www.ziyouz.com kutubxonasi
39
XOTINLAR
Asqar ota inqilob uchun qurol ko‘targan o‘zbek ayollari-dan Ma’rifatxon voqeasini
eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. Qish kunlarining birida
qulay payt keldi: bir necha ovchi o‘sha tomonga — daryo bo‘yiga ovga chiqadigan bo‘lib
qoddi. Asqar ota shularga qo‘shildi.
Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi. Asqar ota
ko‘ziga yuvoshroq ko‘ringan bir otni sinamoqchi bo‘lib mingan edi, ot anhorga intildi.
Shu onda mayin bir tovush:
—
Otajon, sug‘ormang! — dedi.
Asqar ota otning boshini tortib, orqaga qaradi. Paxtalik nimcha, qo‘pol ag‘darma etik
kiygan yoshgina bir juvon turar edi.
—
Yo‘q, qizim, sug‘ormoqchi emasman. Bu otlarning ichida yuvoshrog‘i qaysi?
—
Yuvoshrog‘imi? Mening otimni mina qoling.
— O’zing-chi?
— Menga
baribir.
Bu gap Asqar otaga, umrida bir marta ot minib, o‘zini zo‘r chavandoz hisoblagan yosh
bolaning qo‘rsligiday tuyuldi.
Qushga ketgan kishi qushni olib keldi. Ovchilar otlanishdi. Asqar ota juvonning otini
mintani ikkilanib turgan edi, o‘zi jilovidan ushlab:
—
Mining, ota! — dedi.
Asqar ota noiloj mindi. Juvon saroyga kirib ko‘k toy minib chiqdi. Toy uning ostida
gijinglar, o‘zini u yoqdan-bu yoqqa tashlar edi. Buni ko‘rib Asqar otaning kayfi uchib
ketdi.
—
Qizim, bo‘lak ot yo‘q ekanmi?
— Nima
edi?
—
Bu oting... ovga yaramaydi.
—
Men ovga bormayman, otajon, ikkinchi MTS ga ketyapman. Juvon toyni bemalol
yengib ketayotgan bo‘lsa ham qishloqdan chiqquncha Asqar ota juda toliqib ketdi,
chunki toy har o‘ynoklaganda entikib nafasi ichiga tushib ketar edi. Juvon buni payqab
borayotgan ekan:
—
Xavotir bo‘lmang, ota, yikilsam yer ko‘taradi, - deb kuddi.
— Xavotir bo‘lmayman, qizim, lekin bu oting gaplashib ketgani qo‘ymayapti-da.
Alishtirib olsang gaplashib, chaqchaqlashib ketar edik.
Ovchilar xiyla ilgarilab ketdi. Juvon tizginni sal bo‘shatgan edi, shunga mahtal bo‘lib
turgan toy birdaniga ko‘tarib ketdi. Asqar ota avval qo‘rqdi, keyin juvonning ot
chopishini ko‘rib shunchalik zavqi keldiki, otiga ustma-ust qamchi bosganini o‘zi ham
bilmay qoldi. Juvon saman ot minib uni kutib turar edi.
—
Otga juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-e... Kolxozda nima ish qilasan?
—
MTS da traktorchiman.
Asqar ota uni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi. Jo‘nashdi. Ikkala ot bir qiyomda, baravar
qadam tashlab borar edi.
—
Otga ham ishing tushib turadimi?
—
Hozir uncha ishim tushmaydi.
—
Ilgari ishing tusharmidi? Kuyoving nima ish qiladi?
—
U kishi ham traktorchi edilar. Hozir frontda.
— Qachon
ketgan?
—
Urush boshlangan kunlari.
— Farzand
bormi?
Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |