www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
so‘ngra Venetsiyaning o‘ziga. Yaltiroq kam, ko‘proq haqqoniyat: devorlarning to‘kilib
tushayotgan ohaklari, sho‘rxok va zax yerlaru tor yo‘laklar va million-million turistlar
ichida inson zoti o‘zini ham yo‘qotib qo‘yadigan boshi berk ko‘chalar... Yolg‘izligingiz
Qirol Saroyida ham sizni tark etmaydi. Galereyaning chap qanotiga o‘ting yoki
xohlasangiz, o‘ng tomoniga - o‘zingizni qamoqxonaning biror xonasiga yashiring...
Hozir Tog‘li Badaxshondagi telba qariyaning tosh qafasida shunday hisga berildim. U goh
ichkariga kiradi, goh tashqariga chiqadi, Li qarshimda mixlangan, lekin men o‘zimni
yanada yolg‘iz sezmoqdamanki... Tasavvur va haqqoniylik bilan bo‘lgan o‘yinlarim o‘z
hosilini berdi: Men o‘zimdan ham farqli edim, hech kim haqiqatda kim ekanimni
bilmasdi. Li meni josus, deya shubhalanadi, qariya bosqinchi deb, o‘zim esa, bir qurbon,
deya sanayman o‘zni. Xo‘sh, kim haqu kim nohaq?
Umrimning ko‘p qismini tarjimonlik qilib behuda o‘tkazdim: ikki tentaklik o‘rtasidagi
ko‘prik bo‘lganing va ularga o‘zingni kupaytirganing zamon bundan-da bo‘shroq kasb
bo‘lishi mumkinmi? Bir bo‘shliqdan ikkinchi vakuumga quyilasan, hech narsa haqqi
o‘zingning barcha sifating va mavjudligingni unutasan. Zamonaviy deya ataluvchi
hayotning deyarli barcha tomonlarini ko‘rdim. Ularning bari menga talabgor edi:
sartaroshlar og‘zaki tasavvurlarini o‘z qo‘g‘irchoqlariga ifodalab berishimni so‘rashdi, tish
do‘xtirlari tishdagi murakkabliklarni bechora mijozlariga tushuntirib berishim uchun taklif
qilishdi; kema izidan tushgan dengizchilarga, o‘zlarini birinchi duch kelgan chuqurga
ko‘mishga tayyor shoirlarga, besoqolbozlar bilan gaplashgan kommunistlarga, narkotik
bilan shug‘ullanuvchilarga, opera qo‘shiqchilariga, bir gal hatto birinchi televidenie orqali
ginekologga, rohiba va kosmonavtga va yana allakimlarga tilmochlik qildim. Amakim
aytganiday: «Bu mamlakatdagi eng mashhur qizlar bilan birga bo‘ldim, lekin ularning
birortasi bitta sichqon bo‘lsin tug‘ib bermadi.» Men ham shunday...
Berke tilmoch So‘g‘dning Manixean Shahzodasi bilan shuncha ko‘p vaqt birga yashadiki,
natijada uning barcha urf va odatlarini qabul qildi. Endilikda u kunni Yorug‘lik Xudosiga
ibodat qilish bilan boshlaydi, so‘ng Buyuk Xabarchining Muqaddas Kitobini o‘qiydi, keyin
peshonasidan chiqadigan ichki bir nur ichra tafakkurga cho‘madi, undan keyin kunduzgi
ibodatga o‘tiradi, so‘ng...
Ularga hech kim halaqit bermaydi, chunki ular barcha Manixean kitoblarini tarjima
qilishgan va endilikda bu ish nihoyasiga yetib, uni Hukmdorga uzatilgach, Berke tilmoch
tarjima jarayonida tashlab ketgan ba'zi tushunmovchiliklarning asl ma'nosini anglay
boshlaydi, lekin ularni to‘g‘rilashning imkoni yo‘q. Haqiqatda hech kim uni ochib
berolmagan, chunki matnni o‘qish boshqa, uni hayotga tadbiq etish boshqa bir ishdir.
U hozir So‘g‘d Shahzodasiga o‘xshab qolgan: juftliklar hayotlarining so‘nggida bir xil
bo‘lib qolishadi - umumiy ish, umumiy ehtiyoj, umumiy farzandlar ularni bir xil qilib
qo‘yadi. U nurga to‘lgan ko‘yi o‘zining Berke tilmochligini ham unutib qo‘yadi ba'zan,
o‘zini ibtidoiy odamlar orasidagi notanish Shahzoda kabi ko‘radi. Faqat Hukmdori - Dono
Tongyuquq bu tuyg‘ularni qo‘llab quvvatlab, unga zavq bag‘ishlaydi... «Hamma narsa
Tangrining irodasi bilan bo‘ladi», deydi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |