www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
82
Tongyuquq bir narsani aniq bilardi: dushman ustidan g‘alaba qilishning yagona yo‘li yov
yo‘lidan, u ishlatayotgan quroldan birinchi bo‘lib foydalanish edi. Dushmandan
oldinroqqa o‘tib ketish kerak. Bu avval ham sinalgan, nega endi hozir ishonchni
oqlamasin? «Tong tekkanlar» yoki «Tulki ovchilari» hozir ayni harakat payti ekanini
tushunish maqsadida Bilga-Hoqon tuzgan tafakkur komediyasini yetarlicha ko‘rishgandi.
U halaqit berishga qaror qilgandi, biroq juda kechikdi.
Yugurayotgan odam tezroq yugurishga intilib, yuztuban yiqiladi, qattiqroq baqirishga
kuchangan kishi tomog‘ini yirtadi. Tafakkur ham shunga o‘xshaydi, - o‘yladi Tongyuquq.
Agar ular eng yaqinlriga muhabbatdan dars berishsa, sevishga izn ber, lekin tez orada
ular o‘zini ko‘rarga ko‘zlari qolmasligini anglaysan. Ular qonga qon so‘rashsa,
marhamatingni darig‘ tutma va yana va yana talab qilishlarini ko‘r: nafaqat ko‘z, balki
quloq va burunni ham. Agar ular mangu beparvolikni targ‘ib qilishsa, yalang‘och va
beparvo ayol bilan qoldir, vassalom... Shu tariqa ularning qurollarini o‘zlariga qarshi
ishlat.
Eng avval miyasiga Pobeka - qizi va Bilga-Hoqonning xotini keldi. Qat'iyatli va
intiluvchan Pobeka nimani to‘g‘ri deb bilsa, shuni qila olardi. Boshqa onalar kabi u ham
o‘g‘li Yo‘llug‘ni o‘zidan ham ortiq ko‘rar, Tongyuquqning o‘zi ham uni sevardi. Pobeka
zanjirdagi chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan birinchi halqa edi...
Yon atrofdagi dasht - shu qip-qizil va kuyib yotgan zamin seziltirmasdan qurigan
maysani ko‘tardi, go‘yo u bunga roziday. Ko‘rinmas tulki shundoqqina yonidan yugurib
o‘tdi, qari Tongyuquq uning hidini sezdi va siyrak mo‘ylovini silab kulimsiradi...
83
Hayotga qiziqishim qolmadi. Agar ertaga umring tugaydi, deyishsa, ikkilanib
o‘tirmasdim. Ha, olam aro aylanib yurishimni tugatdim. Menga nima bo‘lgan bo‘lsa ham,
hech narsam o‘zgarmadi; qalbim, kayfim, tuyg‘um qanday bo‘lsa, hozir ham shunday.
Bu kunba-kun saqlanish, yurish va tirmashishdan, uzrxoh bo‘lishdan osonroq. Shunday
bo‘laqolsin! Ha, agar barcha buyuk tuyg‘ularimizni bir qo‘shiqning satrlariga jo qilish
imkoni bor ekan, nafsimiz bilan ishqiy munosabatlarga kirishishdan na foyda? To‘xtang!
Ey, kimda-kim meni o‘ldirmoqchi bo‘lsa, qani, kelsin! Men tayyorman!
Jimlik
Menga ism bering! Shu hayqiriq deb
Derazalar chil-chil, sindi eshiklar...
Ochiq osmon ostida bitta
Janozadan qolgan oina.
Bu oina faqat bir lahza
G'amni o‘z aksiga yashirdi yoki
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |