www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
suratdagi haykal bo‘lagiga o‘xshab qoladi: yo oyoq yuzadan sug‘urib olinadi, yo marmar
bo‘lagi ramkaga kelib uriladi. Lekin aslida hayot bundan ham battar: u qahramonlar
sonini hisoblab o‘tirmaydi, yoxud uyg‘un holatlarni poylab yurmaydi, hech narsaga
e'tibor qilmay davom etaveradi: Luk qamoqxona osudaligida g‘oyib bo‘ladi, Fiona ishqiy
hikoyamning qoq o‘rtasida yo‘qolib qoladi, Zev o‘zining Shia Changiga yetisholmay
halak, siz bilan mening atrofimdagi yana qanchadan-qancha ismli va ismsiz odamlarni
hisobga olsakmi... Hatto Li so‘nggi bir necha kun ichida meni tashlab ketdi va faqat yog‘
bosgan qariya yaqinlashib kelayotgan o‘lim qiyofasida kibru havo bilan kezinarkan, o‘z
devorini tiklay boradi: tosh ustiga tosh...
Eski hayotimga qaytarmikanman va yo bu kampir bilan qorong‘ilikka qamalib qolib
ketamanmi? Hayotim hamma narsa va har kimniki kabi dunyodagi eng bo‘lmagur joyda
yakun topadimi?
121
Hayotning o‘zi uchun bo‘lsa, hech qachon yasholmagan bo‘lardim. Hatto Venetsiyadan
keyin, Marsella ona yurti Lido di Jessologa taklif qilganda va vaqtimizni Adriatika
dengizining qirg‘oqlarida xush o‘tkizgan onlarimizda ham hayotimda nimadir
yetishmayotganday tuyulaverdi. Avvaliga buni qo‘limning kaltaligiga yo‘ydim, lekin
ba'zan cho‘ntakda pulning yo‘qligiga umuman e'tibor bermay qo‘yarkansan kishi va
Remark aytganiday, qarzga yashayverasan. Bu turmush tarzingga aylanadi. Bu hali
pulning yo‘qligi haqida emas. Undan-da chuqurroq. Tasavvur qiling, qirg‘oqda dengiz
to‘lqinlari qurshovida asta yurib ketyapsiz, lekin negadir o‘zingizni shu uchun baxtiyor
sezmaysiz. Hech narsa uchun baxt bo‘larmi? Axir siz baxt nimadir uchun bo‘lishiga
o‘rganib qolgansiz: ko‘proq pul, yaxshi ish, yaxshi boshqariladigan yumush va bu
bog‘liqlik ikkinchi o‘zingizga aylanadi, o‘zingizdan ham kuchlirog‘iga. Shunga o‘xshab
men ham o‘zimdagi hokimlardan qutula olmadim.
Ha aytgancha, ayni o‘sha kunlarda Venetsiyada o‘tadigan «Qay bir insoniyatga qaysi
Xudo?» deya nomalanuvchi yana bir yirik anjumandan qoldim. Unga asosiy
tarjimonlardan biri sifatida taklif qilingandim. O'zim ko‘zdan kechirib chiqishim lozim
bo‘lgan mavzular hanuz esimda: «Dinlar va dindorlik», «Din va insoniyat», «Din va
boshqa e'tiqodlar». Yana bir bor mabodo mavzular ikki yarim yil ichida nazariy yo‘ldan-
da ortiqroq bir yo‘sinda ortimdan ergashib yurishini bilganimda, Jessolodagi urush-
janjalni ming karra afzal bilgan bo‘lardim.
Lekin bu safar ham nohaq chiqdim. Hozir buni eslar ekanman, o‘zimni baxtiyor his
etyapman. Xuddi hayotingiz sizga beruxsat yoki o‘zingizning bexabarligingiz sabab
berilgani kabi, baxtsizlik ham shunday, hech kutilmaganda qarshingizdan chiqib turadi.
Shunda o‘sib ketgan soqolingiz jangarilar harbiy forma o‘rniga bergan o‘quv kiyimiga
ishqalanishiga, islanib ketgan to‘zg‘in sochlaringizga, umuman, hech narsaga e'tibor
bermay davom etayotgan hayotdan minnatdor bo‘lib ketasiz...
Nega o‘tmish xotirada bu qadar iliq va shirin holda saqlanib qolarkin? Siz uni yashab
o‘tgansiz, lekin o‘sha mahal uning shirinligini mutlaqo sezgan emassiz, to‘g‘rimi? Hatto
hozir yashayotgan hayotingizning nechog‘li shirin ekanini-da sezmayapsiz. Balki
qorong‘ida yolg‘iz o‘tirganingiz, qari o‘rgimchak toshdan to‘r to‘qiyotgan, hayotingiz va
o‘zingiz o‘rtasida hech narsa mavjud bo‘lmagan ushbu daqiqalar o‘tmish-bugun-
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |