Microsoft Word dahshat ziyouz com doc



Download 307,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana16.06.2021
Hajmi307,24 Kb.
#67498
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
dahshat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

34

YILLAR 



O’tdi umrim, voh darig‘...  

Qadimgi qo‘shiq 

 

Hojimirsiroj avtobusda joy talashib bolalik bir xotin bilan aytishib qoldi. Bir maktab bola 



ham kelayotgan ekan, shu oraga tushdi-yu, yomon bo‘ldi. Bu qoqvosh «shu ishingiz 

noto‘g‘ri» deyish bilan-ku, Hojining qorniga qoziq qoqqandek bo‘lgan edi, yana 

«xo‘mraymang» degani nimasi? 

Hoji birpas zaharini yutib turdi-da, bola avtobusdan tushib ketayotganida, sekin qo‘lini 

uzatib, qulog‘ini ushladi va uch buklab turib qattiq qisdi; qisdi, jonining boricha qisdi! 

Bola, «quloqdan ayrildim» deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, qo‘rqib darrov ushlab ko‘rdi — 

yo‘q, quloq joyida. U avtobusdan tushib, lovullab turgan qulog‘ini ushlaganicha Hojiga 

qaradi va bisotidagi eng og‘ir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, ya’ni «tarbiyasiz!» dedi. 

Hoji huzur qilib o‘ch olganidan, bolaning so‘kkani boshqa so‘z topolmaganidan xursand 

bo‘lib, orqasiga suyandi va atrofiga nazar tashladi; qarasa, hamma, ayniqsa shofyorning 

orqasida kitob ko‘rib o‘tirgan kishi o‘zini kulgidan zo‘rg‘a tiyib turganga o‘xshaydi. 

«Haromi, meni toza rasvo qilganga o‘xshaydi, — dedi o‘zicha.— Bu hozir kulib yuboradi, 

hozir kulmasa keyin, uyiga borib kuladi; bola-chaqasi bilan kuladi! Nega men u 

itvachchaning qulog‘ini shartta uzib qo‘liga bermadim?» 

Hojimirsiroj shoshib avtobusdan tushdi, bolaning ketidan ketdi. Bola hamon qulog‘ini 

ushlab borar edi; bir orqasiga qarab Hojini ko‘rdi-yu, jadallab muyulishdagi kattakon ikki 

qavatli binoga kirib ketdi. Hoji uni bu yerga qochib kirdi degan o‘yda eshikning oldida 

uzoq poylab o‘tirdi. Quyosh botdi hamki, bola chiqmadi. Hoji asta eshikni ochib kirdi. 

Bolani pastdan topolmay, oyog‘ining uchida yurib ikkinchi qavatga chiqaetgan edi, 

kimdir zinaning ustidagi chirog‘ini yoqib yubordi. Hoji bir cho‘chib tushdi va yuqoriga 

qaradi. Yuqorida o‘ziga ma’lum Orziqul turar edi. Hoji uni qaerdadir qorovullik qiladi deb 

eshitgan, lekin qaerda ekanini bilmas edi. 

— 

E, ha, Orziqul, — dedi, — bu yerda nima qilib yuribsiz? Shu yerdamisiz? 



— 

Ha, biz shu yerda, — dedi Orziqul, to‘nining yengini kiyib. — O’g‘limizga shu 

yerdan joy tekkan. Siz nima qilib yuribsiz? 

Hoji gangib qoldi. U, «Orziqulning o‘g‘li yaxshi yigit chiqdi, hozir bitta o‘zi o‘ttiz ikkita 

mashinaga qarar emish» deb eshitgan, lekin uning shunday joyda turishini xayoliga ham 

keltirmagan edi. 

— 

Shunaqami, — dedi Hoji boshqa so‘z topolmay, — bu joy o‘g‘lingizga tekkan ekan-



da, men o‘zingizga tekkan deb eshitgan edim... Buyursin... Shunday o‘tib ketayotgan 

edim, esimga tushib qoldingiz, bir kiray dedim, Orziqul uyida bo‘lsa, qulluq bo‘lsin qilib 

chiqay... 

—  Juda soz bo‘pti-da, Hojim! Ko‘p yaxshi qilibsiz. Qani kirsinlar... Yo‘q, yo‘q, 

kavushni ichkariga yechadilar... Zab kelibsiz-da. O’zim ham sizni bir aytib kelaman, 

birpas gapirishib o‘tiramiz deb yurgan edim. 

Orziqul bu gapni mehmonning ko‘ngliga bo‘lib aytmadi, rostdan ham Hojimirsirojning bir 

kelishiga orzumand edi. Lekin, rostini aytganda, Hojini uyiga taklif qilishdan murodi 

birpas gapirishib o‘tirish emas, unga o‘z turmushini ko‘rsatish edi. U, uy-joyini, 

maishatini ko‘rsatish bi-lan maqtanmoqchi emas, chunki qo‘lga kirgizgan narsasi o‘z 

qadr-qimmatidan yuqori bo‘lgan odam maqtanadi. U faqat haqiqatni aytmoqchi, «cho‘loq 

cho‘loqligidan, kambag‘al kam-bag‘alligidan norizo bo‘lsa, xudoning qahri keladigan» 

zamonda xokisor bo‘lgan odamlarning o‘t kechib, suv kechib olib borgan kurashlari 

natijasida turmushlari qanday o‘zgarganligini ko‘rsatmoqchi, xolos. Orziqul bu haqiqatni 

ko‘rsatish bilan ta’na qilmoqchi ham emas, chunki ta’na qilish — qattiq o‘pkalash degan 



Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor 

 

 




Download 307,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish