Muskullarning tuzilish, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari - Muskullarning tuzilish, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari
- Reja
- Muskullarning ahamiyati.
- Skelet muskullarining tuzilishi va funksiyasi.
- 3.Muskullarning asosiy guruhlari.
- Muskulni ishi va kuchi.
- Muskullardagi tezlik, chaqqonlik va chidamlilik xususiyatini yoshga qarab о‘zgarib borishi.
- Muskullarni charchashi.
-
- Tayanch sо‘zlar: muskul. Skelet. Reflektor. Bosh. trapetsiyasimon, rombsimon
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bо‘lib, ular katta odam tanasi og‘irligining 45-50 foizini tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, mehnat faoliyati, nutq funksiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning gruppa-gruppa bulib, reflektor xarakati natijasida sodir bо‘ladi. Muskullar tevarak-atrof muhitdagi turli ta’sirlarning sezgi organlariga ta’siri va bu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga borib, u yerdagi analiz-sintez protsessi natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bulardan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor yо‘l bilan ta’sir etadi. - Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bо‘lib, ular katta odam tanasi og‘irligining 45-50 foizini tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, mehnat faoliyati, nutq funksiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning gruppa-gruppa bulib, reflektor xarakati natijasida sodir bо‘ladi. Muskullar tevarak-atrof muhitdagi turli ta’sirlarning sezgi organlariga ta’siri va bu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga borib, u yerdagi analiz-sintez protsessi natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bulardan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor yо‘l bilan ta’sir etadi.
- Muskullar harakatlanish organi bо‘lib, muskul, nerv tolalari va biriktiruvchi tо‘qimalardan tuzilgan. Muskul tо‘qimasi hujayralardan tashkil topgan bо‘lib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul tо‘qimasi tuzilishi va funksiyasiga qarab kо‘ndalang-targil va silliq muskullarga bо‘linadi. Kо‘ndalang targ‘il muskullar, asosan skelet muskullari bо‘lib, silliq tolali muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul-muskul tolalarining yigindisidan ^uzilgan bо‘lib, bu tolalar biriktiruvchi tо‘qima yordamida о‘zaro birikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |