www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
90
Nega buni xuddi muhim narsaday sizga aytyapman? Nega tartibsiz tilmochlik
hayotimning ahamiyatini aniqlashga urinmoqdaman? O'sha ma'nisiz kunlardan qanchalik
uyalganimni bilsangiz edi. Bir kun bu yoqda, bir kun u yoqda, faqat berilgan vaqtni
zamonaviy hayot deb ataluvchi yuzakilikka sarflash. Botayotgan quyosh ortidagi soyani
ta'qib qilish. Bularning bari nima haqida? Vositachi sifatida xizmat qilganim hamma
tadqiqotchi, prodyuser, ruhoniy, qo‘shiqchi, futbolchi, harbiy politsiyachi, top-model,
barcha yulduzlaru zamonaviy jamiyat qaymog‘i boshqa dunyo bilan ko‘prik o‘rnatish
maqsadida edimi?
Yoki bu kabi o‘ylashim bilan ularning emas, mening hayotim g‘ayritabiiy tus oldi, deya
kibrga berildimmi? Ya'ni bu boshqalarnikiga o‘xshamaydigan, o‘sha boshqalar
bo‘lishadigan ayqash-uyqashlikmi? Bir narsa aniq: ro‘y bergan barcha narsa haqiqat,
yagona, yolg‘iz, yakka haqiqat. Balki men aqlliroq bo‘lishim, yulduzlar hamda
ishqibozlarning emas, o‘tmish va kelajakning ikki tegirmon toshi orasida yanchilayotgan
shu g‘aroyib sarobdan voz kechmog‘im kerakdir?
91
Yana gap zardushtiylarning qo‘shiqlari haqida. Moskvadagi sarguzashtimga sabab
bo‘lgan Irma eri to‘g‘risida bir hikoya aytib berdi. (Boshida uni Fionaga o‘xshatdim,
ko‘pgina xonimlarga o‘xshab, yaqinlikdan keyin u ham eri haqida gapirdi). Ular
Moskvadan ancha uzoqda joylashgan qishloqda yashashga odatlanishgan ekan, lekin
ikkovlari ham Sho‘rolar poytaxtida ishlashgan. Odatda yarim soat avtobusda, so‘ngra
Qozon stantsiyasiga qadar poezdda va oxiri metroga tushisharkan. Bir gal Irmaning
qandaydir ishi chiqib qolib, shaharda qolishiga to‘g‘ri keladi va qishloqda shirakayf bo‘lib
o‘tirgan eriga sim qoqadi. «Eshit, - deydi u eriga, - Ertaga Bolshoyga kunduzgi
tomoshaga tushmoqchimiz, soat o‘nda u yerda bo‘lishing kerak, otlar turgan ustun
tagida. Qaerligini uqdingmi?» «Albatta! Bolshoyni kim bilmaydi? Qizil Maydon yaqinida-
ku!» «Bo‘pti, uxlab qolma!»
Uning eri o‘sha zahoti uxlashga yotadi va radioni o‘chirmay qoldiradi. Sho‘rolar gimni
yangi kunni e'lon qilgan paytda irg‘ib o‘rnidan turadi, chiroyli kiyinib, avtobus bekatiga
chopadi. Ko‘cha negadir qorong‘i edi. «Kecha juda ko‘p ichvoribman», - tushuntiradi u
o‘ziga o‘zi va qishloq chetidagi bekat tomon tez-tez qadam tashlab ketadi. U yerga yetib
kelsa, avtobus yo‘q emish. Bir soat kutsa hamki hech narsaning daragi bo‘lmabdi.
«Bugun bayrammi?» - o‘ylaydi u, - lekin nimaga qo‘ng‘iroqlar chalinmayapti? Yana
yarim soat kutgach, bir mast o‘tkinchiga ko‘zi tushadi. «Og‘ayni, nega avtobus yo‘q?» -
so‘raydi u. «Jinni-pinnimasmisan, yarim tunda qanaqa avtobus senga?» U qaytib soatiga
qaraydi. Soat tungi ikki. Buvisini uyg‘otadi: «Qarang, nimaga gimn aytishdi?» «Tentak
bola-ya, - deydi u, - soat tungi o‘n ikkida faqat so‘zsiz cholg‘u chalinadi, ertalabki oltida
esa gimnni qo‘shiq qilib aytishadi. Bularning farqi bor!»
Shunday qilib, soat oltida Sho‘rolar gimni aytilgach, er yana avtobus bekatiga boradi.
Soat o‘nda u kattakon ustun tagida turar, lekin Irmadan darak yo‘qmish. U birdan
atrofga qarab tomoshaga kelmayotgan faqat Irma ekanligini o‘ylabdi va tekshirib ko‘rish
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |