7- sinf mart oyi uchun ichki nazorat ishi
1. U tug’ilganda na otasi, na onasi quvondi… Ushbu fikrlar qaysi qahramonga tegoshli?
A. “Mehrobdan chayon”da Anvarga B. “Mehrobdan chayon”da Anvarning do’stiga
C. “ Oq kema” da bolaga D. “Oq kema” da Bekeyga
2. Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi .
A) mustaqil so’zlar B) yordamchi so’zlar C) undov va taqlid so’zlar D) modal so’zlar
3.Alisher Navoiyning aruzga doir asari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Mezon ul-avzon ” B.“Majolis un-nafois” C.“Sab’at-u abhur” D.“Muhokamat ul lug‘atayn”
4.Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitilmadi. Ushbu gapda yordamchi so’zlardan qaysi biri mavjud?
A) bog’lovchi B) ko’makchi C) yuklama D) yordamchi so’zlarning hech biri mavjud emas
5.Sof ko’makchilar va vazifadosh ko’makchilar qaysi qatorda to’g’ri ajratilgan?
1.sari 2.haqida 3.ost 4.bo’ylab 5.avval 6.qadar
A) 1- sof ko’makchi ; 2, 3, 4, 5, 6 – vazifadosh ko’makchi
B) 1, 2, 6, - sof ko’makchi ; 3, 4, 5- vazifadosh ko’makchi
C) 1, 2 - sof ko’makchi ; 3, 4, 5, 6 – vazifadosh ko’makchi
D) 1, 4 - sof ko’makchi ; 2, 3, 5, 6, -vazifadosh ko’makchi
6.Uvaysiyning qaysi g‘azalida farzandidan judo onaning iztiroblari,sog‘inchi aks etadi ?
A.“Uvaysiyman ” B.“Sog‘indim” C.“Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi ” D.“Anor”
7. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.
Ushbu misralarda yordamchi so’zlarning qaysi biri qo’llangan?
A) ko’makchi B) bog’lovchi C) yuklama D) yordamchi so’zlar qo’llanmagan
8. Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud?
A) maqsad B) sabab C) fikr mavzusi D) chegara
9.Majoziy chiston nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Anor ” B.“Kun va tun ” C.“Yong‘oq” D.“Quyosh”
10.Zavqiyning qaysi she’rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon,orzu va istaklari aks etgan ?
A.“Hajvi ahli rasta ” B.“Ajab ermas” C.“Zamona kimniki ” D.“Bo‘l”
11. Inkor yuklamasi qatnashgan gapni toing.
A) Axir, dalalarda ish boshlandi. B) Dalalarda ish boshlandi-da.
C) Na qo’shiq, na kulgi , na churq etgan ovoz eshitilmadi.
D) Sekin unga yaqin bordim : bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon !
12.Kimning otasi“ Ozodiy” taxallusi bilan qo‘shiq va g‘azallar yozgan ?
A.Zavqiy B.Muqimiy C.Maxtumquli D.Abay
13. Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni aniqlang.
A) sayin, bilan B) uchun, sari C) kabi, qadar D) qosh, ko’ra
14 . Sof ko’makchilar berilgan qatorni belgilang.
A) deya, deb B) atab, ro’para C) uzra, tufayli D) qarab, yon
15.Abdulla Qodiriy qachon “sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘sizlantirdi ”degan ayb bilan qamoqqa hukm qilinadi ?
A.1928 B.1931 C.1926 D.1924
16.Mehrobdan chayon asari qahramoni Anvar necha yoshida uchinchi oilasini ko‘rgan edi ?
A.12 B.11 C.14 D.15
17.Birinchi o‘zbek-dilogiyasining muallifi kim ?
A.Abdulla Qodiriy B.Cho‘lpon C.Zavqiy D.Abdulla Qahhor
18.Alisher Navoiy asarlarida qaysi shaharni “firdavsmonand” deb ta’rif etadi ?
A.Hirot B.Andijon C.Samarqand D.Xuroson
19. Cho’lponning ilk she’ri qaysi?
A. “Do’xtir Muhammadyor” B. “Qurboni jaholat” C. “Turkistonlik qarindoshlarimizga” D.“Soz”
20. Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud? 1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr
mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5
21. Qaysi gapda maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchi qatnashgan?
A) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin.
B) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay mutolaaga berildi.
C) Kitob ustida uzoq ishladi.
D) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi.
22.Sof bog’lovchilar berilgan qatorni aniqlang.
A) va, ammo, biroq B) lekin, na-na C) –da, va, balki D) basharti, negaki, -u(-yu)
23.Inkor bog’lovchisi qatnashgan gapni toping.
A) Goh quyosh to’kadi nur, goh yog’ib o’tadi yomg’ir.
B) Ishqilib, yo ilmli, yo hunarli bo’lish payida bo’linglar.
C) Na sen nazar qilding hammaga bir bor, Na men ayta bildim senga biror so’z D) Balki ko’ngling menga moyil emasdir, Ammo gul keltirdim ataylab senga.
24. Odamlar goh koyib, goh tutdi yoqa,
O’g’lim yo’q deb yana o’kinma ona.
Ushbu baytda . . .
A) inkor bog’lovchilari mavjud B) ergashtiruvchi bog’lovchilar mavjud
C) takror bog’lovchilar mavjud D) kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari mavjud
25.Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini.
B) Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati, shukuhi o’zgacha.
C) Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi.
D) Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, Allo taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |