Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
110
maxsus g‘orlar orqali boyagi sirli bog‘ning turli qismlariga olib ketishadi. Ular ana shu 
bog‘da uyg‘onib, jannatga tushdik, deya xayol qilishadi. Qirg‘og‘ida asal tomib turgan 
sutli daryolar, nozik qo‘llarida sharob tutgan yalang‘och huru parilar - hamma narsa 
jozibali va kishini o‘ziga tortar edi... Qadahlar qayta-qayta ko‘tariladi... Keltirilganlardan 
biri hatto Muqaddas Tog‘ning eng yuqorisidagi osmon toqiga olib chiqiladi... 
Keyingi safar ularning bari o‘zlarining bog‘laridagi ajoyib, lekin zerikarli makonlaridagi 
tarjimonlari oldida uyg‘onishadi. Va bo‘lgan voqeani tush deb o‘ylab, jannatda, hatto 
mayin havoli Muqaddas Tog‘da bo‘lganliklarini bir-birlariga aytib berishadi, ularni 
tarjimonlar batafsil yozib oladilar. Qizig‘i shuki, har bir elchi bunday mo‘‘jizali makonda 
yolg‘iz o‘zim bo‘ldim, deb xayol qiladi. Garchi uyga qaytish fursati yetgan bo‘lsa ham, 
ular mo‘‘jiza yana takrorlanishiga ishonib, intiqlik bilan kutaverishadi. Asta-sekin 
ularning har biri bu tuyg‘uni boshidan o‘tkazgani ayon bo‘ladi. Shunda hamma o‘zinikini 
ma'qullab, boshqalar shunchaki uni takrorlashayotgan va yo taqlid qilishayotganini 
isbotlashga kirishib ketadi.
Ayniqsa, tog‘ cho‘qqisida bo‘lgan elchi hammadan ko‘p o‘z so‘zini ma'qullaydi. 
Aytishicha, unga borgan joyida bir sirli ko‘zgu berishgan va bu ko‘zgu orqali nafaqat 
Moviy Osmon qarshisidagi o‘z yuzini, balki o‘n sakkiz ming olamning bor aqlu zakovatini 
ko‘rgan. Biroq, uning samimiyat ila so‘zlashicha, mast holda qo‘llarida ko‘zguni tutib 
turolmagan. Yo balki bu insonga xos hayajon tufayli sodir bo‘lgan. Harqalay, u ko‘zguni 
qo‘lidan yerga tushirib yuborgan va u chilparchin bo‘lib, butun vodiyga sochilib ketgan. 
Shunga o‘xshash hikoyani aytib bergan elchilardan biri daryo yoqasida bo‘lgan. U ham 
birinchi elchi gaplarini aytgan, lekin bitta farqi shuki, daryo ularni uzoqqa supurib 
tashlagan. Harholda ularning barchalari orasida ko‘r-ko‘rona dushmanlik paydo 
bo‘lgan... Kunlarning birida qariya ularni yana bir joyga to‘playdi va tag‘in mast 
qilib, hammalarini avvalgi boqqa eltadi. Bu safar ular uyg‘onib, qarshilarida o‘zlarining 
egizlari turganini ko‘rishadi. U egizlar, ulardan qarshi o‘laroq, singan oynaparchalar bir 
joyga yig‘ilgan ko‘yi o‘tirishgan va tarqoq elchilarni o‘zlariga qo‘shilishga taklif qilishardi. 
«Biz sizlarning pok ruhlaringiz bo‘lamiz, - tushuntirishibdi ular, - siz esa pastkash 
dunyodagi jismimizsiz.» O'z akslariga boqib, elchilar yig‘lashga tushibdi: «Hayotimizdagi 
kirliklar nimadan iborat edi, dunyoda nima gunoh qilibmiz?» Shu tariqa ular o‘zlarining 
komil ruhlari bilan birga o‘z nuqson va gunohlariga iqror bo‘lib, kun va tunlarni 
o‘tkazadilar, lekin bir pokiza hur endi ular o‘z dunyolariga qaytishlari va unda barcha 
muqaddas bilimlarni tarqatishlari lozimligini e'lon qilganida, hamma elchilar o‘sha turgan 
joylarida qolishni, dunyoga esa o‘z ruhlarini yuborishni o‘tinib so‘raydilar.
Shu narsalarni boshqarib turgan qariyadan bo‘lak hech kim Buyuk Qaytaruv uchun kim 
tanlab olinganini bilmas edi... 
Hikoya ana shunaqa nihoyaga ega. Marko Polo uning so‘nggi variantini ishlab chiqdi va 
boqqa yuborilgan kishilarni qariya haqqi-hurmati hukmdorlar, shohlar va imperatorlarni 
o‘ldirgan terroristlar kabi ifodaladi. Ular saltanat va qirolliklarni vayron qiladi, oila va 
urug‘larni chilparchin etadi, o‘lim va qo‘rquv urug‘ini ekadi... Ular dunyoni zimdan 
oladi... 
Ko‘pgina kishilar shu tarjimaga amal qilib kelishgan, chunki hikoya orqali ma'lum bir 
nuqtaga yetgan deyarli barcha odamlar yo qotilning, yo boshqa bir turdagi qirg‘inning 
qurboniga aylangan. Bunday qissalarga boy kitoblar to‘lib yotibdi, ularni gazetalarda 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish