Bog'liq Kristina Sanchez ota onasiga stilist emas buqajangchisi bo
Kristina Sanchez ota onasiga stilist emas buqajangchisi bo’lishini aytganda undan juda ranjishdi. Lekin sanchez 18 yoshga to’lganda ota onasi uning jiddiyligiga ishonishdi va uni Madriddagi buqajangchilari maktabiga professional shug’ullanishga jo’natishdi
O’tgan iyul oyida Sancez Ispaniyada yoshlar ichida eng omadlisi bo’ldi va muhlislar orasida mashxurlikka erishdi. Yil boshi Lotin Amerikasi va ISpaniyadagi eng zo’r chiqishlaridan so’ng Sanchez matador de toros bo’lish uchun test topshirishga qaror qilgandi. Ammo ringdan tashqarida Sanchezni ko’rinishi matadorga o’xshamasdi. Unda ayollik nafosati go’zalligi ko’rinib turardi. U atletdan ko’ra ko’proq raqqosalarga o’xshardi, ammo ringda u kuchga to’la edi.
14 yoshga to’lganda Sanchezning otasi buqajangchisi bo’lish erkaklarga va shu qadar qadar ayollarga ham qiyin mashaqqatli ekanligi haqida ogohlantirgandi. Uning gaplari rost bo’lib chiqdi. “Bu dunyo ayollar uchun mashaqqatli” derdi Sanchez “Yuzinga yopiladigan eshik bilan boshlaysan. Erkaklar o’zi istaganni bir marta isbotlasa yetarli lekin men eshikdan tashqariga qadam qo’yish uchun 10martalab o’zim istagan narsalarni isbotlashga majburman”.
Sanchez Madrid janubidagi parla shahrida oilasi bilan yashardi. Uning uchun oilasi hamma narsa va uning asosiy madadkori edi. “Mening singillarim buqa janglarini yoqtirmaydi xatto tv orqali ko’rmasdilar ham. Onam esa agar men janglarni to’xtatsam dunyodagi eng baxtli ayol bo’lardilar. Ammo baribir biz onam bilan yaxshi edik. Onam men uchun eng yaxshi do’st”.
Janglar yo’q vaqtlari uchun o’ziga mashg’ulotlar belgilagandi, yugurish, zalda shug’ullanish otasi bilan tushlik vaqti mashg’ulotlarni takrorlash. Soat kechki 9 uyda ovqatlanadi va 11da uxlashga yotadi. U ichish chekish va munosabatlar yiroqda edi. “Hayotda ko’p marta to’xtashga majbur bo’lasan”- deydi Sanchez. “odamlar bilan tanishish men uchun qiyin. Ammo muhabbat yetib kelmagani meni qo’rqitmaydi chunki u senga kelishi uchun uni qidirish kerak”.
Sanchez ko’p vaqtini sayohatlarda o’tkazadi yozda ispaniya va fransiyadi qishda lotin amerikasidagi buqa janglarida. Uning onasi qizi janga tushishini yoqtirmasada janglarga borardi. Borolmaganda uyda telefon yonida kutardi. Eri uch marta qizlari jarohatlangani haqida qo’ng’iroq qilib aytgan iktasi yengil bittasi qornidan og’ir jarohatlar edi.