www.ziyouz.com kutubxonasi
44
xat yozsang ko‘ngli shamollab qolmaydimi!» dedilar, xatimni yirtib tashladilar. Jahlimdan
tushganimdan keyin bunday tanamga o‘ylab qarasam, bechora o‘rtog‘imdan unchalik
qattiq gina qilishning hojati yo‘q ekan... «Urush deganda bizning qulog‘imizga
gumburlagan tovushlar eshitiladiyu, ko‘zimizga qon ko‘rinadi; biron qo‘rqoq miltig‘ini
tashlab qochdi degan xabarni eshitsak, «xoin» deymiz qo‘yamiz, lekin u xoinni jang
maydonida yarador bo‘lib yotgan yoki olg‘a intilib, shu paytda sherigining yordamiga
muhtoj bo‘lgan jangchining ko‘zi bilan ko‘rolmaymiz.
Xuddi shunga o‘xshagan «qishloq» degan vaqtda o‘rtog‘im urushga ketmasidan burungi
qishloqni ko‘z oldiga keltiradi; erga xiyonat qilishni «ko‘ngil xushligi» deb, buzuqlikka
qadam qo‘yish deb biladi, lekin jang maydonida ming bir ajalga chap berib olg‘a
borayotgan erining yuziga oyoq qo‘yib «ko‘ngil xushligi» qiladigan makiyonni bizning
ko‘zimiz bilan, yurt qayg‘usida hamma narsani unutgan, azob chekayotgan og‘ir va juda
og‘ir mehnatda tasalli topayotgan kishilarning ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi. Ko‘ra olmaydi!»
Sobiraxon «ko‘ra olmaydi» degan so‘zni pisanda qilib emas, afsuslanib aytdi.
—
Sizga hali Umri to‘g‘risida gapirishdi, — dedi Sobiraxon so‘zida davom etib, - yo‘q,
uning to‘g‘risida hech kim gapirmadi, gapirgisi kelmadi. O’rni kelmaganda men ham
gapirmas edim. Men ham bu xotinning nomini yana bir kishi eshitishini xohlamas edim.
Erim bunaqa xotinlarni bizning ko‘zimiz bilan, hech bo‘lmasa ana u Bahrining ko‘zi bilan
ko‘ra olganda, menga bu xilda xatlar yozmas edi.
Asqar otaning kutganiga qarshi Sobiraxon so‘zida davom etmadi, aftidan, u xotin haqida
endi gapirmoqchi emas edi. U nima to‘g‘ridadir o‘ylar, ixtiyorsiz bo‘lsa kerak, allaqanday
hazin kuyni burni bilan kuylab borar edi. Asqar ota o‘ng tomonda borayotgan
Qumrinisoga qaradi. Qumriniso bu qarashga o‘zicha ma’no berib qizarganday bo‘ldi va
jilmayib:
—
Ishi yo‘q it sug‘oradi, otajon, — dedi.
Uning xijolat tortganday bo‘lishidan Asqar ota Umrining bu xotinga biron yaqinligi bor
gumon qilib:
—
Umri sizning nimangiz bo‘ladi? — deb so‘radi.
Kumriniso yalt etib Asqar otaga qaradi, bir nima demoqchi bo‘lib ikki-uch og‘iz
rostlaganidan keyin:
—
Mening hech nimam bo‘lmaydi, Risolatdan so‘rang, — dedi.
Bular gap bilan bo‘lib, xiyla orqada qolib ketishdi.
Risolat bilan Bahri esa allaqachon yulg‘unzordan o‘tib, yo‘l bo‘yidagi ko‘chma qumtepada
tevarak-atrofni tomosha qilib, kutib turishar edi. Yulg‘unzordan o‘tilgandan so‘ng
Sobiraxon ot qo‘yganicha qumtepaga chiqib ketdi. Buning ketidan Asqar ota bilan
Qumriniso ham chiqdi. Bu yerdan uzoq adir etagida yarqirab turgan daryo ko‘rinar,
qaerdandir o‘rdaklarning g‘ag‘illashi eshitilar edi. Hamma jim, tevarak-atrofdagi
manzaraning gashti bilan mast edi.
Bular qumtepadan tushib, talay yo‘l yurguncha ham jim borishdi. Nihoyat, Asqar ota
hech kim gapirmagani, o‘zi ham boshqa gap topolmagani uchun:
—
Qizim, Risolatxon, Umri sizga nima bo‘ladi? – deb so‘radi.
Risolat avval Qumrinisoga, keyin Sobiraxonga qara-di, ikkovining ham yuzida tabassum
ko‘rib:
— Menga-ku hech narsa bo‘lmaydi, bir o‘zi ham Sobiraxonga, ham Qumriniso
opamga kundosh bo‘lmoqchi deb eshitganman, — dedi.
Askiya ketdi. Bu askiya shundoq ediki, bular go‘yo yo‘lda tushib yotgan bir parcha
jirkanch lattani cho‘pga ilib, «ma, ro‘molchang» deb bir-biriga otayotir.
Kula-kula hammaning darmoni qurigach, Risolat kulgi yoshlarini artib dedi:
Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |