www.ziyouz.com
kutubxonasi
81
bo‘lsin, lekin bu juda og‘ir bir hol edi. Harqalay bu ishlardan oyog‘imni uzganimdan
xursandman...
113
Men Afg‘onistondagi mashhur tolibonlar ham bechora Irma bilan solishtirganda, ob'ektiv
va erkin o‘ylaydigan kishilar bo‘lganini esladim.
Oxirgi gap Lini qiziqtirib qo‘ydi. Irma haqidagi hikoyamning ma'nisini so‘ramadi, garchi
men uni xulosa o‘rnida aytgandim, u faqat mening bunchalik g‘azabnok ekanimni
bilmaganini aytib, tolibonlar to‘g‘risida gapirib berishimni qattiq talab qildi.
Ba'zan nega ikki yildan beri shular bilan sizning ustingizga bomba yog‘dirib yurganimdan
taajjubga tushaman. Davom ettirishga nima to‘sqinlik qiladi? Bu yolg‘izlikni chetlab
o‘tishning yagona yo‘limi yoki o‘lim qo‘rquvi bilan shug‘ullanishmi? Bilasiz: men ham siz
kabi ma'nisiz hayotni yashab o‘tdim, lekin endi uning ma'nisizligi qaysidir bir kun
keladigan o‘limning mumkinligi bilan ko‘paytirildi. Yo‘q, unday emas, aniqrog‘i, o‘limning
har kun kelishi mumkinligi uning har doim biz bilan va bizning atrofimizda ekanida, lekin
men boshqacha vaziyatdaman, chunki men Xudoning emas, balki odamlarning
qo‘lidaman. O'zimni jangarilar qo‘lida deb hisoblayman. Xo‘rozlardan qo‘rqqan telba
haqidagi hazilni bilasizmi? Xo‘rozlar go‘yoki telbani donga o‘xshatib, uni
qo‘rqitayotganga o‘xshaydi. Fizioterapevt uni davolab, don emasligiga ishontiradi va
kasalxonadan chiqarib yuboradi. Besh daqiqadan keyin u qo‘rquv ichra orqasiga qaytib
keladi va «Huv anavi yerda bir xo‘roz bor ekan, u meni cho‘qib yeb qo‘yishi mumkin».
«Lekin sen don emassan-ku, shundaymi?» - «To‘g‘ri, lekin xo‘roz buni qayoqdan bilsin?»
Men ham shunaqa: jangarilarga tegishli va ularning yaxshi-yomon xohish-istagiga
bog‘liq edim. Qo‘qqisdan keladigan va qattiq o‘lim tuyg‘usining nechog‘li qo‘rqinchli
ekanini yaxshi bilardim. Men o‘lishni istamayman, chunki kimdir taqdirimni hal qilib
qo‘ydi va har zamon O'lim Farishtasi meni dunyodagi nima bilandir chalg‘itib turarkan,
g‘azablanganim va vaysaqi bo‘lganim joyda yana mo‘ralab turadi, lekin o‘sha chidab
bo‘lmas qo‘rquv...
114
Ba'zan o‘limdan qo‘rqib yurishdan charchab ketaman va nega bunchalik cho‘zilmasa,
deya o‘ylayman. Mard bo‘lsang kel va bu g‘amlarni ko‘tar...
Lekin Venetsiyaga o‘xshagan joylar bor ekan, nega odamlar o‘ladi? Ko‘chalar o‘rnida
dengiz mavj urib oqadigan shahar, shunday shaharki, san'at degan tushuncha ma'nisiz,
chunki undagi hamma narsa san'at, zamonaviylikni quvib o‘tgan shahar, chunki u
mangu... Men uchun hamma narsa qayta boshlangan shahardir bu.
Hayotda tasavvur va haqqoniylik mavjud. Men ularning o‘rtasida bo‘lmoq istayman.
Haqqoniylik hech qachon tasavvurga teng bo‘lolmaydi, avval istalgan markaga qarang,
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |