A ashirov, sh. Atadjanov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

1 Тишков B.A. Реквием по этносу... — C.31.


singib, o ‘zlarini shu xalq nomi bilan ataydigan b o iib qoladi. 
A mm o, shu bilan bir qatorda, bu guruh o ‘z etnik nomini o ‘t- 
mishda qaysi qabila, elatga mansub ekanligini, b a’zi a n ’analarini 
saqlab qolgan b o ‘ladi.M asalan: qipchoqlar XIX asrning ikkin­
chi yarmi — XX asr boshlarida o ‘zbek xalqi tarkibida (o‘z lahjala- 
ri, turm ush tarzi, madaniy hayotidagi ba’zi xususiyatlarini saqlab 
qolganliklari tufayli) etnografik guruh b o ‘lgan b o isalar, qozoq, 
q irg iz, qoraqalpoq, turkm an, boshqird va boshqa xalqlar tarki­
bida ular (qipchoqlar) etnik guruh hisoblangan. Shunga o ‘x- 
shash, q an g ii, uyshun va bir qator boshqa u ru g ia r ham yuqorida 
nomi qayd etilgan xalqlar tarkibida mavjud b o ig an . Bular o ‘z 
etnik nomlarini qaysi xalq orasida yashasalar, o ‘sha xalq (qozoq, 
qirg‘iz, qoraqalpoq, turkm an, boshqird va boshqalar) nomlari 
bilan ataganlar.
Ajralib chiqqan etnik qism, boshqa etnoslarga qo'shilm asdan 
o ‘zi mustaqi! etnik guruh bo ‘lib qolishi ham mumkin. Vaqt o ‘tishi 
bilan uning tarkibiga ayrim (qipchoq boim agan) etnikguruhlar 
qo ‘shilib, yirik qabila ittifoqni tashkil qiladi. Bunga X III-X IV
asrlarda D ashti Q ip ch o q d ay a sh ag a n q ip c h o q e tn ik guruhi 
misol bo‘laoladi.
T aniqli etn o g raf K. Shoniyozovning t a ’kidlashicha, q ip ­
choq etnosining asosiy o ‘zagidan ajralib chiqqan guruhlardan 
biri qoraqalpoq, q an g ii va boshqa etnik guruhlarni o ‘z tarkibiga 
qabul qilib, yirik ittifoqni tashkil qilgan edi.
Vaqt o ‘tishi bilan etnik birlik kishilarining bir qismi ajralib, 
boshqa yerga, boshqa tabiiy muhitga borib o in ash ib , shu joydagi 
etnosga qo‘shilib, turm ush tarzini birm uncha o ‘zgartirib, yerli 
xalqning tilini qabul qilib unga aralashib qolishi hollari ham oz 
bo‘lmagan. Agar shunga o ‘xshash etnik guruh boshqa xalq tarkibiga 
kirib, etnik birlikning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan etnik nomini 
(etnonim ini) va ba’zi boshqa belgilarini saqlab qololsa, unda 
bunday etnik guruh o‘zining burungi etnik birligiga taalluqli boiadi. 
Vaqt o ‘tishi bilan boshqa etnik uyushmaga kirgan etnik guruh, 
o ‘z tili, madaniyati, o ‘zligini batam om unutib yuborgan taqdirda, 
bunday guruh (oldingidan) boshqa etnos kishilari b o iib qoladilar. 
Boshqacha qilib aytganda, m a iu m etnik guruh aw algi etnik


birligidan ajralib, mutlaqo boshqa etnik birlik tarkibiga kirib, unga 
singib, o ‘zlarini shu etnos (qabila, elat, millat) kishilari hisob- 
laydilar. Misol uchun halaj qabilasini olaylik. Bu qabilaning aso­
siy qismi ilk o ‘rta asrlarda Yettisuvda vashagan. Milodiy VI-V11 
asrlarda ularning m a’lum qismi ajralib, hozirgi Afg‘oniston 
hududiga borib o ‘rnashgan. Vaqt o'tishi bilan ular bu hudud 
aholisi tili, urf-odatlari, turm ush tarzini qabul qilib, o ‘z etnik 
nomlarini unutib, X III asrdayoq boshqa nom bilan gilzoy deb 
ataladigan bo'lib qolgan.
Ayrim etnik guruhlar boshqa etnik birlik tarkibiga kirib, unga 
aralashib singib ketgan bo'lsalar ham, o ‘z etnik nom larini asrlar 
mobaynida saqlab qolganlar. Qashqadaryoning o ‘rta oqim larida 
mojor nomi bilan ataluvchi etnik guruh yashaydi. M a’lumki, 
mojorlar hozirgi Vengriya davlatining asosiy xalqidir. Ularning 
ilk ajdodlari ugro-fin tilida gapiruvchi xalqlar bo'lib, Sirdaryo 
quyi oqim laridagi ch o 'llard a va U ral to g 1 oldi rayonlarida 
yashaganlar. Milodiy IX asrda m ojorlarning katta bir qismi 
xazarlarning siquviga bardosh bera olmay, G ‘arbga siljib, hozirgi 
V engriya h u d u d ig a b o rib o ‘rn a sh g a n la r. Bu y e rd a u la r 
slavyanlashib, elat, keyinchalik millat bo'lib shakllangan. Qadimgi 
yerlarida qolganlari esa til jihatidan turklashib, tatar, boshqird va 
o 'z b e k la r tarkibiga kirib, b atam o m singib ketganliklariga 
qaramasdan qadimgi etnik nomlarini (mojor etnonim ini) hozirga 
qadar saqlab qolganlar.
Etnologiyaning nazariy metodologik muammolari borasida so‘z 
yuritganda etnik va etnoslararo jarayonlarga ham e’tibor qaratish 
joizdir. Etnologiyada 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish