www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
u hokimiyatni boshqarishdan avval Falak bilan munosabatini aniqlashtirib olishi
lozimligini anglab yetgan. U yerda bir general bo‘lib, garchi u tirik bo‘lsa ham, «shanlar»
darajasiga yetgan va bu kabi ruhiy holatlarni yaxshi bilardi. Shuning uchun Imperatorga
akasininig xotirasidan qutulish uchun bir gulxan yoqishni va shundan keyin
yashayotganlar va ruhlar o‘rtasida yangi qonun va tartiblar ishlab chiqishni aytadi. Olov
saroyni va u bilan birga marhum akaninig xotirasini o‘chirib tashlagach, Imperator o‘z
generalini tiriklar va o‘liklar uchun yozilgan qonunlarning ikki kitobini saqlayotgan
adirdagi bir ustoz oldiga yuboradi. Kunlarning birida maxsus marosimdan keyin
Imperator kitoblarning birinchisini ochib o‘qiydi. Odamlarning baxtiga barcha qonunlar
bir xil edi. Shundan keyin u ikkinchi kitobni olib, qo‘rqinch ichra Imperatorligini o‘z
o‘g‘liga qoldirishini o‘qiydi va shu tariqa «shanlar» ierarxiyasini boshqarib boradi... Mana
shu narsa Falak qonuni edi...
Ichi Lyang jim qoldi, lekin ot yana bir kishnadi-yu, Tongyuquq sokinlikni buzib yubordi...
58
Noam gapimni bo‘lib, uyalmasdan akasi unga g‘amxo‘rlik qilmayotganini aytdi. U menga
qarab kuldi va men bu qarashdan titrab ketdim. Rostini aytsam, men bu kabi aka-
ukalarni juda yaxshi bilaman, ularning marhumlarni ko‘rarga ko‘zi yo‘q, janozaga esa
qalin kitoblarni ko‘tarib kelib, marosim davomida jamoatchilik ichida ko‘zbo‘yamachilik
qilib, balandparvoz parchalarni o‘qib o‘tirishadi. Bundaylar tobut ichida yotgan marhum
birodarlaridan ko‘ra, ularning soyalariga ko‘proq marhamat ko‘rsatishadi.
59
Barcha dinlar anjumani bir tekisda davom etayotgandi. Biroq, bir safar Oltoy Shomon
an'anasining asosan «chuqur tomoq ovozi» bilan kuylayotgan va qolgan vaqtda
beo‘xshov gaplarni gapiradigan g‘alati bir vakiliga tarjima qilib turganimda, Lama sektasi
noiblari namoyishkorona anjuman zalini tark etishdi. Sessiyani boshqarib turgan yahudiy
ravvin kuylashni va tarjimani to‘xtatib, poplar, mullalar, yepiskoplar, presviterianlar,
kvakerlar va boshqa mormon va ruhoniylar orasidagi qizil kiyimli «birodarlar» sektasiga
murojaat qildi. Lekin ular e'tibor bermay chiqib ketaverishdi, vaholanki ularning
tarjimoni prezidium tomonga yurib, menga bayonotnomani topshirdi, bu bizga
o‘xshagan intellktual proletarlar birligining belgisi edi. Men bayonotni ochib, undagi
«...ning Muqaddas Nomi bilan... - Norozilik nomasi» degan sarlavhani ko‘rishim bilan
darhol uni rais janoblariga uzatdim. O'rtamizdagi Shomon esa kuylashdan to‘xtab,
jimgina kutib turardi. Ravvin qog‘ozni duo kabi ochib o‘qidi va hech bir ikkilanmasdan
tanaffus e'lon qildi.
Keyin nima bo‘lganini bilib oldim. Lama sektasining aniqlashicha, pravoslav bo‘lmagan
mustaqil ruhoniylardan biri bu yerda Budda rohiblaridan birining qiyofasi xunuk va
haqoratli tarzda tasvirlangan kitobni tarqatib yurgan va go‘yoki u kuniga ikki marta
Shaytonga ibodat qilarmish. Bu kitobni hech kim o‘qimadi, chuni u niderland yo dat
tilida edi, lekin birdan bu masala e'tiqodlar o‘rtasidagi qaynoq tortishuvga sabab bo‘ldi,
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |