www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
ko‘milmagani ham meni shubhalantirgandi... Haqiqiy yahudiy hech qachon o‘limidan
yetti kun keyin ko‘milishi kerakmas!»
O'sha mahal men uning tomog‘i va bo‘yni atrofida ham kesiklar bo‘lishi mumkinligiga
qiziqdim, lekin Noam javob berish o‘rniga ko‘zini olib qochdi. O'shanda nechog‘li to‘pori
va sodda bo‘lganimni endi tushundim...
125
Haqiqatda men bu hikoyadan xabarim bor edi, chunki uni allaqachon uchratgandim!
Zev o‘z kundaligida Rohib Valaamovning Dandan Uylig ismli uyg‘urning noma'lum
manbasidan keltirgan iqtibosini eslatib o‘tadi., To‘rtburchak yahudiy yozuvida qandaydir
«Ahbar» tomonidan yozilgan o‘sha manbaga ko‘ra, Valaamov va Zev bir yahudiy ruhoniy
bilan munosabatda bo‘lgan. Yahudiy O'n-O'q qabilasining Ko‘k Turklari mahkamasiga
yuborilgan ikki elchisidan biri ikkinchisining tobutini ko‘tarib, ortiga qaytib kelgan.
«O'g‘uz-Bilga tamg‘achi Makrach solingan tobutni yelkasiga olib, O'n Xushxabarning
ko‘plab bilimdonlari bilan ortga qaytib keldi. O'g‘uz-Bilganing o‘zi juda azob chekkandi:
uning yuziga chuqur chandiq tushgan, tili kesilgandi va dinni yangi qabul qilganlar
dashtning o‘rtasidagi zindondan qanday qilib qochishgani to‘g‘risidagi fojeiy hikoyani
aytib berishdi. Lekin tamg‘achi Makrachning jasadi yuvilganda, uning xotini bu eri
emasligini bilib, yig‘lay boshladi. Kattalar jasadni tezroq ko‘mishga buyurib, xotinning
qilig‘ini g‘am va uzoq judolikning natijasiga yo‘yishdi, lekin bu voqea baribir shubha
tug‘dirdi. Afsuski tili kesik Bilga-O'g‘uz o‘zicha bir nimalar deb gapirmoqchi va
tushuntirmoqchi bo‘lar, lekin uni hech kim tushunmasdi. «Elchiga o‘lim yo‘q» - bu hatto
dushmanlar o‘rtasida ham mangu qoida edi, biroq ana shu qoida buzildi, shunday qilib,
O'n-O'q qabilasi Iloh nomi bilan ko‘k turklariga qarshi urush e'lon qildi...
Lekin na Zev, na Valaamov va na noma'lum manba dasht o‘rtasidagi O'n-O'q qabilasiga
kelgan dinni yangi qabul qilganlar to‘g‘risida hech nima demagan.
126
Afg‘onistondagi Mozori Sharifga yetib kelganimda, bu qo‘rqinchli tush boshlangan joyga
borgan sari yaqinlashib kelayotganimni tasavvur qilolmasdim. Mashhur ziyoratgoh
yaqinidagi bozor yonida BMT xodimi bo‘lgan mahalliy yigitni uchratib qoldik, u bu yerdan
Shinjondagi eng mashhur shahar - Qoshg‘arga bormoqchi ekanliklarini aytdi. Rumiyning
taqdir haqidagi rivoyatini bilasizmi? Uning aytishicha, kunlarning birida boyning
xizmatkori bozordan hafsalasi pir bo‘lib qaytib keladi. «Senga nima bo‘ldi?», - so‘raydi
undan xo‘jayin. «Men bozorda Ajalni ko‘rdim, u meni qo‘rqitdi. Men undan qochib, to‘g‘ri
uyga keldim. Shuncha yil chin dildan xizmatingizda bo‘ldim, agar mumkin bo‘lsa,
otingizni berib tursangiz, men Hindistonga qochib ketsam.» - «Albatta!», degan javob
bo‘ladi. Shundan keyin xizmatkor otni olib, u mamlakatdan chiqib ketadi. Keyinroq,
xo‘jayin bozorga borib, u ham Ajalni ko‘radi. «Nega mennig xizmatkorimni qo‘rqitding?
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |