www.ziyouz.com kutubxonasi
45
—
Toza hayron bo‘larsiz-a, otaxon! Bizning qishloqda G’afforjon degan, qo‘y og‘zidan
cho‘p olmagan, buning ustiga hech kimi yo‘q bir yigit bor edi. Uni hamma, hammadan
ko‘ra ham men yaxshiroq bilar edim. Hamma bilganiki, G’afforjon bir yildan ortiqroq
selpoga mudir bo‘lib turdi; men yaxshiroq bilganimki, biz hammahalla edik. Shu yigit
birdan uylanish taraddudiga tushdiyu. bir haftaning ichida to‘y ham bo‘la qoldi. Kelin
«muqovasi» tuzukkina, lekin xiyla o‘ziga bino qo‘ygan dovruqlik Umri degan bir qiz
ekan. Bular to‘qqiz oyga yaqin birga turishgan bo‘lsa, shu davr ichida G’afforjonni
ko‘rgan erkak kishining g‘ashi, xotin kishining rahmi kelar edi: xotini har bir og‘iz so‘zi,
har bir bosgan qadami bilan «senga tekkanimga shukr qil» deb turganday bo‘lar edi.
Buni G’afforjonning o‘zi yo payqamas, yo payqasa ham «nozaninning nozi» deb bilar edi.
Shu xilda olti oycha umr qilishgandan keyin nima bo‘ldiyu, G’afforjon selponing
mudirligidan bekor bo‘ldi. Shundan keyin orada o‘tgan yaqin uch oy mobaynida bular
ikki-uch martaba qo‘ydi-chiqdi bo‘lishdi. Qiz har safar o‘zining qishlog‘i Dovruqqa ketib
qolar, yana paydo bo‘lar edi. G’afforjonning fe’li ma’lum bo‘lgani uchun ko‘p kishi aybni
Umriga qo‘yib yurar edi, lekin G’afforjon askarlikka ketayotganda Umri shunday dod
soldiki, «ayb Umrida» deganlar tilini tishlab qoldi. Agar muhabbat shunday kezlarda
to‘kiladigan ko‘z yoshi bilan o‘lchansa, yuzta Shirinu yuzta Laylining muhabbati bunikiga
urpoq ham bo‘lmas edi. «Judolik» degan so‘z bino bo‘lgandan beri bunaqa ko‘z yoshini
ko‘rmagandir... Ana yig‘iyu mana yig‘i!
—
O’zini parovoz tagiga tashlamoqchi ham bo‘lgan, — dedi orqada kelayotgan Bahri.
—
Ha, o‘zini o‘ldirmoqchi ham bo‘ldi. Xayr, oradan uch-to‘rt oy o‘tdi. Bir kuni men
uyda sal tobim qochib yotgan edimb bexosdan Umri kirib keldi. Eri bor paytda salom
bersangiz, «bekor aytibsan» deganga o‘xshab Alik oladigan odam, juda shirin so‘z bo‘lib
hol-ahvol so‘radi, hovlimni supurib berdi, hatto boshimni uqalab qo‘ydi. Ichimda
«yolg‘izlik kor qilibdi-da» deb quya qoldim. Ancha gaplashib o‘tirdik. Shundan keyin tez-
tez kiradigan bo‘ldi. Men ham undan xabar olib turadigan bo‘ldim. Kisqasi, xiyla inoq
bo‘lib qoldik. Umri qishlog‘imizga kelganidan beri bironta o‘rtoq orttira olmaganiga
hayron bo‘lib yurar edim. Inoq bo‘lganimizdan keyin buning sirini bildim. Uning uchun
olamda o‘ziga teng odam yo‘q, u bilgan odamlar yo o‘zidan past, yo o‘zidan yuqori;
o‘zidan past odamni oyog‘i bilan ko‘rsatar, o‘zidan yuqori odamning esa oyog‘iga yiqilar
ekan. Biron odamning o‘zidan past yo balandligini esa uning uyida nechta gilami borligi
yoki necha kishiga so‘zi o‘tishi bilan o‘lchar ekan... Bahorda dala ishlari juda qizib
ketdiyu, men bir hafta uyga kelolmadim. Bir haftadan keyin kelsam, Umri yo‘q —
Dovruqqa ketibdi; shu ketganicha yaqin bir oydan keyin keldi. Qarasam, to‘qimi
o‘zgargan: qoshlarida o‘sma ko‘zlarida surma, ikki chakkada gajak, labida ko‘k xol…
bo‘ynini doka bilan bog‘lab olibdi. «Nima qildi, tomog‘ing og‘ridimi?» desam, «eshik qisib
oldi» deb xir-xir kuladi. Qo‘lida G’afforjondan kelgan xat bor ekan, nima deyishimni
bilmay, xatni qo‘lidan oldim. U ham indamadi, o‘qidim. O’qisam... bechora G’afforjon!
Shunday xat yozibdi, shunday gaplarni yozibdiki, ko‘zlarimga yosh keldi... Risolatning
ko‘ziga hozir ham yosh keldi.
-
Bir joyda nima debdi deng: «Kunim bitgan bo‘lsa-yu, o‘q tegsa «Onajon!» deb
yiqilarmikinman, «Umrixon!» deb yiqilarmikinman?»
Asqar ota beixtiyor otiga qamchi berdi, yana boshini tort^ Uning ko‘z o‘ngidan butun
olam yo‘qolib, faqat ikki nag. qoldi: qonsirab oqarishgan va g‘oyibona so‘nggi bo‘sa olii
chog‘langan dudoq, doka bilan bog‘langan tomoq...
Risolat davom etdi.
-
Shundan keyin men unga ro‘yxush bermay yurdim. Shunday bo‘lsa ham, hali uni
bahona qilib, hali buni bahona qilib kirib yurdi. Bu xarish otday muncha menga
surkanaveradi deb yursam, buning tagida gap bor ekan. Uning zar bilan tikilgan juda
Dahshat (hikoyalar to’plami). Abdulla Qahhor
Do'stlaringiz bilan baham: |