www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
Aslida bu bema'ni bir fikr edi. Lekin u Bilga-Hoqonning fikrichalik ma'nisiz emasdi.
Haqiqatda esa, hamma telbalik o‘zimda edi, chunki o‘sha qariya tunda meni kutib
o‘tirgan deya ishonardim. Biroq, ko‘pincha aniq narsalar noaniq narsalarni keltirib
chiqaradi.
Baribir! Men O'lik Shaharning bo‘m-bo‘sh loy shakllari, hatto vayron qilingan yarim
shakllari orasidan oldinga yurib borardim. Yer ostidagi har bir ilonning vishillashiyu,
qurigan o‘t orasidagi har bitta chigirtkaning ovoziga diqqat bilan quloq tutardim. Axiri
mudhish tunda O'lik Shaharni kesib o‘tdim, lekin shuni sezdimki, to‘xtagan zahoting,
atrofingga boqib, tunning qatnashchilaridan biriga aylanar ekansan, masalan, qabrga
o‘xshagan bir narsaning ustiga kichik yozilish qilishga to‘xtaysan va shu onda
qo‘rqinchdan asar ham qolmaydi. Harakat qilishing bilan hammasi yana boshlanadi.
Hatto tunda ham asirga olishlari, zug‘um o‘tkazishlari yoki hujum qilishlaridan qo‘rqib
turasan.
Shu xayollar bilan o‘tgan safar sirli darvish bilan uchrashgan joyimga keldim. U yerda
yerga qoqilgan bir tayoq va uning uchida bir necha muqaddas lattalar bilan otning yollari
hilpirab turardi. Lekin hech kim yo‘q edi. Atrofga qarab, hayot asarini ko‘rmadim, lekin
yaqinroqda silliq bir nimadir turganiga ko‘zim tushdi. Yurak yutib unga yaqinlashdim: bu
darvish menga ko‘rsatgan toshning o‘zi edi. O'sha payt ne ahvolga tushganimni tasavvur
qilib ko‘ring: istagan yerimni topgandim! Tosh tuproqqa ko‘milib ketgan, shu bois uning
atrofini tozalashga tushdim, biroq uning yuzasi tep-tekis edi. Shunda toshni ag‘darish
uchun yerni kavlay boshladim. Qizishganimdan biror asbobim yo‘qligini ham unutib,
yerni ertaklardagi jodugarlar singari qo‘limda kavlay ketibman. Yuzu badanim qora terga
botib ketdi. Bir soatdan oshiq vaqt qattiq ishlab, toshni o‘girdim, lekin ne ko‘z bilan
ko‘rayki, uning boshqa tomoni g‘adir-budir va tishli bo‘lib, unda hech qanday yozuv
ko‘rinmasdi...
135
Endilikda vaqtini asosan jangarilar shtabida o‘tkazayotgan Li stol ustidagi yozuvni
o‘qigandi. U buni men uxlab yotganimda o‘qigan va javobini yozib, yana o‘sha stol
ustida qoldirgandi:
«Buxorolik shahzoda Nyan Syang (At-Tohariyning yozishicha, haqiqiy ismi Nihon Sang -
Yashirin Tosh) axiri noaniqlikka barham berib, Islom dinida ekanini tan oldi. Aslida, har
bir e'tiqodli inson musulmondir, dedi u, chunki bu faqat Allohga bo‘ysunmoq degani.
«Nega sen e'tiqodingni bizning tilimizga o‘girmading? Nechun Xitoycha e'tiqoddaman
deb da'vo qilib yurding?», deya so‘radi undan Tongyuquq. - «Qorong‘i xonada qora
mushukni topish juda mushkul ish, ayniqsa, mushuk u xonada bo‘lmasa...» - javob berdi
shahzoda.
«Keyin unga nima bo‘lganini bilasanmi? - deb so‘ragandi Li javobida. Birdan uning
xushxabarlari har tomonga tarqab ketdi. - Lekin men mushuklar haqidagi boshqa bir
rivoyatni bilaman - davom ettirgandi Li. - Kunlarning birida er uyiga bir kilo go‘sht sotib
olib kelibdi. Kechroq uyga mehmon keladi, buni pishirib berasan, - debdi u xotiniga.
Xotini go‘shtni yaxshilab qovuribdi, lekin u pishgunicha bitta-bitta olib, yeb qo‘yibdi. Eri
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |