A ashirov, sh. Atadjanov


umumiy mifologik tarzda tasavvur etuvchi, o zlarini m a’lum



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

umumiy mifologik tarzda tasavvur etuvchi, o zlarini m a’lum
bir hudud bilan bog'liq hamda hamfikr deb biluvchi kishilar
guruhidir.
 
Chunonchi, bunda oldingi nazariyalarga asos bo ‘lgan 
hududiy va tarixiy jarayonlar bilan b o g iiq holdagi obyektiv 
m a’lum otlar emas, balki subyektiv jihatlar: jamoaviy tafakkur, 
mifologiya, tasavvur etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Millat 
(lotincha natio — «xalq», inglizcha — nation, nem. — 
nation) termini qadim da va o ‘rta asrlarda asosan kelib chiqishi 
bir b o ig an , iqtisodiy va siyosiy jihatdan umumiylik kasb etgan 
m a’lum bir guruh kishilarga nisbatan qo‘llanilgan. Yangi davrda, 
ayniqsa, XVIII asr intihosidagi Buyuk Fransuz inqilobidan keyin 
fransuz, ingliz va G 'arbiy Yevropa xalqlari tillarida millat atamasi 
m a’lum bir davlat fuqarolariga nisbatan, ya’ni etnik m a’noda 
q o ‘llana boshlagan. M arkaziy va Sharqiy Y evropada milliy 
davlatchilik taraqqiyoti bir oz kechroq boshlanganligi bois millat 
iborasi bir hududda yashagan ham da til-m adaniy m unosabatlari 
um um iyligiga ega b o ‘lgan, y a ’ni etnik m a’no d a q o ila n ila
boshlangan. Millatning yangi ilmiy konsepsiyasining muallifi 
fransuz olimi E. Renan hisoblanadi. U ilk bora 1877-yilda etatik 
(davlatga doir) va etnik talqinlami umumlashtirishga hamda millat 
iborasining dastlab qoilanilishi o ‘rta asrlar Yevropasida milliy 
davlatchilikning paydo bo ‘lish jarayoni bilan b o g iiq deb talqin 
qilgan. M illat, uning fik rich a, avvalo m a iu m b ir guruh 
kishilarning birgalikda yashashi, oldingi ajdodlardan avlodlarga


o ‘tib kelayotgan a n ’analarni saqlab qolishga bo‘lgan harakati 
ham da umumiy maqsad yo‘lida birlashishidir. E. Renandan so‘ng 
ijtimoiy fanlar tizimida millat atamasi bilan bogiiq qator nazariy- 
m etodologik q arash lar bayon qilingan b o is a - d a , u larn in g
birortasi ham mukammal nazariya sifatida shakllanmagan va um um
tomonidan e’tirof etilmagan.
Sovet davrida millat atamasiga rivojlangan sinfiylikka xos etnos 
tipi degan ta ’rif berilgan.Millat iborasining paydo b o iish i feodal 
tarqoqlikning yuzaga kelishi va kapitalizmning maydonga kelishi 
bilan b o g iiq tarzda yuz bergan xo'jalik va boshqa aloqalarning 
rivojlanishi, ona tilida ijod qiluvchi ziyolilar va adabiyotchilarning 
ko ‘payishi, m illiy-etnik o ‘zlik hissining kuchayishi, m illiy 
davlatchilikni qurish harakatining avj olishi bilan b o g iiq d ir. 
Yevropadagi dastlab paydo b o ig a n m illatlar m arkazlashgan 
davlatlar hududida, ya’ni bir yoki bir necha etnik m unosabatlari 
yaqin b o ig a n xalqlar orasida shakllangan. M asalan, fransuz 
millati shimoliy fransuzlar va provansallardan tashkil topgan.
Millat atamasi G ‘arbiy Yevropa tillarida «bir davlat fuqarolari 
jamoasi» m azm unini anglatuvchi siyosiy m a’noni anglatgan. 
So‘nggi o ‘n yilliklarda millat atam asi bilan b o g iiq a n ’anaviy 
qarashlarda inqilobiy o ‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, bu borada 
Mikluxo-Maklay nomidagi Etnologiya va antropologiya instituti 
direktori V. Tishkov tadqiqotlari alohida diqqatga sazovordir. Uning 
fikricha, millat tasawurdagi tuzilma b o iib Jam oaviy harakatlarga 
asos b o ia d i va qat’iy voqyelikka aylanadi1.
0 ‘z navbatida, V. Tishkov m akon va zam on ham da bugungi 
kunda g‘oyat dolzarb b o iib turgan terrorizm , ekstrem izm , m il- 
latchilik, separatizm , diasporalar, kam sonli milliy guruhlar 
tushunchalarini “ijtimoiy antropologiya” nuqtai nazaridan ta h ­
lil qilgan. Uning fikricha, turli-tum an mahalliy qaram a-qar- 
shiliklar tarixiy va etnik m uam m olardan emas, balki “zamonaviy 
m uam m olarga oid ijtim oiy m akondagi zam onaviy ishtirok- 
chilarning zamonaviy ixtiloflari”dan paydo b o ia d i va o ‘z navba­
tida, bu vaziyatda milliy adovat va agressiya sun’iy ravishda atay-

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish