www.ziyouz.com kutubxonasi
46
chiroyli bir to‘ppisi bor edi. Dovruqqa bir borganimda shu to‘ppini amakivachcham
Aminjonning boshida ko‘rib qoldim. Zimdan surishtirsam, bola bechora urgimchak uyaga
tushib qolibdi: Umri «men seni qizligimda yaxshi kurib qolganman, qaramaganingdan
keyin senga o‘chakishib erga tekkan edim, hozir erimdan chiqqanman», debdi. Aminjon,
o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli bo‘dganligi uchun kolxozga rais qilingan,
uning kolxozi Dovruqda birinchi edi. Men unga Umri to‘g‘risida bilganlarimni zytdim,
so‘zimning oxirida «o‘z eriga vafo qilmagan xotindan vafo kutma» dedim. Shundan keyin
u ancha vaqg Umri bilan ko‘risholmadi, chunki yig‘im-terimni olganidan keyin Farhodga
ketib, qishi bilan o‘sha yerda qolib ketdi. Orada o‘tgan bu gapni Umriga bildirmay
yurdimu, bir kuni qiyshanglab kirganida jo‘rttaga «Umrixon, to‘y qachon?» deb so‘radim.
Umri bir oqardi, bir qizardiyu meni quchoqlab yig‘ladi. «Xo‘p, ishondim, Aminjonni yaxshi
ko‘rar ekansan, eringga nima javob qilasan?» desam, «bir yarim oydan beri xat
kelmaydi, baribir yaxshi ko‘rmas edim» dedi. «Eringdan bir yarim oydan beri xat
kelmasa ham, har qalay, o‘lganligi ma’lum emas, el-yurtga nima deysan?» dedim. Umri
mening bu gaplarimni o‘zaro maslahat deb tushundi, shekilli, yugurib uyidan bir qog‘oz
olib chiqdi. Bu qog‘oz birovning nomiga yozilgan qoraxat ekan. «Ha?» desam, «Shuni
o‘chirib o‘zimning nomimni yozsammikin?» dedi.
Asqar ota to‘satdan otning boshini tortdi, tizginini tashlab, ikkala qo‘lini ko‘tardi.
-
Ilohi omin! - dedi. Hamma to‘xtab unga qaradi. Uning ko‘zlaridan oppoq soqoliga
qatra-qatra yosh tomar edi. - Ilohi omin! Shu ayolning ko‘zi oqib tushsinu, G’afforjon
sog‘-salomat kelib, uni ko‘cha-ko‘yda yetaklab yursin. Xudoyo xudovando, shu yoshga
kirib dargohingdan hech narsa suragan emas edim...
Gapirgani hech kimda majol yo‘q edi. Otlar uz-uzidan asta-sekin yurib ketdi.
-
Xo‘sh, undan keyin nima bo‘ldi? - dedi Asqar ota tizginni qo‘liga olib.
Risolat «gapiraymi, yo‘qmi» deganday hammaga bir-bir nazar tashladi, hech kimdan
sado chiqmagandan so‘ng davom etdi.
-
Mening, albatta, Aminjon Umrini oliglligiga sira ko‘zim yetmas edi. Shunday bo‘lsa
ham bo‘ydoqning aqli ikki ko‘zida bo‘ladi, deb Umrining chin basharasini unga
ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Bu yosh yigit, dunyoda muhabbatni har qanday qulfga
tushadigan kalitga aylantirib olgan xotinlar ham borligini bilib qo‘ysin, dedim. «Qoraxat
to‘g‘risida o‘zi bilan maslahat qilgin, ering borligini yashirganing bilan Aminjon bilar
ekan», dedim. Umri uning Farhoddan kelishini sabrsizlik bilan kutib yurdi, kelganini
eshitgan kuniyoq, o‘ziga oro berib, yo‘lga tushdi-yu ikki kundan keyin lunjini bog‘lab
keldi; gap so‘rasam, tishim og‘rib qoldi, u-bu deb mujmal javob berdi. Gapning
mujmalligidan «ora ochiq bo‘libdi-da» deb qo‘ya qoldim. Orada nima gap o‘tganligini
Aminjon ham aytmadi. Buni bir necha kundan keyin uning qalin o‘rtog‘idan eshitdim.
Uning aytishiga qaraganda, Umri haligi qoraxatni ko‘rsatib, menga aytgan gapini
gapirgan ekan, Aminjon: «Xo‘p, eringni o‘ldiga chiqarasan, uning yoru do‘stlari yig‘iladi,
gap-so‘z bo‘ladi, shunda bir chekkada yolg‘ondan yig‘lab o‘tirish qo‘lingdan keladimi?»
deb so‘rabdi. Umri hech pinagini buzmay «Keladi!» debdi. Aminjon bu gapni o‘rtog‘iga
juda kuyib-pishib, so‘kinib gapiribdi, lekin Umriga nima deganini aytmabdi. Lunjiga
tushirgan bo‘lsa kerak. Har qalay, shundan keyin Umri meni ko‘rganida ko‘chaning u
yuziga o‘tib ketadigan bo‘lib qoldi. Shunaqa qilib oradan olti oycha o‘tgandan keyin
qishlog‘imizning boshiga musibat tushdi. Bir kuni ko‘chada ketayotsam, Umri bir bosh
uzum ko‘tarib kelyapti; meni uzoqdan ko‘rib chaqirdi, «Mana buni qarang, mana buni
ko‘ring!» deb bir qog‘ozni ko‘rsatdi. Qarasam, G’afforjon nobud bo‘lganligi to‘g‘risida
uning nomiga kelgan qoraxat. Bunga ishonishimni ham bilmay, ishonmasligimni ham
bilmay: «Qalbaki emasmi, o‘zing qilganing yo‘qmi?» deb so‘radim. Qalbaki emasligiga
Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |