A ashirov, sh. Atadjanov


Etnos tarixining muhim bosqichlaridan biri uning shakllanish



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

Etnos tarixining muhim bosqichlaridan biri uning shakllanish
jarayoni hisoblanadi. Agar etnosning shakllanishi nihoyasiga
yetgan bo‘lsa, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar uning
tarkibini o ‘zgartirib yubora olmaydi. Etnos tarkibiga qo‘shilgan
etnografik guruh ma’lum bir tarixiy voqelik, jarayon ta’siridan
so‘ng uning tarkibiga singib ketadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, etnosning muhim alomati uning
tili hisoblanadi. Til ko‘pincha xalq shakllanishining sharti yoki
etnogenezining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Lekin, ba’zi hollarda
ayrim etnoslar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlardan ham tarkib
topishi mumkin. Bunday vaziyatlarda til etnosga xos muhim
xususiyat, etnik mansublik belgisi rolini bajaradi. Qolaversa, shuni
ham unutmaslik kerakki, turli etnoslar bir tilda so‘zlashishlari
ham mumkin. Inglizlar va avstraliyaliklar bir tilda ingliz tilida
so‘zlashadilar. Shuningdek, aynan mazkur tilda AQSh aholisi,
kanadaliklaming katta qismi, Yamayka oroli, yangi zelandiyaliklar,
irlandlar so ‘zlashadilar. Lekin, amalda ular turli etnoslar
hisoblanadilar. Demak, til har doim ham etnosning shakllanishida
hal qiluvchi alomat bo‘la olmas ekan.
Etnosning shakllanishida etnosga xos moddiy va ma’naviy
madaniyat ham muhim o ‘rin tutgan. Bu, aw alo, ma’lum bir
xalqqa xos milliy-etnik alomatlar, urf-odatlar, marosimlar, xalq


san’ati, axloq-odob m e’yorlari va shu kabilar. Shuningdek, etnosga 
xos xususiyatlarga m a’naviy madaniyat, din ham kiradi.
Etnosning shakllanishidagi eng m uhim alom atlar tarkibiga 
mazkur etnosga mansublikni idrok etish, y a’ni etnik o'zlikni 
anglash hissi ham kiradi. Etnik o'zlikni anglash hissi m azkur 
xalqqa tegishli fuqarolar tom onidan o'zlarining kelib chiqish 
tarixi va tarixiy taqdirlari umumiyligi to ‘g‘risidagi tasaw urlar 
asosida shakllanadi. Hatto, misol uchun, m a’lum bir qism o ‘z- 
beklar, ruslar, yahudiylar, armanlar, polyaklar turli m am lakat­
larda yashasalar-da, o ‘zlarini tarixiy vatanlaridagi etnik jam oa- 
lari bilan bogMaydilar. Bundan tashqari, har bir etnik jamoaga 
mansub kishilar o ‘zlarini boshqa guruhga mansub odam lardan 
«biz» va «ular» degan antitezis asosida ajratib, talqin qiladilar.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o ‘zbek xalqi 
etnogenezi va etnik tarixi muammosini o'rganish muhim ilmiy va 
amaliy ahamiyat kasb etdi va ko‘plab mualliflarning mazkur 
muam m o doirasida bajarilgan tadqiqotlari e ’lon qilindi. Biroq, 
elshunos olim K. Shoniyozov haqli ravishda ta ’kidlaganidek, 
mazkur mavzuda istiqlol davrida bajarilgan dastlabki tadqiqotlarda 
mualliflar masalani to ‘g‘ri qo‘ygan bo ‘lsalar-da, lekin etnik 
nazariyaga e ’tibor boMmaganligidan m uam m oni to ‘g‘ri hal qilib 
bera olmaganlar1. Bu borada o ‘ziga xos nazariy-metodologik 
qarashlarni mujassamlashtirgan ilk jiddiy fundam ental tadqiqot 
sifatida akademik K. Shoniyozov tadqiqotlarini e’tirof etish joizdir. 
M ashhur o ‘zbek elshunos olimi M arkaziy Osiyodagi etnik 
jarayonlarning tarixiy negizlariga asoslanib, o ‘zbek xalqi shakl- 
lanish jarayoniga oid jiddiy m ulohazalar va tarixiy asoslarga ega 
nazariy m etodologik konsepsiyasini ishlab chiqqan tad q i- 
qotchilardan biridir. Muallif murakkab etnik jarayonlar borasidagi 
metodologik mulohazalari va konseptual qarashlarini « 0 ‘zbe- 
kistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining 1996 va 1998-yillardagi 
sonlarida e ’lon qilgan 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish