Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
56
yo‘qotib qaytdi». U bizni tungi avtobus bekatiga tashlab, uyiga qaytarkan, irfon nuri endi 
bizning ham ichimizga kirganiga ishontirdi. Ko‘chadagi boshqa odamlar orasida jimgina 
turarkanmiz, burchakda avtobus ko‘rindi va qayrilayotib chiroq ustuniga urilib ketdi. 
Natijada elektr simlari uzilib, har tomonga uchqun otildi. Yaqinroqda turgan kishi boshini 
changallab baqira boshladi. Biz bekatdan uzoqroqqa qochishga urindik. Kimdir: «Ushlang 
ularni!» deya baqirdi va ikki kishining qorasi ko‘rindi. Garchi u yerda bo‘lmaslikni afzal 
ko‘rsam ham, baribir endi voqeaning guvohiga aylangandim. O'ylaganim to‘g‘ri chiqdi.
Birdan xuddi o‘sha burchakda furgon mashina ko‘rindi va ikki daqiqa avval bekatda 
qichqirgan odam ikki politsiyaga qo‘shildi. Ular qochib ketganlarni emas, balki bizni 
qo‘lga olishdi va mashinaga o‘tirishga ishora qilishdi. Men ajnabiy ekanligimiz, bo‘lib 
o‘tgan voqea bilan hech qanday aloqamiz yo‘qligi, kechki ibodatdan kelayotgan 
futbolchilar ekanimizni isbotlashga urindim. Temirni qizig‘ida bosishga urinib, nafaqat 
politsiyaga, balki mashinadagi jinoyatchilarga ham murojaat qila ketibman. Harqalay, 
ular bizning jinoyatchi emasligimizga kafil bo‘lishdi. Ular boshlarini qimirlatishdi. Endi 
xursand bo‘lib, yonimizni oladiganlar ham bor ekan-ku, deb turganimda, jinoyatchi deb 
o‘ylagan kishilar fuqaro kiyimini yechishgan edi, barchalari politsiya ekani ayon bo‘lib 
qoldi. Ularning barchasi boshini qimirlatib, battar ustimizdan xaxolab kuldi. Men esa 
o‘zimni tutib turolmasdan, xuddi kinofilmlardagiday: «Advokatim bilan ko‘rishishga 
ruxsat beringlar!» deya baqira boshladim. Politsiyachilar esa kulgidan arang tiyilib 
turishardi. 
79
At-Tohariy tarixiy risolasida shunday yozgandi:
Hamma joyda ham odamlar asir bo‘lishning avval o‘ylanganidan ko‘ra jiddiyroq va 
xavfliroq ekanini tushunib yetishgan. Hammaning ichida qo‘rquv paydo bo‘ldi. Birgina 
islom dinining bilimdoni buxorolik Shahzoda Niyan-Siang hamma narsa Alloh qo‘lida 
ekanini bilardi. U ustozi ibn Qusamning so‘ziga quloq solib, kundalik ibodati sonini o‘n 
to‘qqiztaga ko‘paytirdi. Uning vafodorligini nafaqat To‘g‘luk tilmoch, balki tulki ovchisi 
Tongyuquq ham aytib o‘tgan. 
Shundan so‘ng At-Tohariy mavzuni butunlay o‘zgartiradi, lekin Zev keltirib o‘tgan rus 
rohibi Yefrem Valaamov avvalgi xatlardan birida deydiki: 
Nestoriyalik rohiblar Turk hoqonlari saroyida katta rol o‘ynagan va bu Ko‘k Turklari 
Saltanatining inqirozida muhim ahamiyat kasb etdi. Ularning merosxo‘rlari bo‘lmish 
uyg‘urlar bu ta'sir darajasini bilishgan, haqiqatda ularning davlati Nestoriyaliklar davlati 
bo‘lib qoldi. Shu o‘rinda Shahzoda Kul-Tegin vafotidan so‘ng Bilga Hoqon saroyiga 
kelgan armanistonlik rohib haqida eslatib o‘tmasam bo‘lmas. U marhum Kul-Teginnning 
xotini nazarida g‘oyat ahamiyatli kishi edi (shu bois armiya nazarida ham), chunki 
kunlarning birida Kul-Tegin qusishi uchun unga o‘simlikdan tayyorlangan dori bergan va 
hayotini saqlab qolgandi. 
Keyinroq Valaamov do‘sti Tenzig rohib haqida yana boshqa bir parchani keltiradi: 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish