www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
birga yurishimizni taklif qildi va u bilan dalalarni oralab yelib ketdik. Mashina tezlikni
oshirganida, yo qarshi tomondan kelayotgan shamolni yo tezlikni deb, uning qismlari
oshqovoqning po‘sti kabi bir-bir yerga tushib qola boshladi. Bu juda qo‘rqinchli hol edi,
biroq temir yo‘l yoqasidagi paxta dalasiga yetib kelganimizda, bir ayol yig‘lab chiqib,
hayotidan noliy boshladi, u oilasining kuni chigitdan ham battar bo‘lgan kunjutga qolgani
haqida so‘zlardi.
Ayoldan uzoqlashib, ortdagi stantsiyaga piyoda qaytarkanmiz, birdan yer qimirlab, temir
yo‘llarda qattiq portlashga o‘xshash nimadir gumburladi, kelayotgan aniq Shayton edi.
Uning odamlari allaqachon bizning oramizda bo‘lib, ularning biridan «kelayotgan chindan
ham Iblismi?» deb so‘ragandim, u «ha» deya tasdiqladi. U o‘rta yoshlardagi qora sochli,
suzik qorako‘zli, g‘aroyib yuzli va qop-qora kiyimdagi kishi ekan. U bizga bir qarab
qo‘ydi. O'sha yerda bu kishining Iblis ekaninin biladigan boshqa bir yigit ham bor ediki,
hayratlanarli tomoni, u qo‘rqib turgan ikkinchi gruhga qo‘shilib ketdi. Biz o‘sha tomonga
qaray-qaray, xayrlashmasdan ko‘cha, mahalla va shaharni tashlab, tez-tez yurib ketdik.
So‘nggi tekshiruv joyi - bozordan o‘tganimizda, qovun sotayotganday o‘tirgan
tarozibonga ko‘zimiz tushdi va ular ortimizdan ta'qib qilib kelayotganday, yana temir yo‘l
tarafga qocha boshladik. Tilla jingalak sochli yigit boya Iblismi yo‘qmi deb so‘raganim
kishi ekanini sezib qoldim, yo tavba, turgan joyini va ishini shunchalik tez o‘zgartiradimi
ular, deya taajjubga tushdim...
Temir yo‘l bo‘ylab qochib bordik. Iblis tarozisini tashlab ortimizdan quva boshladi. Ikki
yuz metrdan keyin u bizga yaqinlashib keldi, lekin biz urushishga tayyor turdik. Garchi
Iblisning yengilmasligini bilsak ham, unga qarata o‘q uzdik, bu o‘zimizni keng bo‘shliqqa
chiqib olishimizga yetarli fursat berdi. Bu osmon bilan yer orasidagi bir joy edi. Men
Allohdan yordam berishini so‘rab yolvordim, ikki-uch soniya ichida bulutli osmon
ko‘rindi. Iltijo qilar ekanman, birdan osmon to‘ntarilib, chakalokzorga tushib qolganimni
angladim. Ular orasidagi so‘qmoq trubasimon bo‘lib, temir yo‘l ufqqa tomon torayib
ketgani uchun, so‘qmoq ham tor va qorong‘ilashib borardi. Iblis boshliq guruh
ortimizdan bir qiyalikka qadar ta'qib qilib keldi. Ular shundoq ketimizda o‘tirishardi.
Tikanaklar ko‘krak qafasimizni qisib kelaverdi. Yo‘l qorong‘ilashgandan
qorong‘ilashaverdi va changalzor butunlay o‘tishga yo‘l bermay qo‘ydi. Men arang,
inqillab-sinqillab ularni chetlab o‘tishga urinar, oldinda jinday bo‘lsa-da yordam qo‘lini
cho‘zadigan biror narsadan umidvor intilardim. Qorong‘ilik va qo‘rqinch, umidsizlik va
tushkunlik ichra bir joyda qotib qolganimda, birdan oldimdagi eshik yorug‘ bir kunga
ochilganini sezib qoldim... men uyg‘onib ketgandim...
57
Shunday qilib tibetlik Byulen o‘z sharhini tugatdi va tasbeh o‘gira boshladi. Aslida Bilga-
Xoqon allaqachon Tabg‘ach-xondan kelgan Ichi Lyangga qarab turardi. O'g‘li Yo‘lluk-
Tegin yonida shogird o‘z ustozi bilan o‘tirganday o‘tirardi. Xitoylik general o‘z sharhini
shunchalik past tovushda boshladiki, shundoqqina o‘tov yonida otning kishnashi uning
ovozini bosib tushdi. «Xitoylar qanday qilib o‘zlariga e'tibor qaratishni yaxshi bilishadi» -
o‘yladi Tongyuquq jahlini ichiga yutib. Ichi Lyang tush ta'birlash o‘rniga, soddagina qilib
marhum akasidan hokimiyatni meros qilib olgan Xitoy Imperatorining holi ne kechganini
aytib berdi. Temir qushlar yoxud ajdodlar ruhi - «shanlar» unga hamla qilgani kelgan va
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |