www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
U yerda, o‘n besh-yigirma daqiqadan so‘ng, osmon sarg‘aya boshlagach, zim-zimiston
g‘or ichiga kirib ovoz berdim. Lekin o‘z ovozimning aks-sadosidan bo‘lak tovush yo‘q edi
unda. Asta chuqurroq kiraverdim. Balki keksa darvish tonggi ibodat bilan mashg‘uldir,
degan xayol o‘tdi miyamdan. Bir oz kutib turib, yana qorong‘ilikka qarab salom berdim.
Hech kimdan sado chiqmadi. Yanada ichkari kirib, gugurt chaqdim. G'ira-shiralikda
tafakkurga cho‘mgan holda qimir etmay o‘tirgan g‘alati shakldagi odamlarga ko‘zim
tushdi. Qo‘rquv va qiziqish ichra ulardan biriga yaqinlashib, qo‘limni tekkizib ko‘rdim. U
Buddaning tosh haykali edi. G'orning chuqurrog‘ida jildirab oqayotgan suvning tovushi
eshitildi va o‘sha tomonga qarab yurdim. Mana endi avval yodlab olganim g‘orda aniq-
tiniq mo‘ljal ola bilardim. Birinchi zalning yuqorisida o‘tirgan yettinchi Buddaning
orqasidagi maxsus joyda qadimgi uyg‘ur qo‘lyozmalari bo‘lishi kerak. Ularning orasidan
Keksa Darvish yolg‘iz o‘tirib, tafakkurga cho‘madigan, g‘orning eng muqaddas joyini
ko‘rsatib beradigan ikkinchi sxema-rejani topa olardim. Shunday qilib, qo‘limni teshikka
tiqib, qog‘ozlarni paypaslab topgach, endi tashqariga tortib chiqarmoqchi bo‘lib
turganimda... birdaniga qo‘llarimni orqaga qayirib, boshimga dag‘al bir qop kiygizishga
ulgurishdi. Kattakon qo‘l chang latta ostidan og‘zimni yopib turardi... Keyin yuzim
Buddaning tosh haykaliga urilib, ko‘zlarimda olov chaqnab ketdi va shu zahoti hushimni
yo‘qotdim.
Shu tariqa ana shu joyda asirga tushdim.
152
Zamon va makon tuyg‘usidan ayrildim. Berkitilgan yuzimning og‘rig‘i shivalab
yog‘ayotgan yomg‘ir ostida to‘xtab-to‘xtab borayotgan yuk mashinasining harakati bilan
qo‘shilib ketgandi... Hech bir narsani o‘ylolmas, bunga madorim ham yo‘q edi. Nimaga
kelgandimu, nima bilan qaytyapman?
Hozir ham xuddi shunday tuyg‘u yuragimni o‘rtardi. Barcha rejalarim noto‘g‘ri bo‘lib
chiqdi, bari barbob bo‘ldi. Tartib bilan yaratilgan koinot tartibsiz bir narsaga aylandi.
Saltanatlar ostin-ustun, odamlar halok bo‘ldi. Yo bu shunchaki mening boshimda qanot
qoqayotgan o‘lim nafasimikin? It hurishi miltiq tovushi bilan qo‘shilib ketdi.
O'zimni ikkinchisini yo‘qotib qo‘ygan egizakday his qildim. Nogiron kishining yolg‘iz
oyog‘i kabi. Lekin mening ikkinchim kim edi? Li-mi? Luk? Zev? Rohib Valaamov? At-
Tohariy? Bilga-Hoqon? Tongyuquq-mi? Va yo o‘limidan oldin o‘lgan Kul-Teginmi? Balki
ularning hammasidir? Balki o‘zim o‘zimga egizakdirman? Xuddi «grosbux»da mijozlari
bo‘lmaganda, o‘ziga-o‘zi tilmochlik qiladigan tarjimon singarimanmi?
Balki butun dunyo o‘ziga o‘zig egizdir va shu bois ma'nisiz, hissiz hayotning yuzada
davom etishiga to‘sqinlik qilmas, bu yuza suvning yuzasiga o‘xshab nurli, oppoq, uchib
yurgan bulutlarni o‘zida aks ettiradi, lekin kimda-kim bu sarobga ishonsa, uni o‘z qa'riga
cho‘ktirib, bir zumda asir oladi. Men dono tulki ovlovchi jangda halok bo‘lish uchun
ketmasidan burun, Tongyuquqning buxorolik shahzoda Nihon-Sangga aytgan so‘nggi
so‘zlarini hech kimga aytmagandim. Bu so‘zlarni taqinchoq kabi bo‘ynimga osib
yuribman, uni o‘z muhabbatining nishonasi sifatida hayotimning eng yaxshi va eng
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |