www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
Ana shu o‘zim qo‘lda ko‘chirib yozgan va kundaligimdan yirtib olganim parchani atayin
o‘tirg‘ichim ustiga Li ko‘rsin deb tashlab ketdim.
130
Urumchi vokzaliga yetmay turib, atrofni kuzatganim holda, bu vokzaldan oldingi oxirgi
bekatmi-yo‘qmi, aniq bilmasdan avtobusdan tushib oldim. Urumchiga qilgan bu safarim
avvalgisidan katta farq qilardi. Tarjimonning ko‘chmanchi hayotini yashab o‘tib, bir kun
josuslikda qo‘l keladigan ajoyib texnikalarni o‘rganib olganman. Masalan, siz Robiya
Qodir supermarketi qaerda joylashganini juda yaxshi bilasiz, lekin o‘sha tomonga qarab
ketayotgan yo‘lovchidan «Kechirasiz, Robiya Qodir supermarketi qaerda joylashgan?»
deya so‘raysiz. U sizga tushuntira boshlaydi va «Men ham o‘sha yoqqa ketyapman,
albatta ko‘rsatib qo‘yaman», deydi. Shu nuqtadan o‘zaro suhbatingiz boshlanadi. Agar
yaxshi niyat qilsangiz, suhbatingiz natijasida do‘stlashib qolishingiz mumkin.
Ayolning ismi Maryam bo‘lib, yolg‘iz ona edi. Uning o‘g‘liga supermarketdan telepuzikmi
va yo dangasapolvonningmi rasmi tushirilgan futbolka sotib olgandim. Ayol meni
uyg‘urcha lag‘monga taklif etdi. Ikki kunni uning Urumchi atrofidagi loyshuvoq uyida
o‘tkazdim. Maryam ikki kun «Xangshian Bingua» mehmonxonasi qarshisidagi
suratxonadan mening chiqarib qo‘yilgan rasmlarimni olib kelish uchun yugurdi. Axiri
ularni keltirib berdi - ikki yoshli rasmlar: sahro o‘rtasidagi eshak, mashhur so‘fi Ofoq-
xo‘ja ziyoratgohi, «Ikki ot bir-birini tepgan mahal ularning o‘rtasidagi eshak o‘ladi»
degan buyuk shoir Yusuf Hos Hojib ziyoratgohi, Urumchi tepaligidagi Xitoy ibodatxonasi,
bir juft Manixean qo‘lyozma va ... va... yuragim Urumchidan Turfonga qadar qattiq urib
turgandi... bir, ikki, uch, to‘rt... bir necha mutlaqo oppoq suratlar. Yo‘q, ular tamoman
oq emasdi: bir necha ovalsimon nur to‘rt tomondagi chang burchakdan taralib turardi...
O'lik Shahardagi tosh...
131
Li ikki yarim yil avval Turfonda meni kuzatib yurgan odamning ayni o‘zi edi. Li yo Jon
deb ataladi yo Jonni Li. Bu tushuncha miyamni teshib o‘tib, meni qo‘rqitib yubordi. Nega
oldinroq buni sezmadim-a? Bu shunchalik aniq ediki! Mayin soqolini qirtishlab, katta
qora ko‘zoynak taqib, inglizcha gapirtirib qo‘ysangiz bas, qarshingizdagi yo orqangizdagi
Lidan ko‘ra, ustingizdagi Jonni yasaysiz-qo‘yasiz. Bu uning xavfsizlik kuchlari xodimi
ekanini bildiradimi? Shunga qaramay, u jangarilar orasida ularning ishonchini qozonib
yuribdimi? Qanday qilib? Qachon? Qaerda? Nega?
Voy Xudo, jinni bo‘lib qolyapmanmi?
Katta qora ko‘zoynak taqib Turfonga ketayotgan avtobus orqasidagi o‘rindiqda o‘tirib
ketardim, ko‘zoynaklar qiyofamni o‘zgartirish uchun taqilgan, qolavresa, bu o‘lkalarda
ko‘zga yaqqol tashlanadigan birinchi belgi bo‘lib, mening turistligimga ishora edi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |