Reja: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot



Download 33,44 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi33,44 Kb.
#927922
Bog'liq
Morfologiya


Mavzu:Morfologiya

Reja:
1.Morfologiya haqida umumiy ma’lumot


2.Mustaqil so’z turkumlari
3.Yordamchi so’z turkumlari
4.Alohida olingan so’zlar

Morfologiya (yunoncha morphe – «shakl», logos – «ta’limot») so‘z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar o‘rganiladi. Morfologiyada so‘zlar mushtarak yoki farqli bеlgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o‘rganiladi.


So‘z lеksikologiyada lеksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o’rganiladi.
So‘zning borliqdagi narsa, bеlgi harakat va voqеa-hodisalar haqidagi tushunchalarni ifodalashi uning lеksik ma’nosi hisoblanadi. Lеksik ma’no so‘zning lug‘aviy (asosiy, o‘zak nеgiz) qismi orqali anglashiladi. So‘zning biror turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi umumiy katеgorial ma’no va so‘zning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no dеyiladi. Dеmak, grammatik ma’no o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki turlidir:
1. Ma’lum bir so‘z turkumi uchun umumiy bo‘lgan ma’no. Masalan: yomg‘ir, bahor, shirinlik, qush, daraxt kabi so‘zlar uchun mushtarak bo‘lgan ma’no prеdmеtlik tushunchasini anglatishidir. Xuddi shu umumiy grammatik ma’no ularning ot turkumiga mansubligini ko‘rsatadi.
2. So‘zlar asosiy lеksik ma’nosidan tashqari qo‘shimcha grammatik ma’noni ham ifodalaydi. Masalan: kitobim, kitobing, kitobi; uyga, uyda, uydan, bordik, yaqinlashyapti so‘zlaridagi egalik, kеlishik, zamon, va shaxsson qo‘shimchalari yordamida ifodalanayotgan ma’no ham grammatik ma’no hisoblanadi.
So‘zning grammatik ma’nosi uning grammatik shakli orqali rеallashadi. Masalan: kitoblar so‘zidagi aniq bir prеdmеt va uning ko‘pligi ma’nosi -lar affiksi yordamida, ishlayapmiz so‘zining grammatik ma’nosi (zamon va shaxs-son) -yap,-miz morfologik ko‘rsatkichlari vositasida anglashilmoqda.
Morfologiyani biz so’z turkumlarini o’rganuvchi asosiy bo’lim desak mubolag’a bo’lmaydi.
Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.
Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini ko’rsatadi.So’z turkumlari o’zi 3ga bo’linadi :
1.Mustaqil so’z turkumlari
2.Yordamchi so’z turkumlari
3.Alohida olingan so’zlar
Hozirgi oʽzbek tilida 12 ta soʽz turkumi mavjud boʽlib, ular yuqorida bayon qilingan 3 asosiy xususiyatga ega boʽlish darajasiga koʽra, guruhlarga boʽlinadi. O’zbek tilshunosligida so’zlarni turkumlarga ajratishda turli yondashuvlar mavjud, birinch xil tasnifda so’zlarni quyidagi 5 ta guruhga bo’linadi:
1. Mustaqil so’zlar;
2. Yordamchi so’zlar;
3. Modal so’zlar;
4. Undov so’zlar;
5. Taqlid so’zlar.
Ikkinchi xil tasnifda so’zlar ifodalaydigan umumiy ma’nolarga ko’ra bo’linadi:
1. Nomlovchi so’zlar: ot, sifat, son, fe’l va ravish.
2. Yordamchi so’zlar: bog’lovchi, ko’makchi va yuklama.
3. Ifodalovchi so’zlar: undov, modal va taqlid so’zlar.
4. Ko’rsatuvchi so’zlaBizga ma’qul ko’ringan tasnif quyidagi guruhlarga bo’linadigan tanifdir:
1) Mustaqil soʽzlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish va olmosh so’z turkumlari.
2) Yordamchi soʽzlar: koʽmakchi, bogʽlovchi va yuklama so’z turkumlari.
3) Alohida soʽzlar: modal, undov va taqlid soʽzlar
Mustaqil so’z turkumi leksik va grammatik ma’noga ega bo’lib, gapning biror
bo’lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xususiyatida ham egadir.
Mustaqil so’zlar - atash ma’noli so’zlar {masalan, predmet , belgi, miqdor, harakat- holart kabi ma’nolarga ega }yoki ular o’rnida qo’llanilib ma’lum so’roqlarga javob bo’luvchi va gapda ma’lum gap bo’lagi vazifasida keluvchi so’zlardir. Masalan:Gul- nima? Chol – kim? Chiroyli – qanday? Yuztacha – nechta ? Keldi- nima qildi?
Mustaqil so’z turkumlari 6 tani tashkil etadi , ular:

  1. Ot

  2. Sifat

  3. Son

  4. Olmosh

  5. Fe’l

  6. Ravish

Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasi aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi keladi.Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, boʻlib kelishi ham mumkin .
Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruSifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Masalan , fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar.
Son (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.
Olmosh (lotincha: pronomen) — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik Olmoshlari — men, sen, u, biz , ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq Olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.
Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqalar.
Yordamchi so’z turkumlari.
Ma’lumki, yordamchi so’zlar haqida ilk ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda beriladi. 7-sinfda so’zlar ikki guruhga – atash ma’nosiga ega bo’lgan va atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib gap bo’lagi vazifasida keluvchi hamda ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan va gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlarga bo’linadi. .Ot,sifat,son,fe’l,ravishlar atash ma’nosiga ega(olmosh esa atash ma’nosiga ishora qiladi), muayyan so’roqlarga javob bo’la oladi, ma’lum sintaktik vazifani bajara oladi.Ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalar esa atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan yordamchi so’zlardir. Shuningdek, lug’aviy ma’no bildirmaydigan, ammo ba’zan gap bo’lagi vazifasida kela oladigan alohida guruh so’zlar – modal, undov, taqlid so’zlar haqida ham ma’lumot beriladi.Yordamchi so’zlarning muhim qismini ko’makchilar tashkil qiladi. ko’makchi gap tuzishda faol ishtirok etadi, u gapdan tushib qolsa, fikr anglashilmaydi. Bog’lovchi tushirib qoldirilsa ham, gap ohangida o’zgarish bo’lsa ham fikr anglashilaveradi;Ko’makchi ot, olmosh, otlashgan so’zlardan keyin ishlatiladi, bog’lovchi esa barcha mustaqil so’zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravishlardan keyin kelaveradi. Yuklamalarni o’rganish jarayonida berilgan gaplarni o’zaro qiyoslab, ma’no farqlarini, bu farq nima bilan berilayotgani aniqlanadi. Gullarga suv berdim. – Gullarga suv berim-ku. O’quvchilarga sof va vazifadosh yuklamalar haqida ma’lumot berishda quyidagi topshiriqdan foydalanish mumkin.Ona-yu bolalar saylga jo’nashdi. G’alabaga erishdim-u, suyunchi oYuqoridagi –yu, -u yordamchilari o’rniga qaysi bog’lovchilarni qo’yish mumkin savoliga o’quvchilar, shubhasiz, va bog’lovchisini qo’llash mumkin deb javob beradilar. Demak, u (yu), bazan –da yuklamalari bog’lovchi vazifasida kelishi mumkin ekan. Hozirgi maktab darsliklarida yuklamalar anglatayotgan ma’nosiga ko’ra quyidagi guruhga bo’linadi
1.So’roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(-ya), nahotki
2.Ayiruv – chegaralov yuklamalari: faqat, gina (kina, qina)
3.Kuchaytiruv – ta’kid yuklamalari: hatto, nahotki, ham, g’irt, -ku, -u(yu), da, oq(yoq)
4.O’xshatish – qiyoslash yuklamalari: xuddi, yo…yo, ki
5.Gumon yuklamasi: -dir
Alohida olingan so’z turkumlari yoki oraliqdagi so’zlar.
Alohida olingan so’zlar –mustaqil so’zlarga ham , yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan , faqat ularning har ikkalasiga xos belgini o’zida ma’lum darajada aks ettiradigan oraliqdagi so’zlar hisoblanadi.
Alohida olingan so’zlarga :
1.Undov
2.Madal
3.Taqlid so’zlar kiradi.
Undovlar — hishayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi maʼnolarni bildiruvchi, ran boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmaydigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻzlar. U. asosiy xususiyatlariga koʻra 2 turga boʻlinadi: emotsional (hissiy) U. va buyruqxitob (imperativ) U.

Emotsional U. kishilarning histuygʻusi, ruhiy holatini bildiruvchi U. boʻlib, ular maʼno jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional U. matn va ohang bilan bogʻliq ravishda: 1) shafqat, mehribonlik (iye, o, eh); 2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, oʻhhoʻ); 3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o); 4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (eha, eh, ehe, oʻhhoʻ, haya, oʻ); 5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) maʼnolarini bildiradi. Salbiy histuygʻularni ifodalovchi U. esa: 1) eʼtiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voyey, voy, oh, uh, obbo); 2) jirkanish, nafrat, gʻazab, jahl (e, eh, voy, he, ha); 3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh); 4) kinoya, kesatiq, piching, koyish (obbo, oha, oʻhhoʻ, hoo, hayhay, hoyhoy); 5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya); 6) gʻumgʻussa, qaygʻuoʻkinch (eha, oh, eh, voyey, eh); 7) choʻchish, vahima, dahshat (voyey, oh, o, voydod); 8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, baybaybay, he) kabi maʼnolarni bildiradi.


Tilda rasmodatlar bilan bogʻliq U. ham mavjud boʻlib, ular umumiy holahvol soʻrashish, salomlashish, xayrlashish, ragʻbatlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi maʼnolarni ifodalaydi. Maye: esonmisiz, omonmisiz, xrrmang, bor boʻling; assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, xoʻsh, xoʻp; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakKUR, Qulluq, marhamat va sh.k.
Buyruqxitob (imperativ) U. kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogoxlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan U.ning ayrimlari (hoy, hey, ey, allo) kishilar diqqatini soʻzlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (tss, qani, jim, tek) taʼkid, buyurish maʼnolarini ifodalash maqsadida qoʻllanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan U. ularni toʻxtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qoʻllanadi (behbeh, pishpish, tutu, kuchkuch, mahmah; dirr, xoʻsh, taq, ish; chu, pisht, kisht, xix, kishkish va sh.k.).
Oʻzbek tilida emotsional U. tarkibiga ham, buyruqxitob U. tarkibiga ham kiritib boʻlmaydigan alohida U. guruhi ham mavjud. Koʻrsatish (hu, huv, hovv), javob, taʼkidni (hahaha, ha, xoʻshxoʻsh, a, labbay) bildiruvchi U. shu jumladandir.
Modal soʻzlar (lotincha: modalis — „oʻlchov“, „usul“) — soʻzlovchining oʻz fikriga turlicha munosabatini anglatadigan va fikrning aniqligi, rostligi, gumonli yoki shartliligini ifodalash uchun xizmat qiladigan soʻzlar; shaklan oʻzgarmasligi bilan tavsiflanadi, gap boʻlagi vazifasida kelmaydi, gapning boshqa boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi; butun fikrga yoki uning biror qismiga taalluqli boʻlib, odatda, kirish soʻz boʻlib keladi. Modal soʻzlar 2 katta guruhga boʻlinadi: fikrning aniqligini ifodalovchi Modal soʻzlar Bularga rostlik, tasdiq-ishonch, qatʼiylikni bildiruvchi soʻzlar (darhaqiqat, haqiqatan; albatta, shubhasiz, soʻzsiz va shahrik.) kiradi. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modal soʻzlar Bularga taxmin, gumon, tusmol kabi maʼnolarni ifodalovchi soʻzlar (shekilli, chogʻi, chamasi; ehtimol, balki, aftidan va boshqalar) kiradi. Modal soʻzlarnutqda pauza, yozuvda vergul bilan ajratiladi. Modal soʻzlar takror qoʻllansa yoki emotsional mazmunli soʻz bilan birga kelsa, maʼno kuchayadi. Soʻzlashuv nutqida birdan optik modal soʻz qoʻllanishi mumkin. Modal soʻzlarni fikrning oʻzaro munosabati (xullas, demak, binobarin, qisqasi, umuman, masalan, chunonchi, jumladan, aksincha, avvalo, avvalambor, nihoyat), eʼtiborni tortish (aytganday, aytmoqchi, zotan), taʼkid (xususan, ayniqsa), emotsional maʼno (koshki, zora, yaxshiyamki, xayriyat, attang, afsuski, ajabo) kabilarni anglatuvchi modal maʼnoli soʻzlardan farqlash kerak. Modal soʻzlar va modal maʼnoli soʻzlar oʻzaro yaqin boʻlib, ularning har biriga xos belgi-xususiyatlarni aniqlash funksional grammatikaning dolzarb vazifalaridandir. Taqlid soʻzlar - maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakat-holat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra taqlid soʻzlarning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar (shuningdek onomatopeya deb ham ataladi); obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan soʻzlar. Tovushga taqlid soʻzlar eshitish bilan, obrazga taqlid soʻzlar koʻrish bilan aloqadordir, yaʼni tovushga taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qars-qurs, taq, duk-duk, gʻiyq, miyov kabi); obrazga taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin (jivir-jivir, lip-lip, yalt-yult, hang-mang kabi).Taqlid so'zlarga illa,Ulla,ira,la qo'shimchalari qo'shilganda fe'l yasaladi. Masalan: Lovulla, taqilla, shaqilla, dupurla, hiqilla, yarqira, sharqira.Va ot bilan sifat ham yasash mumkin: sharshara, qahqaha, jizza, qarsak, varrak, tarsaki bularda ot yasalgan. "Jizzaki"da esa sifat yasalgan.Asosi "jiz" taqlid so'zi.
3- sinf darsligida so’z turkumlari quyidagicha berilgan :
Ot , sifat, son, fe’l so’z turkumlaridir.
Shaxs va narsa nomini bildirib kim? Yoki nima? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi. Cho’lpon , stol , chaqmoq , o’rdak, randa, quvur kabilardir .
MASHQLAR .
214-mashq .O’qing .Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’roq bering .
1.Quyosh chiqdi.2. Tovuq qo’noqdan tushdi.3. Ishchi zavodga ketdi.4.Dehqon dalada ishlayapti.5. Sharif maktabga bordi.
Mashq bajarish tartibi :Quyosh- nima ?
Tovuq- nima?
Dehqon- kim?
Sharif – kim?
Download 33,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish