27
Hovlida beshta har xil o‗rik daraxti bo‗lib, ular bevosita
kuzatishda berilgan, sezgi a‘zolari yordamida ularni his qila olamiz.
Lekin ongimizda yaxlit o‗rik tushunchasi mavjud. U bevosita
kuzatishda berilmagan bo‗lib, aqliy yo‗l bilan tiklangan. Falsafada ana
shu «umuman o‗rik»ka nisbatan UMIS, muayyan, ko‗z
oldimizda
turgan o‗rikka nisbatan AHVO atamasini qo‗llash mumkin. Bevosita
kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin
bo‗lgan AHVOning biri ikkinchisisiz bo‗lmaydi. Masalan, «umuman
o‗rik» tushunchasi xususiy, yakka, alohida o‗riklar haqidagi
tasavvurlardan tiklansa, yakka o‗rik «umuman o‗rik»ning voqelanishi,
muayyanlashuvi ma‘lum bo‗ladi. UMIS va AHVOni farqli belgilari
asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval):
1-jadval
UMIS
AHVO
moddiylikdan xoli
moddiylikka ega
takrorlanuvchan
betakror
cheklangan
cheksiz
barqaror
o‗tkinchi
Buni quyidagicha sharhlash mumkin:
1.
«Umuman o‗rik» UMIS sifatida ong orqali idrok etiladi. U
o‗zida yakka, alohida o‗riklarning barcha umumiy belgilarini
mujassamlashtirib, farqli jihatini chetda qoldiradi. Masalan, bir o‗rik –
daraxti erta,
ikkinchisi esa kech pishadi, uchinchisi achchiq danakli,
to‗rtinchisi esa kam hosilli. Bu farqli jihatlar «o‗rik» UMISida aks
etmaydi. Ular AHVOlarda namoyon bo‗ladi. AHVO moddiy tarzda
bo‗lib, sezgi uzvlariga ta‘sir qiladi.
2.
«Umuman o‗rik» UMISi har bir o‗rik AHVOsida takrorlanadi.
Borliqda qancha AHVO bo‗lsa ham, har birida UMIS o‗zining
muayyan qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi
muayyan o‗riklar takrorlanmaydi. Кesilgan bir o‗rikni qayta ekishning
iloji yo‗q. Ammo qancha o‗rik kesilgani-yu ekilgani bilan
umuman
o„rik
UMISi o‗zgarmasdan turaveradi.
UMIS barqaror, AHVO
o‗tkinchidir.
3.
UMIS sifatida «umuman o‗rik» bitta. Ammo o‗rik AHVOlari
cheksiz. Shu kungacha mavjud bo‗lgan va kelajakda ekib,
28
o‗stiriladigan o‗riklar sonini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Ammo UMIS
bittaligicha turaveradi.
UMIS va AHVO munosabati falsafada substansiya
va
aksidensiya, tasavvufda
zot
va
tajalli
sifatida qaraladi.
Xo‗sh, falsafiy UMIS va AHVO til hodisalariga nisbatan qanday
tatbiq etiladi?
Qalin, qora, katta, xato, sabr
so‗zlaridagi
a
tovushlarini talaffuz
qilaylik. Sezgilarimiz 6 ta
a
unli tovushni his qiladi. Bundagi birorta
a
tovushini qayta talaffuz qilib bo‗lmaydi.
Qayta aytilgani esa endi
yettinchi
a
tovushi bo‗ladi. Talaffuz qilingan
a
tovushini (boshqa
tovushlarni ham) qayta talaffuz qilish mumkin emas va har bir qayta
aytilgan tovush yangi ekan, demak, nutqimizdagi
a
tovushlari cheksiz
bo‗lib, hech qachon takrorlanmaydi va sezgi a‘zolari yordamida his
qilinadi (aytilganda eshitiladi, yozilganda o‗qiladi). ―
a”
tovushi
AHVO bo‗lib, u yuqorida zikr etilgan «alohida o‗rik»ka monand.
AHVOlar qanchalik ko‗p, rang-barang bo‗lishiga qaramay,
ongimizda ularning umumlashmasi sifatidagi yakka
a
UMISi bor. Bu
a
yuqorida aytilgan «umuman o‗rik» kabi moddiylikka ega emaslik
(ongda psixofizik holatda mavjudlik),
barcha
a
AHVOlarida
takrorlanuvchanlik, miqdoran cheklilik (ya‘ni bittalik) xossalariga ega.
Fonetik AHVO
tovush
va fonologik UMIS
fonema
deb yuritiladi.
Falsafiy UMIS va AHVOning leksikada voqelanishiga diqqat
qilamiz. Masalan,
Men kitob o„qishni boshladim. Halim bu kitobni
nega keltirdi? Кitob qiziqarliligi bilan meni tezda o„ziga rom etdi
gaplarida uchta
kitob
so‗zi mavjud. Bu so‗zning ham har biri
«muayyan o‗rik», «muayyan
a
tovushi»
kabi moddiy voqelanganlik,
takrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana cheksiz davom
ettirish mumkin bo‗lganligi sababli miqdoran cheklanmaganlik kabi
AHVOlarning barchasiga xos belgilarni o‗zida mujassamlashtirgan.
Cheksiz
kitob
so‗zlarining zamirida esa «umuman kitob» UMISi
yashiringan. U nutqqa chiqadigan barcha
kitob
so‗zlari uchun doimiy
asos sifatida yashaydi. Chunki ikkinchi
kitob
so‗zi birinchisining
takrori emas. U – yangi so‗z. Uchinchisi va qolgan barcha so‗zlar
uchun shunday fikrni aytish mumkin.
Shuningdek,
morfologiyada
-ni
tushum kelishigi shaklining turli
nutqiy qo‗llanishlari morfologik AHVOlar bo‗lib, bu qo‗shimchalar
ongdagi
-ni
UMISi (morfemasi) asosida voqelangan.
29
Sintaksisda UMIS va AHVO munosabati quyidagi tarzda
namoyon bo‗ladi. Masalan,
кitob
Do'stlaringiz bilan baham: