www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
yomon lahzalari uchun Fiona (o, mening kulgili, noqonuniy, imkonsiz va yagona
sevgim!) bergan edi menga. Bu uning ota-bobolari - Ko‘k Turklaridan yodgor edi.
Tangri bizni kurashish va g‘alaba qozonishimiz uchun kuch-qudrat bilan siyladi. Hatto
dushman ko‘pchilikni va biz ozchilikni tashkil etishimizga qaramay, g‘alaba biz tomonda
bo‘ldi. Biz undan-da ulug‘roq marhamat istadik. Uzun istaklarimizning asiriga aylandik.
Biroq halokat ostida yana bir yangi g‘alaba bor. Menkim, Tangri yorlaqagan Dono
Tongyuquq, unutilgan odamlarimni ko‘k turklarning g‘olibona shon-shuhratini yoyish va
abadiylashtirish uchun dunyoning to‘rt burchiga yubordim.
So‘ngso‘z
Shu joyda qo‘lyozma o‘z nihoyasiga yetadi. Biroq ikki betli boshqa bir ilova ham
olgandik. Garchi bu galgisi avvalgisi kabi husnixatda yozilmagan esa-da, lekin buzuq
inglizchada xuddi o‘sha mavzuda bitilgandi, shu bois uni ham Grossbux matniga ilova
sifatida taqdim etish foydadan xoli bo‘lmasa kerak, deb o‘yladik. Alalxusus, mana o‘sha
matn.
«Men hamma joyda bo‘lganman, biroq hech qachon dunyoning eng baland nuqtasi,
masalan, Everestda bo‘lgan emasman. Lekin tap-taqir qoyada o‘tirarkansiz, pastdagi
istagan tomonga qarab, eng baland tepalikda turibman, deb tasavvur qilishingiz
mumkin. Hamma yo‘llar oyoqlaringiz ostiga keladi, barcha tomonlar sizning ko‘rish
nuqtangizdan tarqaladi. Issiq shamolu qor ko‘chkinlariga e'tibor bermang, ko‘zni
qamashtiradigan ultrabinafsha nurlar to‘g‘risida o‘ylamang, faqat atrofingizu pastga
nazar tashlang. Hayotingiz butun pasttekisliklar bo‘ylab yoyilib ketgan.
Marko Polo o‘zining terroristlar haqidagi asariga qistirib o‘tgan bir hikoyani o‘qigandim.
Birinchidan, u hikoyadagi voqealarni rivojlantirib, o‘z zamonasiga moslashtirgan,
ikkinchidan, qariyaga Olovuddin deb ot qo‘ygan, uchinchidan, terroristlarning maqsadini
ancha osonlashtirgan. To‘rtinchidan...
Ming yillar avval ismi «Tongga tutash»ga o‘xshagan bir chol o‘tgan ekan. U to‘rt dengiz
bo‘ylab yoyilgan buyuk davlat barpo etibdi. Uning qarorgohi eng katta sahroning
o‘rtasida, Qutlug‘ Vodiydagi Muqaddas Tog‘ ostida va Tabarruk daryo ustida ekan. Ana
shu yerda qariya bog‘ yaratibdi, u bog‘ go‘zallikda jannat bilan tenglasha olarkan. Bu
boqqa hech kimning kirishiga izn berilmagan ekan.
Cholning bir nechta qizi bo‘lgani holda birorta ham o‘g‘li yo‘q edi, shuning uchun o‘z
jiyani jangda halok bo‘lganida, uning bolasini asrab, o‘ziga o‘g‘il qilib olibdi. Shu bola
katta bo‘lib, qahramonga aylanibdi, yetmish yetti jangga kirib, biron marta bo‘lsin
yengilmabdi. Butun qit'a uning qo‘l ostida ekan. Lekin kunlarning birida yollangan bir
sotqin dushman uning orqasidan pisib kelib, o‘ldirib ketibdi.
Barcha mamlakatlarning elchilari marhum Shahzodaga yashirin suiqasd uyushtirganlar
bilan qo‘shilib, uning janozasiga kelibdilar. Azadan keyin hamma chin dildan ibodat qilib
bo‘lgach, qariya ularning hammalarini qattiq mast bo‘lguncha ichishlarini buyuradi.
Elchilar uxlab qolishgach, ularni alohida-alohida holda vodiyni o‘rab turgan tog‘lardagi
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |