklarni ko‘rib, nega yana g‘azab otiga mindim.
Nechun yo‘qotilgan qadr-qimmat va G'arbni bo‘ralab so‘kdim? Bu balki ular fohishalar
uchun pul to‘lashgani va men Irma bilan bepul mazza qilganim uchundir?
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |