www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
145
«Turklar uchun jangda halok bo‘lishdan sharafliroq jasorat yo‘q edi, - davom etdi Li. -
Kasallik yo qarilikdan o‘lish ular uchun or bo‘ldi. Qanday qahramonlik zamoni! Ayniqsa,
millionlab odam yo ochlikdan va yo to‘qlikdan o‘lib ketayotgan bizning zamonamiz bilan
solishtirganda... Biroq senu men butunlay boshqacha holatdamiz, shunday emasmi?
Xo‘sh, nega sen Gansuga borishga qaror qilding?
Ko‘p bor
щ
uni aniqlab olishga urindim: nega o‘sha buddistlarning g‘origa bordim?
Birinchi galda, nima uchun o‘zimga o‘lim jazosi tayinlangan Shinjonga yana qaytib
keldim? Nechun bu yo‘lga turib oldim? Yo aslida yo‘lning tabiati shunaqami, ya'ni tanlash
imkoni yo‘q, tushdingmi, bas, yo‘l seni istagan tomonga olib ketaveradimi? Boshqa bir
narsa: ikki yilllik hayotimda juda ko‘p uyg‘unlik, bir xillik, muvofiqlik alomatlari
ko‘rinmayaptimi? Ularni eslashga nima majbur etdi? Bu balki o‘tgan ikki yilning
shunchaki qarama-qarshiliklari va yo favqulodda holatlarimikin? Yo bu qandaydir bir
butun bog‘liqlikmi?
Turfonda yollaganim sariq yapon avtomobilida Suchjou tomonga qarab ketarkanman,
xuddi shunday xayollar menga hamroh edi. Shu xayollar bilan bo‘lib, o‘zimdagi qo‘rquv
va ogohlik hissini yo‘qotib qo‘ydim va bu menga ancha yordam berdi. Masalan,
haydovchi meni to‘ppa-to‘g‘ri militsiya punktiga olib ketayotganiga ham e'tibor
bermabman, chunki bunday uzoq safar uchun u maxsus ruxsatnoma olishi kerak ekan.
Biroq o‘zimni BMTning madaniyat ishlari bilan shug‘ullanadigan xodimiman, Suchjou
politsiyasining boshlig‘i meni kutib turibdi (balki rostdir!), deya u yerdan osonlik bilan
qutulib oldim. Lekin qo‘lyozmalarni deb g‘orga ketayotganimni yashirib o‘tirmadim.
Mahalliy politsiyachi ruxsat qog‘ozimizga qizil muhr bosib berdi va biz Xitoyning boshqa
viloyatiga qarab ketdik.
O'z ishimning qahramonlik ekaniga ishonchim komil emasdi. Bu butunlay shaxsiy masala
edi. Agar muvofiqlik haqida so‘rasangiz, bu Xitoyda 200 000 gran oq qo‘rg‘oshinga
burkangan Pobeka kabidir. Men doim yirik jamoat siquvidan qo‘rqar, gazeta o‘qisam
boshim og‘rir, o‘zimni erkin tutishga o‘rgangan edimki, kutilmaganda biror kishi jamoat
ishlari xususidagi fikrimni so‘rab qolishi mumkin. Lekin Li ba'zan haq bo‘lib chiqardi.
Hatto shu yerda ham bir necha marta Bilga-Hoqon tutib turgan o‘sha elchilarning holati
bilan o‘zimning holatim orasida muvofiqlik sezardim. O'tgan ikki yildagi voqealar va men
nomini keltirgan va keltirmagan tadqiqotchilar orasidagi o‘xshashlikni hisobga
olmaganda, bir necha bor holatimning Hoqonnikiga o‘xshab ketishini his qildim.
Ikkovimiz ham, masalan, turli usul bilan makonni zabt etdik. U ham, men ham
dunyodagi barcha mavjud aqlni bir joyga yig‘ishga intildik, lekin vaqt ikkimizning ham
popugimizni pasaytirib qo‘ydi. U-ku Bilga-Hoqon. Endi Li Tongyuquqni eslatyapti. Xo‘sh,
navbatdagisi halqaning boshi sanalmish marhum shahzoda Kul-Teginmi?
Va bu Lining o‘zi haqida emasmikin? «Jangda halok bo‘lishdan sharafliroq ish yo‘q...»
Do'stlaringiz bilan baham: |