www.ziyouz.com kutubxonasi
43
—
Qishlog‘imizda Umri, Umriniso degan bir xotin bor edi, shuni aytayotibdi, — dedi.
Asqar ota bu javobga qanoat qilmay:
—
Kim o‘zi u, qanaqa xotin? — dedi.
Uning savoliga oqsoqol ham va boshqa hech kim ham javob bermadi. Og‘ir jimlik
cho‘kdi. Shunday jimlik cho‘kdiki, bu xildagi jimlik aytgani til bormaydigan, eslashni
ko‘ngil ko‘tarmaydigan biron dahshatli fojiaga uchrab halok bo‘lgan kishining nomi
bexosdan tilga olingan vaqtda bo‘ladi. Jimlik uzoq davom etdi. Buning sirini anglay
olmagan Asqar ota yana so‘z qotgani istihola qildi.
Sobiraxon qo‘ynidan bir dasta qog‘oz chiqarib oqsoqolga berdi va sekin:
-
Bo‘taboy aka rayonga ketgan ekanlar, shuni berib qo‘yasiz, — dedi. — Biz otam
bilan daryo bo‘yiga bormoqchimiz.
Bu kishi Ma’rifatxon opaning qabrini ziyorat qilmoqchi ekanlar, birga borib kelaylik,
dedilar. Qaytishda tusholmasmiz...
Ma’rifatxon nomi aytilishi bilan suhbatga yana jon kirdi. Ayollardan ikki kishi bular bilan
birga boradigan bo‘ldi. Bulardan biri qishloq maktabining qorovuli va farroshi —
Qumriniso degan nimjongina bir xotin, ikkin-chisi - frontcha ishlaydigan yoshlar
brigadasiga yaqinda brigadir bo‘lgan yigirma besh yoshlardagi Risolat degan norg‘ul bir
juvon edi. Risolatning eri askarlikka 1942 yilning bahorida ketgan va o‘shandan beri goh
Leninoboddan, goh Olmaotadan xat yozar ekan.
Jo‘nagani otlanayotgan oqsoqol:
—
Sobiraxon, Bahrini ham olib boringlar, o‘ynab kelsin, - dedi.
Bahri borgisi kelsa ham, nimaningdir andishasini qilib turgan ekan shekilli, bu gapni
eshitib go‘yo qanot chiqardi. U, hammadan burun otlanib, yo‘lga chiqib turdi.
Jo‘nashdi.
Bahri xiyla oldinda Risolat bilan birga borar va otning qadam tashlashi maqomiga ashula
aytar edi.
Asqar ota Sobiraxon bilan Qumrinisodan ham keyinda, otni o‘z mayliga qo‘yib, xayol
surib borar edi.
Odamlar shundayki, bor narsa asta-sekin yo‘qolsa ham payqaydi, lekin yo‘q narsa asta-
sekin paydo bo‘lsa payqamaydi. Asqar ota o‘ylab qarasa, xotinlar suhbatida sira
bo‘lmagan ekan va bugungi suhbat ko‘zini ochib yuboribdi: ko‘zini ochib qarasa, o‘z
qishlog‘ida, bo‘lak joylarda ko‘rgani, bilgani xotinlarning nimadan iborat ekanliklariga
yaxshi razm solmagan va ularning kamolotini payqamagan ekan. Endilikda «munglug‘»,
«mushtipar» singari so‘zlar qovushmay qol-gan, bu xotinlardan hech biri qilayotgan
ishiga, kasbi-koriga sababi tirikchilik deb qaramaydi. Bularda qandaydir bir ichki dard
bor. Shunday ichki dard, kundalik tirikchilik-dan yuksakroq bir sabab bo‘lmasa hech
qanday qonun, hech qanday shaxsiy manfaat bularni bu xilda ishlashga majbur
qilolmaydi.
Sobiraxon otining boshini tortib:
—
Ota, juda xayol surib qoldingiz? — dedi.
Asqar ota unga yetib oldi.
—
Yo‘q, qizim, xayol surayotganim yo‘q... hali gapimiz chala qoldi. Eringizning o‘sha
xatiga javob qaytardingizmi, yo‘qmi?
Sobiraxon miyig‘ida kulib:
— Shunaqa, — dedi, — «betingizni yuvmasdan uxlab yotgan bolaning betidan
o‘pdingiz» debdilar. Bu gap jon-jonimdan o‘tib ketdi. Yig‘ladim. O’tirib xat yozdim. Bu
bilan ham alamdan chiqmay, xatni ko‘tarib Komila xolamning oldilariga arzga bordim.
Hamma gapni aytdim, yozgan javobimni o‘qib berdim. U kishi o‘rtog‘imning xatini eshitib
kuldilar, mening javobimni eshitib koyidilar, «Issiq-issiq xatlar yozib yurib, birdan sovuq
Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |