Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz www.ziyouz.com



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

76


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
54
Futbolchilar ham turlicha bo‘lishadi-da. Gap trenerning ko‘zini shamg‘alat qilib, biror 
shahar ko‘chasiga sayrga chiqish ustida bormoqda. Bu Sherozmi, Karmana va yo 
Isfahonmi, farqi yo‘q. Ular har gal biror narsani, masalan, gemmoroylarining gazak otib 
ketayotgani va yo shaxsiy guvohnomalarining mashg‘ulotdan qaytayotib tushib qolganini 
bahona qilib, meni ham birga olib ketishga odatlanishgandi. Garchi bu ishlaridan aytarli 
foyda chiqmasa ham, baribir ko‘chaga oshiqaverardilar. Hay mayli. Poyabzal magazini 
yaqinida shu yerlik ikki bola ajnabiyligimizni sezib, kimligimiz, nimani izlayotganimiz, 
kim bizni olb kelgani to‘g‘risida savolga tuta boshladi. Gap gapga qovushib, ular bizdan 
AQShda bir shisha viski qancha turishi, ko‘chada yengiltak ayollarni topish qanchalik 
osonligi, nasha va marixuana haqida so‘rashdi. Bu odatiy hol edi. 
O'tkinchi yo‘lovchilardan biri menga shubhalanib quloq tutdi, men forscha va inglizcha 
o‘rtasida sarson edim. So‘ng bu o‘yinni tugatishga qaror qildim. Lekin futbolchilar ortga 
qaytishni istashmasdi. Ular yon atrofda hayot qiziyotganini sezgan va biz Isfaxonning 
boshqa do‘konlarini aylanishga ketdik.
Garov o‘ynashim mukmin, istagan futbol jamoasida, albatta, bitta bo‘lsa ham hammani 
orqasidan diqqatga sazovor joylar, muzey yoki kitob do‘konlariga boshlab yuradigan 
«ntelligent» bo‘ladi. Shunga o‘xshab, bizda ham bir yigit bo‘lib, u forschani 
o‘rganayotgan va Rumiyning kitobini axtarib yurardi. Shuning uchun kitob do‘konini 
ko‘rishi bilan o‘zini ichkariga urdi, qolganlar to‘dalashib ko‘chada kutib turdik. Lekin u 
uzoq vaqt ko‘rinmadi va yana ikki kishi birin-ketin uni izlab do‘konga kirib ketdi, biroq 
ular ham zim bo‘ldi-qoldi. Bu safar o‘zim xonaga kirdim va uzoqroqdagi burchakda kitob 
sotuvchisiga ko‘zim tushdi, futbolchilar uning qarshisida turishardi. Sotuvchi qo‘lini 
ko‘ksiga urib, nimanidir zo‘r berib tushuntirayotgandi. Ularga yaqinlasharkanman, 
sotuvchining muqaddas so‘zlarni takrorlayotgani va uning ma'nosini inglizchada 
tushuntirishga urinayotganini eshitdim: La ilaha illalloh - Allohdan boshqa iloh yo‘q. -
Iloh yo‘q, derdi u va qo‘llari bilan ishora qilardi, na qo‘lida, na javondan olgan kitobning 
tagida, hech qaerda, - faqat Allohdan boshqa. U boshqa ilohlar kabi mavjud emas, biroq 
u yagona, u Alloh kabi mavjuddir... 
Men uning o‘z bilgicha tushuntirayotganini sezdim, lekin futbolchilar bu kabi nomavjud 
mavjudlikdan hayron qolib turishardi. - Men bularga urfon o‘rgatyapman, dedi u mening 
forscha tushunishimni anglab. U qiyshiq yuzli va badbashara g‘alati bir yigit bo‘lib, 
ma'naviyati yuksak kishilarday bir kechada mistik oqimni bizga o‘rgata olishini aytdi. 
Ochig‘i, garchi mistitsizmning bu kabi bilag‘onlarini birinchi marta ko‘rib turmagan 
bo‘lsam ham, bunday xunuk yuzlilarga ishongim kelmaydi. Insof bilan aytganda, ba'zan 
ularning qoshi qulog‘i bilan mosligining farqi yo‘q, deb o‘ylayman, shunga qaramay, 
mening estetikam adolatimdan kuchliroqdir. 
Shunday qilib, u bizni o‘sha kech bir joyga taklif etdi va «intelligentimiz» bu taklifga jon 
deb rozi bo‘ldi. Bu uning shaxsiy tarjimoni sifatida mening ham birga borishimni 
bildirardi, biroq ushbu ish trenerning rejasi va umuman, komanda tartib-itizomiga 
qanchalik mos edi? Ustunlik - bu hamisha nomuvofiqlik haqida bo‘ladimi, bu hayot 
oqimidan orqada qolib ketish deganimi yo, xuddi hozir men mavzudan adashib 
ketganimga o‘xshab-a?


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish