Microsoft Word dahshat ziyouz com doc



Download 307,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana16.06.2021
Hajmi307,24 Kb.
#67498
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
dahshat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

so‘z. Hojidan nima deb o‘pkalaydi? «Shuncha yil sening zavodingda ishlab qornim ham 



to‘ymadi, ochdan ham o‘lmadim; sen meni ot qatori ko‘rar eding; toypaxtalar ostida 

qolib qovurg‘am singanda kasalimni mahalla boqqan» deb o‘pkalaydimi? Hoji shunday 

qilmasligi ke-rak emishmi? Zavod egasi-ya? Lekin Hoji o‘sha vaqtda shunday qilmasam 

bo‘lar ekan, deb hozir aytishi mumkin va aytadi ham, chunki shu gap bilan birovning 

ko‘nglini yumshatib bir piyola choyini ichadi. 

Orziqul Hojini koridorning oxiridagi eshikka — o‘zining bo‘lmasiga boshladi. Bu bo‘lmada 

balkonga chiqiladigan eshikning tutqichiga ilingan allaqanday bir xaltadan bo‘lak hamma 

narsa Hojining ko‘ziga qalbaki ko‘rindi shekilli, butun jihozlarni alohida-alohida ko‘zdan 

kechirdi, hatto devorlarni chertib ko‘rdi. 

Orziqulning kelini Tojixon kirdi. U, mehmon bilan ko‘rishib, narigi uyga taklif qiddi. 

Orziqul Hojini oshxo-naga boshlab chiqdi. Oshxonada Murod xarita ko‘rib o‘tirar edi. 

— 

Keldingmi, o‘g‘lim, — dedi Orziqul, — mana Hoji bobong ham keldilar. 



Murod darrov turib Hoji bilan so‘rashdi va nazokat bilan unga joy ko‘rsatdi. 

— 

Keling, Hoji bobo. Ko‘rinmaysiz, kelmaysiz... 



—  Barakallo, o‘glim, barakallo,— dedi Hoji kursiga ehtiyot bilan o‘tirayotib. — 

Umringiz uzoq bo‘lsin. Ko‘pdan-ko‘p xursand bo‘ldim... O’g‘il degan shundoq bo‘lsin, 

otasini rozi qilsin. Ko‘p xursand bo‘ddim. Xo‘p... Bu gilam... bu gilam-ni necha pulga 

oldingiz? 

— 

Esimda yo‘q. Ancha bo‘ldi olganimizga. 



— 

O’tgan hafta bozorga bir gilam chiqdi, gilammisan gilam edi-da. Bir ming uch 

yuzga savdo qilib, Qodiralining o‘g‘liga olib berdim. Gilam tanigan odam ikki mingga 

indamasdan oladi. Shunaqa narsalar kerak bo‘lsa menga aytib qo‘ying. Xo‘sh... yashang, 

o‘g‘lim, kam bo‘lmang. Endi Orziqul oyog‘ini uzatib, bahazur yota bersa ham bo‘lar ekan. 

Biz burun zamonda shuncha davlat bilan ham bu xilda orzu-havas ko‘rgan emasmiz. 

Endi ishlamassiz-a, Orziqul? 

—  Nega ishlamas ekanman, qirqto‘rtinchi maktabda qorovullik qilaman. Men 

ishlamasdan turolmayman... o‘rganmaganman... 

— 

Ana shu chakki-da, Orziqul, ana shu chakki! Noshukurchilik... 



— 

Noshukurchilik bo‘lsa ham o‘rganmaganman. 

Murod kuldi: 

—  Ko‘rdingizmi, o‘rganmaganlar! Bu kishini ishlash huquqidan mahrum qilishga 

haddim sig‘maydi. 

Tojixon ovqat keltirib qo‘ydi. Ovqat vaqtida Hoji hech kimga so‘z navbati bermay, 

burungi zamonni yomonlab ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, burun zamonda, zavod egasi 

bo‘lishiga qaramay, u ham jabr ko‘rgan ekan: uezd hokimi «akangizni mingboshi 

qilaman» deb uch ming yigirma yetti so‘m pulini yeb, saylovda degrezlik Isomiddin 

degan jallobni saylagan ekan. Tojixon «piq» etib kulib yubordi va Murodga qaradi: 

— 

U qanaqa saylov? — dedi. 



— 

Men qayoqdan bilay. Dada, u qanaqa saylov?  

Orziqul anchadan keyin javob berdi: 

— 

Mingboshi saylov deb eshitar edim-ku, hech ko‘rgan emasman... Qanaqa saylov 



bo‘lar edi, mana Hojim aytdilar-ku... Obbo xotintaloq-ey, shunaqa qilgan deng, Hojim!.. 

Tojixonning kulishi, Orziqulning so‘zidagi kalaka ohangi Hojiga yoqmadi. U, kichkina 

pichoqchasi bilan suyak tozalar ekan, so‘zni boshqa, bularga xush keladigan mavzuga 

burish niyatida birdan so‘radi: 

— 

O’g‘lim, — dedi, — staxanovchilik deysizlar, buning hikmati nimada? Juda ko‘p 



narsalarni aqlim ola bermas edi, endi sekin-sekin fahmlayapman. Lekin shu 

staxanovchilik hech aqlimga sig‘maydigan ish bo‘lib chiqdi. Burungi zamonda bitta 




Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor 

 

 




Download 307,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish