www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
o‘ldirdi. Lekin ko‘p o‘tmay, uning o‘zi ham Muqaddas Dug‘in tog‘iga qilgan so‘nggi
ziyoratidan qaytayotganida, Tongyuquq odamlari tomonidan o‘ldirildi.
Unda Halha degan joyda Allohning inoyati bilan shahzoda Ashina va Ona Bo‘ridan Ko‘k
Turklari dunyoga keldi. Beshinchi oyning o‘rtasida Tongyuquq daraxt, o‘simlik va o‘t-
o‘lan o‘smaydigan daryo yoqsidagi muqaddas Bodun-inli tepaligiga kelib, Tangri nomi
bilan bir oq qo‘yni qurbonlik qildi. U yerda, tepalikning ustidan turib ko‘rdiki, turli
qabilalarning turfa vakillari har xil yo‘ldan ketib borishar, lekin so‘nggi borar manzillari
bir ekan. Garchi u buni butun hayoti davomida ko‘rgan bo‘lsa ham, birinchi marta uning
yashirin ma'nosini tushunib yetdi.
Odamlar Tangridan xuddi shu yerda Tongyuquqqa xabar kelgan deyishadi, ular
muqaddas tog‘ning tepasidan daryo qirg‘og‘iga tushib turgan bir nurni ko‘rishgan, lekin
tulki ovlovchilar hech kimga biror narsani ochiq aytishmagan...
140
Tushimga bir uy kiribdi, bu uy Emma Bovari yoki Anna Karenina kabi mashhur adabiy
qahramonga qarashli emish. Odamlar mening u bilan munosabatimdan dahshatga
tushishyapti. Ichkariga kirib, quloq tutaman. Zalda diniy qo‘shiq aytayotgan bolalar xori.
Ularga halaqit bermaslik uchun yuqoriga chiqishim kerak, lekin zinaga ko‘tarilmoqchi
edim, uning o‘rnida nur taratib turgan yirik ayiqpolvon turganini sezaman. Taxtadan
foydalanib, yuqoriga tirmashaman, lekin u shunchalik silliqki, orqaga sirpanib
tushaveraman.
Qahramonning o‘zi oldimga kelib, men bilan jiddiy bir narsa xususida suhbatlashadi,
lekin fikru xayolim boshqa narsada.
Qasrning yuqorisiga qarab yuguraman va birdan dovul boshlanadi. Qora, qo‘rg‘oshin
bulutlar kompyuterdagiday suzadi, shamol uning zanjirlarini buzib yuboradi. Lekin men
allaqachon qasrning yuqorisidaman. Undan pastga qarayman, toshqin hamma narsani
buzib yubormoqda. Eng so‘nggi harakat - qarshidagi eshikni ochishim va xona
ichkarisiga kirishim kerak, lekin dovul bunday qilishga yo‘l bermaydi...
Birdan shunday tuyg‘u bilan uyg‘onib ketdimki, endi nima qilishni aniq bilardim.
Qorong‘ilikdagi Lining o‘rindig‘iga qaradim. U yo‘q edi, so‘ng yana uxlab qoldim va
boyagi tushning davomini ko‘rdim (qiziq!).
Birinchi epizodda yuqoridagi kutubxonaga chiqaman, uning eshigi o‘rnida bir teshik bor,
plastik ramkaga tegishim hamoni u surila boshlaydi. Uni surib, birinchi qavatdagi plastik
tomda ko‘rganimga o‘xshash kutubxonaga kiraman. Unda na devor, na shift bor, faqat
egiluvchan tom mavjud. Avval choy to‘la piyolamni tushirib yuboraman, so‘ng pastga
sakrayman va garchi «tap» etib tomga tushmasam ham, u bilan bab-baravar
turaveraman, xuddi uchayotganday...
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |