Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
107
uning qirg‘og‘iga o‘tirib, birinchi tepalik ortidagi miltillayotgan ufqqa qararkanman, xuddi 
orqamdan qandaydir mahluq ta'qib qilib kelayotganga o‘xshardi. Orqaga qaytishim 
kerakmi? Lekin qaerga? Shu yerda tonggacha qolib, so‘ngra yana qidiruvni davom 
ettirganim ma'qulmi edi? 
Buvim «Bekor o‘tirgandan ko‘ra bekor ishlagan yaxshi» deb tez-tez takrorlardilar. Xullas, 
qo‘rquvni quvish uchun yo‘limda davom etdim. Uchinchi g‘orga yetganda, shuni aniq 
tushundimki, garchi istasam ham, ortga yo‘l yo‘q edi endi. Bu yerga chiqish uchun rosa 
ter to‘kkandim. Yana bir bor ufqdagi sarobga qarab turdim-da, yo‘lda davom etdim. 
Biror narsa to‘g‘risida o‘ylayotganmidim? Aytish qiyin. Balki shunchaki xayol uchqunidir, 
ya'ni bu ertakdagi so‘qmoqlarga o‘xsharkan, deganga o‘xshash. To‘rtinchi yo beshinchi 
g‘or oldida yonayotgan archa va qog‘oz tutuni dimog‘imga urildi va uning qaerdan 
kelayotganini bilishga intilib, ketaverdim, ketaverdim... 
Tun va kun o‘z ma'nosini yo‘qotgan, dunyodagi boshqa barcha narsalar ham ma'nisiz 
ko‘ringan mahal yettinchi g‘orga yetib keldim...
150
Qishloqning narigi tomonida itning hurishi eshitildi. Qorovulimiz qishloqdagi eng oxirgi 
itni o‘zi bilan olib yurishga odatlangandi. Kampirning tosh qafasidan to‘ppa-to‘g‘ri shtab 
tomonga qarab yurdim. Bu o‘sha qachonlardir o‘zimiz panjara ortida o‘tirgan bino. 
Ichkarida chiroq yoniq turardi. Binoga yaqinlashib, quloq tutdim: it hurishi uzoqlashib 
borar, derazadan sariq shu'la taralardi. Ehtiyotkorlik bilan orqa tarafdagi derazadan 
ichkariga nazar tashladim. Hech kim yo‘qqa o‘xshardi. Yana quloq tutdim. Yuragimning 
urishidan bo‘lak tovush eshitilmasdi. Keyingi deraza tomonga surilayotib, oyog‘imning 
tagidagi bo‘sh paqirga qoqilib ketdim va u qorong‘i bo‘shliqda ovoz chiqarib quldirab 
ketdi. O'zimni yo‘qotib qo‘yayozdim. Hoziroq eshik ochilib, ular sokin tunni, unda mening 
o‘zimni chilparchin qilib yuborishadi, deb o‘yladim. Baxtimga qishloqning narigi tomonida 
it hurdi va uning sadosi qoyalarga urilib jimib qoldi. Nafasimni ichimga yutib, derazadan 
qaradim va xona o‘rtasida kimdir polda yotganini ko‘rdim. Shu zahoti tana qanor qopga 
o‘ralgani va tananing yuz qismi qonga belanganiga ko‘zim tushdi. It hurib, men tomonga 
yaqinlashayotgan zamon, yerda uzala tushgan tananing oyoq tarafida ikki tanish trener 
ham borligini sezib qoldi nigohim... 
151
Li o‘lgan edimi? Yo qanor tagida qotib qolgan eski qon bilan uxlab yotibdimikin? Lekin 
qonli qopga kim uni o‘rab qo‘yishi mumkin? Chiroq nega yoniq turibdi? Qolganlar 
qayoqqa ketdi? Menga endi nima bo‘ladi? Ana shu savollar qurshovida kampirning tosh 
qafasi ortida qaltirab turardim. Qo‘riqchi yaqin atrofda tentirab yurar, qattiq hurish uy 
yonida eshitila boshlagandi. Ular meni ta'qib etisharmikin? Atrofimda nima 
bo‘layotganini bilmay qoldim. Bu qachonlardir yettinchi g‘orda asir bo‘lganim tuyg‘uga 
juda o‘xshab ketardi. 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish