115
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi
83
Men buni hali hammasi boshlanmasidan burun Venetsiyadaligimda «Quaderni di Studi
Euroasiatici» da o‘qigandim. U kasbimning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham
hisobga olib qo‘ygandim. O'sha paytda gap nima haqda ekanini bilganimda edi! Afsus, u
payt g‘uborsiz kunlar bo‘lgan, o‘shanda men Markaziy Osiyoni tadqiq etish bo‘yicha
Yevropa Seminarida tarjimonlik qilar, shu orada bunday yig‘inlarga bajonidil qatnashib
turadigan yosh va kelishgan bir olimani axtarardim.
Biroq, shiringina ayolning o‘rniga, meni Shinjon safariga ishga taklif etgan Luk bilan
ko‘rishdim.
U global geopolitikaga yoxud mahalliy chegara muammolariga oid zerikarli ma'ruzalarni
tinglagani emas, balki Venetsiyadagi shaxsiy kutubxonalarda ma'lum va noma'lum
venetsiyalik sayyohlarning Dashtga bog‘liq qadimiy qo‘lyozmalarini o‘rganish maqsadida
kelgandi. Sharqqa oid biror ilovaga duch kelgan chog‘larda mendan tarjima qilishda
yordam so‘rardi. Bu munosabatlarimizning muqaddimasi bo‘ldi. Afsuski, o‘sha
ilovalarning mazmunini aniq-tiniq eslolmayman, chunki ularning ko‘pchiligida Mo‘g‘ul
xonlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan va ularning sayyoh ruhoniylarini va aksincha,
ruhoniy sayyohlarini xafa qildirib qo‘ymasliklari to‘g‘risidagi va'dalari bitilgandi. Biroq
ulardan biri miyamga qattiq o‘rnashib qolgan va endilikda buning ma'nisini tushunib
yetgandayman.
Bu qadimgi uyg‘ur tilidagi bir maktub bo‘lib, sahifaning to‘rtdan birida egri harflar
yuqoridan pastga qarab tizilgan, go‘yoki harflar osmondan yerga uchib tushayotganga
o‘xshardi. 13-asrda daraksiz ketgan, deb sanalgan venetsiyalik sayyoh bu maktubni
uyg‘ur qamoqxonasida yozgan va 18-asrning o‘rtalarida yana bir italiyalik sayyoh uni
boshqa qo‘lyozmalar bilan birga Ho‘tan bozoridan sotib olgan. Asirga tushgan sayyoh
mahalliy xalq haqida yozib qoldirgandi:
«Hayotimda birinchi bo‘lib dunyodagi barcha ma'lum dinlarga e'tiqod qiladigan xalqni
ko‘rdim. Bunda manixean va saratsinlarni, olovga sig‘inuvchilar va nestorianlarni,
buddist va lamaistlarni, shomon va iudaistlarni uchratish mumkin. Ularning bari bir xil
tilda so‘zlashadi, bir xil turmush tarziga ega, faqat e'tiqodi bo‘lak. Bunga qanday qilib
erishildi? Umuman, bu mumkinmi? Men bu hodisaning ildizlarini o‘rganishga kirishdim:
bu haddan tashqari chidamlilik, bee'tiborlilikmi yo adashgan sir-sinoatmi? Ularning
fikrlash yo‘siniga kirib borish uchun bu xalqning tilini o‘rgana boshladim va tez orada
uning so‘z o‘zagiga o‘xshagan bir necha asosiy elementlardan iboratligi va bir qancha
funktsional qo‘shimchalar yordamida birgina asosiy elementdan ko‘plab turli ma'nolarni
yasab olish mumkinligini aniqladim. Bu mantiq va tartib meni qo‘rqitib yubordi. U
Dashtdagi yagona qora dog‘dan kattalashib-kattalashib paydo bo‘lgan minglab kishilar
o‘rdasiga o‘xshardi. Bu sizga otilayotgan sonsiz o‘q-yoylar demakdir. Bu Dashtning o‘zi
kabi milliard qum zarralarining bu dunyoning ishonchsiz bog‘lariga tomon surilishiga
o‘xshardi... Go‘yoki osmon jangchilari boshimizga yog‘ilib tushayotganday.
Men buni bir lahzalik sirli tushday ko‘rdim va shu sovuq zindonda nega hayotim yakun
topganini yaxshi bilardim. Garchi bu xalq orasida o‘ttiz yildan ortiq umr kechirgan esam-
da, bundan ortiq hech narsa deyolmayman. Bir narsani aniq bilaman: bu ancha avval
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |