www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
soliqday: qor tun qo‘yniga osmondan tushib keladi, qo‘mondonning ho‘l qor tagida
yo‘qolgan chirog‘i: hech kim xavfsizroq joy yoki jarlikning qaerdaligini bilmaydi, faqat
arqonni bo‘shroq ushlagan holda xavfsirab yurishdan o‘zga iloj yo‘q, mabodo biror kishi
qulab, halok bo‘lsa, zum o‘tmay sening ham bor-yo‘qligingga kafolat yo‘q...
Yumshayotgan tonna-tonna qorga, muzning metalsimon qatlamlariga qaramay,
daryoning shovqini bir zum ham to‘xtamaydiganga o‘xshaydi. Yo bu shunchaki boshdan
oxirigacha bizni ta'qib qilib kelgan sarobmikin? Yo boshqa narsami?
Men yurishimizning eng so‘nggi kunini yaxshi eslayman, lekin oxirgi kun bo‘lmaganda,
eslab qolgan bo‘larmidim-yo‘qmi, ishonchim komil emas. Tunda ketar ekanmiz, birdan
tog‘ tugab, qorlar o‘rniga oldimizda uzun kenglik ko‘rindi va hammamizning ko‘zimiz
yaqindagina izillatib turgan shamoldan keyingi issiq havoning ufurishiga o‘xshagan
shaytoniy olovlarga tushdi. Qo‘mondon to‘xtashimizni va yo‘l sumkalarimizni qo‘yishni
buyurdi. Biz arqonlarimizdan bo‘shalgandik, telba yigit haligi olovga qarab zorlana
boshladi. Qo‘riqchi unga e'tibor bermadi, balki uning ham ko‘nglida xuddi shunday his
g‘imirlagandir. Qo‘mondon bizni sanab chiqdi va oxirgi marta olov yoqib, so‘nggi
kartoshkalarni pishirishimizni aytdi. Araqlarimizning ko‘p miqdordagisi ichimiz va
tashimizni qizitish o‘rniga, olov yoqish uchun sarflandi. Olovni tanalarimiz bilan o‘rab
olib, oxirgi burdani yeb tugatganimizda, qo‘mondon shunday dedi: «Biz ularni uxlab
yotgan paytlarida qo‘lga tushiramiz!»
Tog‘ qishlog‘ini erta azonda ishg‘ol qildik. Hatto Li bilan menga ham pulemyot berib,
qo‘riqchimiz bilan birga tog‘ chetidagi eng kichik uyni olishga jo‘natishgandi. Garchi otish
haqida ogohlantirilgan bo‘lsak ham, hayajon va qo‘rquvdan qurolimni u yoq-bu yoqqa
burib, so‘kinardim xolos. Uyga kirganimizda, unda qari bir kampir o‘tirar, bizni
chaqirilmagan ajinaga o‘xshatib, bir yondan ikkinchi yonga o‘girilib oldi. Kampirning yuzi
ko‘pib, achib ketgan xamirga o‘xshardi...
66
«Xuddi shunaqa narsa tabg‘achlar, o‘n-o‘q qabilasi, Qitanlar va boshqalarda ham sodir
bo‘ldi. Tongyuquq va Elturish-xonning donoligi, keyinroq Kul-Teginnning kuchi ularning
popugini pasaytirmaganda, Ko‘k Turklari bundan-da battar, bundan-da past va kuchsiz
bo‘lgan bo‘lur edilar. Hozir Bilga-Hoqon ularning o‘z tushi haqidagi ta'biriga go‘yoki
dunyodagi bor aqlu zakovatni aytib berishayotganday quloq tutardi. Ishdan
bo‘shaganidan beri ichishga mukkasidan ketgan shu yerlik shomon Udeganing o‘zini
taklif qilsa yetmasmidi? U o‘zimizning Bashorat Kitobidan quyidagilarni o‘qigan bo‘lardi:
«Men oltin qanotli qora yirtqich qushman. Tanamdagi ranglarning sanog‘i ham yo‘q.
Dengiz uzra uchar ekanman, ko‘nglim tusagan narsani tutaman va xohlagan narsamni
yeyman. Ana shunaqa kuchliman men! Bilingki, bu yaxshi alomatdir!
Men ola-bula va uchqur lochinman! Daraxt ustida o‘tirganimdan behad mamnunman.
Eshityapsizmi?
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |